9
II.BOB. 1945-2021-yillarda Shvesiya, Norvegiya, Daniya, davlatlari
2.1. 1945-2021-yillarda Shvesiya davlati
Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) Shimoliy
Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming
km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan
24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy
birlik sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi. Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya.
Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol
(1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali
parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Shvetsiya
Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shimolida joylashgan.
Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m,
Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m),
janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali
qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets,
volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining
taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°,
shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik
yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va
serostona. Shvetsiya hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern,
Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash
oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir
oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va
suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari
va koʻrixonalar bor. Aholisi. Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar,
norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til – shved tili. Dindorlari – xristianlar (asosan,
lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo.
Tarixi. Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi.
Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan:
ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining
10
birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida
qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi
tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya Finlyandiyani bosib oldi (1809-yilgacha
Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397-yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan
birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida
Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan
Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi.
G. Erikson 1523-yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza
sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va
lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida
Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83
yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus
davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan
urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII
boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan
mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon
I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809-yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi,
konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975-yilgacha amalda boʻldi).
1814-yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya
tarkibiga oʻtdi (1905-yil shahridan ajralib chiqdi). Birinchi jahon urushi (1914–18)
davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–
45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda
harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291-yillarda va
1994-yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda.
Shvetsiya 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil
16-yanvarda tan olgan va 1992-yil 8-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.
Milliy bayramlari: 30-aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6-iyun – Shvetsiya bayrogʻi
kuni (1523, 1809).Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari. Carl
XVI Gustaf Soʻl partiya, 1917-yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895-yil tashkil
etilgan;
Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi ("Koʻkatparvarlar") yoki
"Milyepartiyet", 1981-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Shvetsiya
11
sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889-yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya,
1904-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964-yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba
uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898-yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini
birlashtiradi.
Xoʻjaligi va sanoati. Shvetsiya intensiv qishloq xoʻjaligiga ega yuksak darajada
rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%,
qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil
etadi.Sanoatida
qora
va
rangli
metallurgiya,
mashinasozlik
(kemasozlik,
avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va
sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat (sut va
goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi.
Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan.
Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi
GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm,
Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping. Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib,
oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik
yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol,
choʻchqa, shimoliy bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa,
suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan baliq
ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti. Transportida temir yoʻl uzunligi
10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji
2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya,
Finlyandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga
qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy
mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi.
Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi.
Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – shved
kronasi. Tibbiy xizmati. Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. shahrida
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu
balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor.
12
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik
majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni
tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti
bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg universiteti (1891),
Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika
universiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar
akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar
jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi
qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti,
Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi
qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va
Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi,
ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shimoliy muzey, Milliy dengiz
muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar. Matbuoti,
radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi.
Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gazeta, 1887-yildan), "Aftonbladet" ("Kechki
gazeta", kundalik kechki gazeta, 1830-yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy
bezakli jurnal, 1913-yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik
gazeta, 1858-yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gazeta, 1864-
yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gazeta, 1948-yildan),
"Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jurnal, 1888-yildan), "Svenska dagbladet"
("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1884-yildan), "Syudsvenska dagbladet
snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1848-yildan),
"Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gazeta, 1944-yildan). Shvetsiya telegraf
byurosi 1921-yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya
radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993-yil tashkil
etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib
boriladi.
Adabiyoti. Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u
sher yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq
13
ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy
adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan
dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius
asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari
ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini
topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti
maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va
tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi.
Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz
ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni
yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida
K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu.A.Strindberg
tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg,
Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu.
Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga
chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga
toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-
yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E.
Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini
P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi.
Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim
asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan
B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
Meʼmorligi. 11 –12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13–15-asrlarda gotika uslubida
ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod
etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida
bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641–71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la
Valle va boshqalar; birja, 1767–76, meʼmorlar K.Yu.Krunstedt va boshqalar; ikkalasi
ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr
boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg, K. Bergsten).
Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924–27, meʼmor Ye.G.Asplund),
14
neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911–23, meʼmor R. Estberg) yoʻnalishlari,
funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik
maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951–55, meʼmorlar S.Markelius va
boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari,
meʼmorlar Ya. Geyer, S. Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik
inshootlar: "VennerGren" ilmiy markazi binosi (1959–61, meʼmorlar S.Lindstryom, A.
Byuden), teleminora (1964–67, meʼmorlar X. Borgstryom, B. Lindros; ikkalasi ham
Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X. Klemming, E.
Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing). Tasviriy sanʼati.
Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari).
Temir davrida (mil. av. 6-asr – mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va
yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi,
haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel),
rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo,
G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda
romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret
va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles,
B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli,
A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom
kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning
grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh
tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik
oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy
ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Musiqasi. Skandinaviya
musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi),
qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan
professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar
– skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda
ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526-yil
Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis
musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va
15
F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning
negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771-yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi
tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940-yildan Oliy musiqa maktabi, 1971-
yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu.
G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm
taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq
kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind,
K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi
asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu
asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg, yil
Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–
70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida
dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof,
B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik
orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari ishlaydi. Teatri. Shved
professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo
boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682-yil dramaturg Urban Yernening Upsala
universiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri
hisoblanadi. 1779-yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788-yildan Stokgolmda Kirollik
drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist,
N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli
Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissor va aktyor
Yu.Lindberg va rejissor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907-yil Strindberg tashabbusi
bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissor
P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi
"Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P.
Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi
(A.Shyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik
drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-
yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek,
G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme. Kinosi. 1897-
16
yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida
muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907-yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir
qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917;
"Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rejissor V.Shyostrem). 20–30 yillarda kinoning
badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar
chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943,
rejissor G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rejissor X.Ekman). Ikkinchi jahon
urushidan keyingi yillarda rejissorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi
mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi",
1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961–63; "Kuzgi sonata",
1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi
taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi
oʻyindan chiqadi", 1956). 60–70-yillarda rejissorlar ijtimoiysiyosiy muammolar
koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rejissor
B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972;
hammasining rejissor Ya.Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissorlar oʻz
ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman,
T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin
tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish
tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari:
B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar
1963-yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965-yildan uning huzurida kino maktabi
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |