Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyas



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana26.04.2023
Hajmi0,84 Mb.
#932200
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
industrial iqttisodiyotdan2ta (1)

3.Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyas. 
A'naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi 
yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish 
qobiliyatini yo'qotilishidir. U ikki shaklda yuzaga 
keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning 
ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida 
qadrsizlansa, ikkinchi shaklda asosiy fondlarning 
qadrsizlanishi yangi, fan-texnika taraqqiyoti ta'siri 
ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo 
bo'lishi natijasida ro'y beradi. Asosiy fondlar 
ma'naviy eskirishining yuqorida keltirilgan 
shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin: P - V 
IM = x 100; x100 P P - P IM = P — 2. P bu yerda: P - 
asosiy fondlarning to'liq boshlang'ich qiymati; V- 
asosiy fondlarning tiklanish qiymati; Pn - yangi 
texnikaning unumdorligi. Asosiy fondlarni qayta 
ishlab chiqarish, ya'ni jismoniy va ma'naviy jihatdan 
eskirgan asosiy fondlarning o'rnini iqtisodiy 
to'ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan 
amortizatsiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda 
bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida 
mahsulot tannarxiga kiritiladi. Amortizatsiya 
ajratmalari quyidagi formula asosida aniqlanuvchi 
amortizatsiya normalari (Na) asosida amalga 


oishiriladi: N = - x 100 a p bu yerda: A - 
amortizatsiya ajratmalari; P - asosiy fondlarning 
to'liq boshlang'ich qiymati. Yillik amortizatsiya 
ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida 
aniqlanadi: P + R + M - O A = T bu yerda: Rk - asosiy 
fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta' 
mirlashga sarflangan xarajatlar; M - uskuna, 
mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr 
mobaynida modernizatsiya qilishga sarflangan 
xarajatlar; O - asosiy fondlarning qoldiq 
(likvidatsion) qiymati; T - asosiy fondlarning xizmat 
qilish muddati, yil. Amalda amortizatsiya mablag'lari 
asosiy fondlarni to'liq qayta tiklash (renovatsiya), 
kapital ta'mirlash va uskunalarni modernizatsiya 
qilish uchun alohida ravishda yo'naltiriladi. Bundan 
kelib chiqqan holda amortizatsiya normasi ikki 
qismdan - fondlarni renovatsiya qilish (Nv) hamda 
kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilish (Nr) 
uchun ajratiluvchi mablag'dan iborat bo'ladi. 
Birinchi holda amortizatsiya normasi quyidagi 
formula: P - O N = x 100; v tp ikkinchi holda esa: л, 
— + м Nr = — r TP asosida aniqlanadi. Ishlab 
chiqarish jarayonida asosiy fondlar astasekinlik bilan 
eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta'mirlash 
orqali tiklash zaruriyati tug'iladi. O'z vaqtida 


ta'mirlash asosiy fondlar muddatidan oldin ishdan 
chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat 
qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy 
fondlarni ta'mirlash kapital, o'rta va joriy turlarga 
bo'linadi. Bino va inshootlarni ta'mirlash o'z 
mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag'larga 
ko'ra, mashina va uskunalarni ta'mirlashdan farq 
qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni 
kapital ta'mirlashda ular to'liq qismlarga bo'linadi va 
eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki 
marta kapital ta'mirlash orasidagi muddat ta'mirlash 
tsikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga 
ko'ra, maxsus zavodlarda ta'mirlanadi. O'rtacha 
ta'mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, 
bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko'ra, kapital 
ta'mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi 
mablag', vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab 
etadi. Joriy ta'mirlash kabi u ham mashina yoki 
uskunadan foydalanuvchi korxonaning o'zida 
amalga oshirilishi mumkin. Joriy ta'mirlashda asosan 
asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, 
mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya'ni 
uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi 
ta'minlanadi. Asosiy fondlardan foydalanish 
ko'rsatkichlari Asosiy fondlarni ta'mirlash va ularga 


xizmat ko'r satish majmuasi rejali- oldini oluvchi 
ta'mirlash t izimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona 
bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har 
bi r korxonada ROOT o'tkazilishini qayd qilish jurn 
allari mavjud bo'lib, ularda profilaktika va ta'mirl ash 
tadbirlarini o'tkazish tartibi va grafigi belgila b 
qo'yiladi. Ta'mirlash ishlari tufayli korxona asosiy 
fondlarn ing joriy ekspluatatsiyaga tayyorligini 
ta'minlayd i. Biroq shu bilan bir qatorda korxona 
asosiy fon dlarni yara- tish, foydalanish, 
amortizatsiya, qay ta tiklash kabi bosqichlarni o'z 
ichiga oluvchi tak ror ishlab chiqarish amallarini 
doimiy ravishda b ajarishga intilishi lozim. Bu 
bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish 
mumkin (5.4-rasm). 5.4-rasm. Asosiy fondlardan 
foydalanish ko'rsatkichlari Asosiy ishlab chiqarish 
fondlaridan foydalanishning turli xil ko'rsatkichlari 
mavjud bo'lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga 
bo'lish mumkin: birinchi guruh - umumlashtiruvchi 
va qiymat ko'rsatkichl ari bo'lib, ular asosiy 
fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada 
baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va 
bashorat qilish imkonini yaratadi.


Foydalanilgan adabiyot:

https://fayllar.org/sanoat-korxonalarida-asosiy
 
fondlarni-modernizatsiyalashasosi.html?page=5 
Internet saxifasi orqali qidirildi.) 


Hulosa
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan 
foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish 
quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish 
dasturini asoslashda katta rol' o'ynaydi hamda 
korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli 
mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha potentsial 
imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, 
ishlab chiqarish quvvati - bu, ma'lum bir vaqt 
davomida ilg'or texnologiyalardan foydalanish, 
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg'or 
sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan 
mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga 
ko'ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining 
natural ko'rinishda, ushbu korxonaning 
ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari 
o'rtasidagi o'zaro nisbatiga ko'ra aniqlanadi. Paxta 
tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvati 
tayyorlanadigan paxta xom ashyosi miqdori, 
foydalai ish vaqti va asosiy uskuna sanalgan jin 
mashinalari soni bog'liq bo'ladi. Taqvimiy yil 
mobaynida ikki hosil yilida yetishtirilgan paxta qayta 
ishlanishi munosabati bilan paxta tozalash 
korxonasining bir yillik ish davri ikkitaddir. 


Mavzu:Sanoat koperatsiyasini rivojlantirish 
yo’nalishlari.
Reja:
Kirish
1.Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning 
shakllari;
2.Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat 
kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes 
imkoniyatlaridan foydalanish;
3.Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
Xulosa 


Kirish 
Korxonalar o`rtasidagi kooperatsiya aloqalarini 
kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish o`zaro chambarchas bog`liq 
jarayondir. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat 
kooperatsiyasining kengayishi tayyor mahsulot, 
butlovchi buyum va materiallar ishlab chiqarishni 
mahalliylashirish uchun shartsharoit yaratadi. 
Ma‘lumki, mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning 
jadal va barqaror rivojlanishini ta‘minlash, uning 
tashqi omillarga bog`liqligini kamaytirish, ishlab 
chiqarish jarayonlariga yangi, samarali 
texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, 
mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish resurslaridan 
keng foydalanish, shu asosda zamonaviy 
raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni 
ko`paytirish, valyuta mablag`laridan tejamli va 
oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini 
yaratish imkonini beradi. Mahalliylashtirish 
dasturining amalga oshirilishi quyidagi ijobiy jihatlar 
bilan tavsiflanadi: 

mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlaridan samarali foydalanish; 

turli sanoat 
tarmoqlarining qo`shilgan qiymati yuqori bo`lgan 
mahsulotlari eksportini ko`paytirish va an‘anaviy 


eksport salmog`ini kamaytirish; 

samarali ichki va 
tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya 
aloqalarini rivojlantirish; 

iqtisodiyotning real 
sektorida mamlakatimiz korxonalarining 
kooperatsiyasi salohiyatidan yuqori darajada 
foydalanish; 

mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni 
kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni 
zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish 
hisobidan iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va 
h.k. Sanoat kooperatsiyasi asosida amalga 
oshirilayot-gan tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va material-larni ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish hajmlarini oshirish bo'yicha chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi, korhonalarning 
ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'l-gan 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘sishining va 
import tovarlari qisqarishining omillaridan biri 
hisoblanadi. 2017 yilning yanvar- dekabr oylarida 
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va 
materiallarni ishlab chiqar-ishni mahalliylashtirish 
dasturi doirasida 799 ta loyiha bo‘iycha 9,9 
trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 512,4 
mln.dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot-lar 
eksport qilindi va 3018 ta yangi ish o'rni yaratildi. 



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish