1
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА
ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ ЖАҲОН ТИЛЛАРИ
УНИВЕРСИТЕТИ
М.Тошхонов, Р.Турдиқулова, Ш.Пўлатова
ЛОТИН ТИЛИ
Бакалаврият 5220100 – Филология (испан тили)
оғзаки нутқ амалиёти фани бўйича
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Ўзбекистон Давлат жаҳон тиллари университети
Илмий Кенгаши томонидан испан филологияси
факультети ва бўлимлари учун ўқув қўлланма
сифатида тавсия этилган
ТОШКЕНТ –2008
2
MUQADDIMA
Ushbu o’quv qo’llanmasining asosiy maqsadi chet tillar oliygohlari va
xorijiy tillarni o’rganuvchi fakultetlarda boshlang’ich kurslarida o’qiyotgan
talabalarga lotin tilini o’rgatish uchun mo’ljallangan. Lotin tili nafaqat
qatnashuvchilarni lingvistik dunyoqarashlarini kengaytirishga, balki zamonaviy
xorijiy tillarni o’rganishda ilmiy jihatdan yondoshishga ko’maklashadi. O’quv
qo’llanmasining maqsadi, faqatgina aniq bo’lgan lotin tili grammatikasi qoidalarini
o’quvchilarga etkazish emas, balki ularga bu qoidalarni kelib chiqish tarixi nuqtai
nazaridan yangi tillarni paydo bo’lishini analogik taqqoslashga mualliflar harakat
qilishdi. O’quvchilar diqqatini mavjud bo’lgan muhim dalillar y’ani tarixiy
fonetika, morfologiya va sintaksislarni chuqurroq o’rganishga tortadi. Mavzular
fonetik mashqlar, qoidalar, grammatik mashqlar, matnlar, leksik izohlar va matnlar
uchun leksik mashqlarni o’z ichiga oladi.
O’quv qo’llanmada dialoglar talabalar nutqini oshirish maqsadida qo’shimcha
ma’lumot sifatida berilgan. Darslikni grammatik bo’limi klassik lotin tili
grammatikasini tuzilishi va o’ziga xosligini talabalarga o’rgatadi. Grammatik
mashqlar, o’rganilgan leksik materiallar asosida tuzilgan va ularga mos keladigan
qoidalar tarkibini mustahkamlaydi. Keyingi grammatik bo’lim talabalar diqqatini
muhim fonetik mashqlarga jalb etadi. O’quv qo’llanmaning oxirgi qismida lug’at
jadvali berilgan bo’lib, unda lotin tilidagi so’zlar hamda ularni o’zbekcha tarjimasi
va o’quvchilarga tushunarli bo’lish uchun so’z birikmalari berilgan. O’quv
qo’llanmaning asosiy maqsadi, talabalarning talaffuzini, yozuv va og’zaki nutqini
oshirishga, lotin tili grammatikasi va leksikasini chuqurroq o’rganishga xizmat
qilish uchun rejalashtirilgan.
Mualliflar guruhi ushbu o’quv qo’llanmaning muhokamasida va
resenziyalashda berilgan foydali maslahatlari va keskin tanqidlari uchun barcha
hamkasblari va resenzentlari; fransuz tili grammatica va til tarixi kafedrasi mudiri
J. Yoqubov, II-chet tillar kafedrasi mudiri T. Oltiyev, ispan tili yuqori kurslar
kafedrasi mudiri K. Abdullayev, Milliy universitetning roman tillari kafedrasi
mudiri T. Mirtolipovlarga samimiy minnatdorchiligini bildirib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |