Muhandislik geologik tadqiqotlar


Neft va gaz quduqlarini burg’ilash jarayonida suv va chiqindilar



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/204
Sana26.04.2023
Hajmi6,17 Mb.
#932255
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204
Bog'liq
-qullanma (1)

35.2. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash jarayonida suv va chiqindilar 
Qatlamning geologik tuzilishi kesimiga mos holda tayyorlangan burg’ilash 
eritmasi quduq devorida qobiq hosil qiladi va burg’ilash eritmasining yutilishini 
kamaytiradi.
Mahsuldor gorizontlarni burg’ilab ochishdan oldin burg’ilash eritmasi 
zichligini tekshirib qo’rish lozim. Chunki mahsuldor gorizontda qatlam bosimi 
katta bo’lishi mumkin va bu quduqda ochiq favora bo’lishiga sabab bo’lishi 
mumkin. Buning oldini olish uchun burg’ilash eritmasi hosil qiladigan gidrostatik 
bosim qatlam bosimidan 4 - 7% miqdorida yuqori bo’lishi kerak. 
Quduqni qo’rish, burg’ilash va sinashda quduqdan chiqqan chiqindilarni 
iloji boricha qayta ishlatish yoki zarasizlantirish kerak. Burg’ilash korxonasida ish 
olib borilayotgan tumanning geologik va texnik sharoitini hisobga olgan holda 
halokat va mushkulotlarni (quduq stvolining torayishi, o’pirilishi, to’kilishi, qisilib 
qolishlar) oldini olish maqsadida, amaldagi umumiy ko’rsatmalarga asosan
quyidagi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi: 
- Neftli, suvli, kislotali vannalarni qo’yishda, quduqdagi burg’ilash eritma-
sining zichligi qatlam bosimiga qarshi bosim hosil qilishi kerak; 


264 
- Quduqda neft-gaz paydo bo’lishi hollari ko’zatilganda, darhol uni oldini 
olish choralari ko’rilishi kerak va bu haqida burg’ilash korxonasi rahbariyatiga, 
hamda harbiylashtirilgan qism xizmatchilariga habar berish kerak; 
- Har bir vaxtaning a’zolari neft - gaz hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan 
halokatlarni oldini olish bo’yicha amaliy o’rgatilgan (o’qitilgan) bo’lishi va 
halokat sodir bo’lganida har bir ishchining bajaradigan vazifasi burg’ilash 
ustasining xonasida osilgan bo’lishi kerak; 
- Burg’ilash ustasi burg’ilash korxonasi tomonidan tasdiqlangan ko’rsatma-
larga asosan har bir vaxta ishchilari bilan halokatlarni bartaraf etish bo’yicha o’quv 
mashqlarini o’tkazishi va bu haqida texnika havfsizligi jurnaliga belgilab borishi 
kerak; 
- Burg’ilash eritmasining turi va kattaliklari - quduqni qazishni halokat-
larsiz olib borishni va mahsuldor gorizontni sifatli ochishni ta’minlashi kerak; 
- Burg’ilash eritmasining zichligi, burg’ilash eritmasi ustuni hosil qiladigan 
gidrostatik bosim qatlam bosimidan quyidagi kattaliklarda ortiqcha bo’lishi kerak; 
Chuqurligi 1200 metrgacha bo’lgan quduqlar uchun 10-15% (ammo 1,5
MPa dan oshmasligi kerak); 
Chuqurligi 2500 metrgacha bo’lgan quduqlar uchun 5-10% (ammo 2,5
MPa dan oshmasligi kerak); 
Chuqurligi 2500 metrdan yuqori quduqlar uchun 4-7% (ammo 3,5 MPa 
dan oshmasligi kerak); 
- Murakkab sharoitli quduqlarni va gazli gorizontlarni burg’ilashda 
burg’ilash eritmasining zichligini va qovushqoqligini har 10-15 minutda; SNS 
ko’rsatkichi, suv bera oluvchanligi va haroratini har 1 soatda o’lchab turish kerak. 
Burg’ilash eritmasining o’lchangan kattaliklari mahsus jurnalga yozib boriladi; 
- Burg’ilash eritmasi tarkibidagi gazning miqdori 1% dan oshib ketgani 
ma’lum bo’lganda, eritmani darhol gazsizlantirish kerak, keyin esa buning sababi 
(qatlam ishga tushishi, eritma ko’pirib ketishi) aniqlanadi va bartaraf etish 
choralari ko’riladi; 


265 
- Og’irlashtirilgan va kimyoviy qayta ishlangan burg’ilash eritmalari bilan 
quduqni burg’ilash jarayonida, burg’ilash maydonchasida yetarli miqdorda 
(geologik-texnik sharoitni hisobga olgan holda) kimyoviy reagentlar va 
og’irlashtiruvchi materiallar zahirasi bo’lishi kerak.

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish