«Sifat» so‘z turkumini o‘qitish.
Sifat, uning lug‘aviy shakllari,
yasalishi 6-sinfda o‘rganiladi. Ammo bu so‘z turkumiga oid dastlabki
ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda berilganligini inobatga olib,
mazkur so‘z turkumini o‘rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni
o‘quvchilar xotirasida eslash bilan boshlanadi. Berilgan so‘z
birikmalarini o‘qish,
qanday? qanaqa? qachongi?
kabi so‘roqlarni
qabul qiluvchi so‘zlarni aniqlash, shu so‘zlarni imkoniyat doirasida
ularning ma’nodoshi bilan almashtirib so‘z birikmalari hosil qilish
(masalan,
bahorgi ish
–
ko‘klamgi ish
), shaxs va narsa-hodisalarning
belgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta’mi, xususiyati, hajm-shakli) ni
ifodalovchi so‘zlarni ro‘yxat qilish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish,
matnni o‘qib, shunday so‘zlarni aniqlash singari topshiriqlar «Sifat»
so‘z turkumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida tiklashga
xizmat qiladi.
Shundan so‘ng o‘quvchilar e’tibori tub va yasama sifatlarga
qaratiladi. O‘quvchilar berilgan sifatlarni tub va yasamalarga
ajratadilar; yasama sifatlarda sifat yasovchi qo‘shimchalarni
aniqlaydilar; berilgan sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida
qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qiladilar; ularning imlosi ustida ish olib
boradilar.
«Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta muhim masalalardan biri
qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni
o‘rganishda «ot+fe’l+ar», «sifat+fe’l+ar», «son+fe’l+ar» qolipli
hosilalar ustida ishlash (masalan,
muzyorar, ertapishar, beshotar
),
«Imlo lug‘ati» dan bu sifatlarni ajratib yozish, bitta tushunchani,
belgini ifodalab kelgan «ot+ot», «sifat+ot» qolipli qo‘shma sifatlar
(masalan,
bodomqovoq, sarviqomat, ko‘kko‘z, qorasoch, oq ko‘ngil
)
ustida ishlash; tarkibida
nim, yarim, umum, -aro, rang
so‘zlari bo‘lgan
qo‘shma sifatlar ro‘yxatini davom ettirish; berilgan juft sifatlarni
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan almashtirish, juft va takroriy
sifatlar ro‘yxatini tuzish; ular orasida chiziqchaning qo‘yilishi ustida
ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
198
Shundan so‘ng o‘quvchilar asliy va nisbiy sifatlar hamda asliy
sifat darajalari bilan tanishadilar. Asliy va nisbiy sifatlar so‘z o‘zagiga
-roq
qo‘shimchasini erkin qabul qila olishi va qabul qila olmasligiga
qarab farqlanadi. O‘quvchilar berilgan sifatlarga
- roq
qo‘shimchasini
qo‘shib, bu qo‘shimchani erkin qabul qiladigan sifatlarni asliy va bu
qo‘shimchani qabul qila olmaydiganlarini nisbiy sifatlarga ajratadilar
hamda umumlashma hosil qiladilar.
«Sifat darajalari» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar sifatlar
belgining ko‘lamini ifodalab kelishiga ko‘ra: 1) oddiy daraja;
2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja kabi to‘rt
guruhga ajralishini, ularning hosil bo‘lishini, ma’nosi, imlosi va
talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida oddiy,
qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajadagi sifatlar ro‘yxatini tuzish,
ularning ma’nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi
qo‘shimchalarning o‘zaro sinonimik munosabatga kirishishi kabi
ijodiy - amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, berilgan
gaplarda yoki matnda
-roq
qo‘shimchasini shunga yaqin ma’no
anglatuvchi
-ish, -mtir, -imtir
qo‘shimchalari, biroz so‘zi bilan
almashtirish (masalan,
qoraroq
–
qoramtir
–
bir oz qora, qizilroq
–
qizqish
–
biroz qizil
), orttirma daraja hosil qilgan ma’lum bir vosita
(masalan,
eng
) o‘rnida shu ma’noni beruvchi boshqa vositani
(masalan,
juda g‘oyat, nihoyat, behad, cheksiz, g‘oyatda, nihoyatda
)
qo‘llash, sifat yasovchi qo‘shimchalarni uning sinonimlari bilan
almashtirish ( masalan,
-li, -ba – mazali, bamaza; -li, -digan– yoqimli–
yoqadigan, ajablanarli–ajablanadigan; -li, -lik – chiroyli–chiroylik; -
lik, -dor, -kor – aybli–aybdor, gunohli—gunohkor; -gi, -ki, -qi, -dagi –
pastki–pastdagi, kuzgi–kuzdagi; -k, -uk, -ik, -ak, -aq, -gan – chirik–
chirigan, siniq–singan; -kir, -gir, -g‘ir, -qir, -ag‘on – chopqir–
chopag‘on–topqir–topag‘on);
sinonim so‘zlarning mavjud antonim-
larini topish (masalan,
aqlli–beaql–aqlsiz, mazali–bemaza–mazasiz
)
kabi ishlar o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
O‘quvchilar sifatlarning ma’no guruhlari bilan tanishtirilar ekan,
asosiy e’tibor rang-tus sifatlari (
qo‘ng‘ir, pushti, jigarrang, ko‘kish,
sarg‘ish
va h.k.), maza-ta’m sifatlari (masalan,
achchiq, taxir, nordon,
199
chuchuk, shirin, asaldek, tilyorar
va h.k.), xususiyat bildiruvchi
sifatlar (masalan,
sodda, quvnoq, sho‘x, kamtar, ayiqsimon, bo‘ydor,
andishali,
va h.k.), holat bildiruvchi sifatlar (masalan,
xursand, ho‘l,
issiq, navqiron, uyg‘oq
va h.k.), shakl (ko‘lam) sifatlari (masalan,
baland, do‘mboq, uzun, beso‘naqay, xushbichim
va h.k.), miqdor
sifatlari (
ko‘p, mo‘l, oz, serob kamchil
va h.k.), hid bildiruvchi sifatlar
(masalan,
muattar, qo‘lansa, xushbo‘y, badbo‘y
va h.k.), makon-
zamon belgisini bildiruvchi sifatlar (
tonggi, kuzgi, yozgi
va h.k. )ni
ro‘yxat qilish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, sifatlarning har
bir ma’no guruhlari ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar hosil qilish,
belgining oshib borishiga qarab sifatlarni birin-ketin joylashtirish,
sifatlarga ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar topish singari ijodiy-
amaliy ishlarni bajaradilar.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda sifat birikmalar ustida
ishlash muhim ahamiyatga ega. Berilgan matndan sifatli so‘z
birikmalarini ajratish, ularning ro‘yxatini mustaqil davom ettirish,
badiiy asarlardagi ijobiy va salbiy qahramonlarning barcha
sifatlarini sanash va ular ishtirokida so‘z birikmalari yoki gaplar
hosil qilish, ma’lum bir otga bog‘lanib keladigan barcha sifatlarni
topib qo‘yish singari amaliy ishlar o‘quvchilar so‘z boyligini
oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilarga «Zumrad va
Qimmat» ertagidagi ikki qahramonning sifatlarini aniqlash
topshirilgan bo‘lsa, ular Zumradning quyidagi ijobiy fazilatlari va
Qimmatning quyidagi salbiy fazilatlarini sanaydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |