14.7.2.Daryolarning geologik ishi
Ko’p aholi yashaydigan punktlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik
maydonlari daryo vodiylariga joylashgan. Daryo geologik nuqtai nazardan uch
qismdan iborat bo’ladi; yuqori, o’rta, va quyi oqim. Daryolarning suv oqadigan
joyi
o’zan
deb ataladi.
Issiq kunlar boshlanishi bilan tog’lardagi qor va muzlar erishi va
bahordagi yog’ingarchilik ko’pligi tufayli suv sathi ko’tariladi, ba’zan
qirg’oqlarga chiqib ketadi, ularni yemiradi. Daryo boshlanish qismidagi tog’
jinslarini yuvib kelib, o’z yo’lida o’rta yoki quyi qismlarida ularni yotqizadi,
natijada allyuvial yotqiziqlar hosil bo’ladi, buni
akkumulyatsiya jarayoni
deyiladi.
Allyuvial yotqiziqlarni tashkil qilgan jinslar donalari saralangan, silliq-
langan bo’ladi. Daryo suvlari o’zan tubi va yonlarini to’xtovsiz yemiradi. Bunga
daryo eroziyasi
- deyiladi. Daryo quyiladigan suv havzasi sathi eroziya bazisi
deyiladi. Masalan, Chirchiq va Ohangaron daryolari eroziya bazisi, Sirdaryoning
suv sathi hisoblanadi. Sirdaryoning eroziya bazisi bo’lib, Orol dengizining sathi
hisoblanadi. O’zan va qirg’oqlarning yuvilishi
natijasida
daryoning
ikkala
qirg’oqlarida
pog’ona - pog’ona shaklidagi balandliklardan
iborat supachalar hosil bo’ladi, bular daryo
terrassasi deb ataladi. Daryo terrassasi o’z
tuzilishiga qarab, uchga; erozion (yuvilgan),
erozion akqumulyativ (yuvilib yig’ilgan) va
asosli terrassalarga bo’linadi.
110
Erozion terrassalar daryo qirg’oqlarida tub jinslarning yemirilishidan hosil
bo’ladi (14.8- rasm).
Erozion akkumulyativ terrassa daryo yotqiziqlarining qayta-qayta yuvilib
tagi ochilishi natijasida hosil bo’ladi. (14.9-rasm)
Daryo vodiysida erozion va akqumulyativ sikllarning bir necha marta
takrorlanishi tufayli erozion va akqumulyativ terrasalar hosil bo’ladi.
Terrasalar vodiy yonbag’ri bo’ylab qiya suppachalar shaklida
tarqalgan bo’ladi, bunday suppachalarning soni har xil bo’lib, 3 dan 20 tagacha
bo’ladi. Tuzilishiga ko’ra terrasalar: allyuvialli, to’la allyuvial, yotqiziqlaridan
iborat, erozion - tub jinslardan tashkil topgan bo’lib, allyuvial jinslar bilan
qoplangan bo’ladi.
14.9 – rasm
. Daryo erozion – akkumulyativ terrasalarining ko’ndalang kesimi:
daryo dastlab aa, keyin bb va vv punktir chizislar bo’yicha oqqan;
I,II, III, IV erozion – akkumulyativ terrasalar.
Daryolarning yemirilib borishi, uning yaqinidagi aholi yashaydigan
joylarga, sanoat inshootlariga va ayniqsa ko’priklarga zarar yetkazishi mumkin.
Ko’priklar uchun tag va yon eroziya ham xavfli hisoblanadi.
Ko’prikning tayanch ustunlari suvning oqimi va o’zanida bo’lsa, oqim
yuzasi bu zonada kichikligi sababli suvning tezligi katta bo’lib, tagi tez yuvila
boshlaydi. Ko’priklarni yemirilishidan saqlash chorasi, tayanch asosini iloji
111
boricha chuqurrok joylashtirish, va qo’shimcha chora sifatida xarsang tosh, og’ir
yuklarni ko’prik asosiga tashlashdir. Yon tomonni yuvilishdan saqlash uchun
qirg’oq ihota qismlarini mustahkamlash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |