22
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar hozirgi sharoitda
mehnat bozorida ishchi kuchiga talab taklifning yangi harakatini belgilovchi eng
muhim iqtisodiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko’rsatish
tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va hududlarni ijtimoiy –
iqtisodiy
rivojlanishda sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. Bunday sharoitlarda bir
tomondan mehnat bozorining yangi infrastrukturasini ko’p sonli mehnat talab
qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish bo’g’inlarini
qamrab olsa, boshqa
tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga
keltiradi va rivojlanadi.
Mehnat bozori ko’p sektorli tuzilishga ega bo’lib, ishchi kuchini ishlab
chiqarishga ta’siri, ular harakatlanishi va munosabatini namoyon qiladi.
Mehnat bozorini shakllantirishda mehnat munosabatlari
alohida ahamiyat
kasb etadi. Hozirgi vaqtdagi sharoitni ko’rib chiqadigan bo’lsak tarmoqlar
bo’yicha bandlik bir xil taqsimlanmaganligini ko’rishimiz mukin. Bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi eng asosiy vazifa tarmoqlar bo’yicha mehnatni samarali
ta’minlanishi uchun sharoit yaratib berishdir.
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotini tarkibiy qismidir, bunda ish beruvchilar
va yollanma ishchilar
qiziqishlari mos kelib, o’zaro kelishuv asosida ish
yuritadilar.
Mehnat bozorining tarkibiy qismi: Mehnatga taklif yig’indisi tushunchasida
iqtisodiy aktiv aholi yollanma ish kuchi sifatida shakllanadi.
Mehnatga talab yig’indisi esa – yollanma ish kuchiga umumiy extiyoj deb
tushuniladi. Buni tashkil etuvchilar mehnat bozori yig’indisini tashkil etadilar.
Mehnatga taklif yig’indisini shuningdek barcha mehnatga layoqatli axolining
barcha kategoriyalari – ayollar,
erkaklar, yoshlar va nafaqaxo’rlar tashkil etadi
deb izoxlashimiz mumkin. Mehnatga talab yig’indisini – iqtisodiyotda mavjud
bo’lgan ish joylari soni va uni strukturasini tashkil
etuvchi mexanizm deb
qarashimiz mumkin.
Mexnatga samarali talab tushunchasi - bu iqtisodiy jixatdan maqsadga
23
muvofiq ish joylari soni va samarasiz xisoblangan ish joylari yig’indisidan iborat.
Mehnatga samarali talab va taklif yig’indisi o’rtasidagi tafovut yashirin
ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Mexnat taklifi – mavjud mehnat bozorida uning
tarkibini tashkil etuvchi
shaxslar – mehnat faoliyati bilan band bo’lmagan va ish qidirayotganlar, ish
joyini o’zgartirmoqchi bo’lgan shaxslar, shuningdek bo’sh vaqtida ishlamoqchi
bo’lgan shaxslar tas
Do'stlaringiz bilan baham: