339
O‘QISH TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI.
O‘QISHNING ADABIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1.
Sinfda o‘qish va uning xususiyatlari.
2. O‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va buning o‘ziga xos
jihatlari.
3. Sinfdan tashqari o‘qish va uni tashkil etish yo‘llari.
4. Sinfdan tashqari o‘qish nazorati.
5. To‘garak va uni yuritish talablari, zarur me’yoriy huj-
jatlar.
O‘qish
– yozilgan matn bilan tanishish, uni tushunish va
o‘zlashtirishga qaratilgan nutqiy faoliyatning bir turi bo‘lib,
shaxs-
lararo kommunikativ faoliyat sohasiga daxldor. O‘qish muloqot
shakl
laridan biridir. O‘qish til o‘rganish jarayonining asosi hisob-
lanib, matnda shakllar yordamida ifodalangan ma’lumotlarni
o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu, o‘z
navbatida, inson
faoliyatining har qanday turida tildan erkin va samarali foydalanish
imkoniyatini beradi
147
.
Psixologik adabiyotlarda «o‘qish» tushunchasining zamirida
mutolaa jarayonidagi «o‘qish texnikasi» va «o‘qish asnosida uqish»
anglashiladi. O‘qish jarayonida o‘qilganlarni tushunish o‘qish
texnikasi bilan bog‘liq holda maqsad va manbani anglatadi. O‘qish
inson tafakkurining bir ko‘rinishi sifatida
mutolaa jarayonida matn
mazmuniga xos bo‘lgan elementlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lagan
holda mohiyatiga kirish, mazmunni anglash demakdir. Kitobxon
nafaqat tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtiradi, balki o‘qiganlarini o‘z
tajribasi, bilimi va mavjud ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. O‘qish
asnosida uqishga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi faktorlar belgilangan:
•
ma’lum axborotga ega bo‘lish;
•
matnning kompozitsion tuzulishini ilg‘ash;
•
matnga xos til xususiyatlarini farqlash;
•
mantiqiy va emotsional
ifodalarni tushunish;
147
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С.
347.
340
341
•
matndagi ma’lumotlar, uning leksik va grammatik xususiyat-
lari, ifoda uslu
bining o‘quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik
daraja
siga yaqinligi;
•
matnni o‘zlash
tirish asnosida o‘quvchi diqqatining uni ang
-
lashga yo‘naltirilganligi;
•
o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari.
O‘qish quyidagi turlarga ajratiladi:
a) analitik va sintetik o‘qish (psixologik xususiyatlarga taya
-
nish);
b) tarjimali va tarjimasiz o‘qish (o‘qilayotgan matnni anglash
-
da ona tilning ishtiroki darajasi);
v) lug‘at bilan yoki lug‘atsiz o‘qish (o‘quvchilarga
yordami
darajasi oldindan belgilab qo‘yilgan);
g) individual, frontal, sinfda va uyda o‘qish (o‘quv ishlarini
tashkil etish shakliga ko‘ra);
d) ko‘rish, kuzatish, izlanish, tanishuv (ko‘zda tutilgan maqsad
-
ga muvofiqligi va jarayonning borishiga ko‘ra).
O‘qishning barcha turlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va
hamisha bir-birini to‘ldirib boradi. Nutq
faoliyatining bu turidan
foydalanilganda o‘quvchilarning o‘qishdan maqsadini anglashi bu
jarayonning muhim shartlaridan biri sanaladi.
O‘qish ta’lim bilan bog‘langanda topshiriqlar o‘qishdan ol-
dingi va o‘qishdan keyingi ish turlariga ajratiladi. Ta’limda o‘qish
mutolaa texnikasini o‘zlashtirish (harflar, so‘z, so‘z birikmalari,
jumlalar va ularning tovush turlariga e’tibor nazarda tutiladi) va
to‘g‘ri o‘qish, ya’ni tajribali kitobxon tarbiyalashni nazarda tutadi.
Tajribali kitob
xon bilan tajribasiz kitobxon o‘qish asnosida har
xil jihatlari bilan ajralib turadi. Tajribasi
kam kitobxon sekin va
bir xil tezlikda o‘qiydi. Bu hol o‘qilgan materialning anglanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin o‘qish o‘qilganlarni aytib berishga
tenglashtiriladi. Ko‘pincha diqqat
matnning mohiyatiga emas,
uning shakliga qaratiladi. Tajri
bali o‘qirmanda maqsad o‘qish tez-
ligi va matn mazmuni hisoblanadi. O‘qilgan narsaning mohiyatiga
kirish va uni o‘zlashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Tez o‘qiganda ko‘zlarning fiksatsiyasi uncha katta bo‘lmaydi. Tez
o‘qilganda diqqat matnning mazmuniga qaratiladi.
Metodika ilmida o‘qishning:
o
Do'stlaringiz bilan baham: