261
35. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNI BOSHQARISH.
35.1. Neft va gaz quduqlarini burg’ilashda atrof-muhitni
muhofaza qilish
Neft va gaz sanoati atrof - muhitni zaharlanishiga olib keluvchi sanoat
tarmoqlaridan biridir. Tabiatni muhofaza qilish termini XX asrning birinchi o’n
yilligida keng qo’llanila boshlandi. Bu davrda tabiatni muhofaza qilish deganda
hayvonot va o’simliklarning alohida turlarini saqlash,
tabiatning qimmatbaho
uchastka va ob’yektlarini asrash, qo’riqxona va milliy hiyobonlarni tashkil etishga
yo’naltirilgan faoliyat tushinilgan. Bunday faoliyat, masalan 1913 yilda
Shveytsariyada tabiatni muhofaza qilish bo’yicha 17 davlat a’zolari ishtirokida
o’tqazilgan birinchi konferentsiyada ko’rib chiqilgan.
30 yillarning boshida tabiatni muhofaza qilishga
insoniyat faoliyatini
tabiatga zararli ta’sir qilishiga teskari harakatlantiruvchi kompleks tadbirlar
sifatida qaraldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
foydalanishni yaxshilash bo’yicha ishlab chiqilayotgan standartlar inson faoliyati
bilan tabiiy atrof - muhit orasidagi muvozanatni turg’unlashtirishga yo’naltirilgan
tadbirlar tizimidan iborat bo’lib, tabiiy resurslarni saqlash va tiklashni ta’minlaydi,
jamiyat faoliyati natijalarini tabiatga to’g’ri va bilvosita negativ ta’siri
va inson
sog’lig’iga ta’siri oldini oladi.
Hozirgi vaqtda ekologik tadqiqotlar bilan geografiya, geologiya, biologiya,
texnik va sotsial-iqtisodiy fanlar oblastidagi mutaxassislar shug’ullanishadi.
Tog’ fandlarida litosfera va mineral resurslarni o’zlashtirish, yer qarida
bo’lib o’tadigan jarayonlardan yuzaga keladigan halokatlar bilan ko’rashish bilan
bog’liq bo’lgan ho’jalik faoliyatining barcha sferalarida ekologik tadqiqotlar olib
borilmoqda.
Mineral xomashyo va tabiiy resurslarning boshqa turlarida kompleks
foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologik jarayonlarni tashkil etish,
nisbatan samarador shuningdek biologik usullaridan
foydalanish texnologik
jarayonlarning ekologik tadqiq qilishni umumiy vazifasidir.
262
Tabiiy resurslardan rejali va ratsional foydalanish - tabiatni samarali
muhofaza qilishning asosidir.
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar (qidiruv, burg’ilash,
qazib chiqarish, yig’ish, tashish, saqlash va neft va gazni qayta ishlash) tabiiy
ekologik holatni bo’zilishga sabab bo’lishi mumkin.
Neft va gaz tarmog’ining bizni o’rab to’rgan tabiatga ko’rsatayotgan salbiy
ta’siri
haqida gapirar ekanmiz, buni bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganish
mumkin. Jumladan:
- yer osti boyliklarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish;
- quduqlarni qurish davrida yer osti boyliklarini asrash;
- tabiatni, xususan o’rmonlar,
daryolar, ko’llar, dengiz va boshqa suv
havzalarini ifloslanishini oldini olish;
- neft va gaz mahsulotlarini qazib chiqarish va qayta ishlashda atrof-
muhitni va atmosferani himoya qilish.
Quduqlar qaziladigan maydonlarda ishlatish quduqlarini burg’ilash
jarayonida atmosfera havosini ifloslanishini kamaytirish uchun ko’rsatmalar:
1.Yonuvchi-moylovchi materiallar bo’g’lanishi natijasida atmosfera
havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bu materiallarni yopiq idishlarda va
belgilangan joylarda saqlash.
2.Yonuvchi-moylovchi materiallarni burg’ilash
maydonchasiga olib
kelishda mahsus moslashtirilgan avtotsisternalardan foydalanish, ishlatishga
yaroqsiz holga kelib qolgan yonuvchi-moylovchi materiallarni yig’ish va olib
chiqib ketishda mahsus metall idishlardan foydalanish.
3.Burg’ilash va sementlash qorishmalarini tayyorlash
uchun material va
kimyoviy reagentlarni buzuq bo’lmagan transportlarda, yopiq idishlarda keltirish.
4.Sementni
tashib
keltirishni
mahsus
avtotsisternalarda,
sement
qorishmasini tayyorlashni sement aralashtiruvchi mashinalar SMN-20 (KRAZ -
257 avtomobili shassisida o’rnatilgan) va sementlash agregatlari SA-320, SA-400
lar yordamida amalga oshirish.
263
5.Burg’ilash eritmasi va sement qorishmasini tayyorlashda kerak
bo’ladigan materiallarni tashishda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish
maqsadida yaroqli va to’kilmaydigan idishlardan foydalanish.
Quduqlar qaziladigan maydonlarda quduqlarni burg’ilash, mustahkamlash
va sinab qo’rish jarayonida atmosfera havosining ifloslanishiga quyidagilar sabab
bo’ladi:
- Burg’ilash eritmasini tayyorlash blokida
har xil kukunsimon kompo-
nentlarni qo’shish jarayonida chang ko’tarilishi (asosan bentonit tuproq kukuni);
- Sirkulyatsion sistemada burg’ilash eritmasiga neft mahsulotlarini qo’shish
va uni ochiq havoda bo’g’lanishi natijasida atmosferaga uglevodorodlar chiqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: