Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana22.04.2023
Hajmi0,54 Mb.
#931065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hkil etadi.
Mexnatga talab 
– mavjud bozorda vakant ish joylarini to’lg’azish uchun, 
shuningdek bir martalik ishlarni bajarish uchun ehtiyoj tashkil etadi. Mavjud 
mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlar bilan tanishib chiqishmiz mumkin. 
Ochiq mehnat bozori – barcha iqtisodiy aktiv axoli hisoblanib, ish 
qidiruvchilar, qayta tayyorgarlik ko’ruvchilar, shuningdek vakant ish joylaridan 
tashkil topadi. 
Ochiq mehnat bozori rasmiy va norasmiy mehnat bozoridan iborat. 
Rasmiy 
mexnat 
bozori – bandlik xizmati tomonidan ro’yxatga olingan ish joylarini o’z 
ichiga oladi. 
Norasmiy mexnat 
bozori ish beruvchilar va ish qidiruvchilar 
o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida xech qayerda ro’yxatdan o’tmagan ish 
joylarini o’z ichiga oladi. 


24 
1.1- chizma. Mexnat bozori strukturasi

Mehnatga talab va taklif 
 
Yashirin mehnat bozori bu xalq xo’jaligida band bo’lgan, lekin mahsulot 
xajmi qisqarishi yoki boshqa sabablarga ko’ra qisqartirilgan ishsizlardan tashkil 
topadi. Birlamchi mehnat bozorida faqatgina "yaxshi ishlar" ishtirok etadi. 
Birlamchi mehnat bozoridagi mavjud ishlarini quyidagi belgilari keltirib 
o’tamiz: 
-
Ishchini barqaror bandligi; 
-
Yuqori ish xaqi; 
-
Karyera uchun imkoniyat; 
-
Ilg’or texnologiyadan foydalanish va xizmat zinapoyasidan ko’tarilish 
uchun imkoniyatlar. 
Ikkilamchi mehnat bozori – bu yerda "yomon ishlar" ishtirok etadi. 
Ikkilamchi mehnat bozorini mavjud quyidagi belgilarini keltirib o’tamiz: 


25 
– beqaror bandlik; 
-
kam ish xaqi; 
-
xizmat zinapoyasidan ko’tarilishi uchun imkoniyat yo’q; 
-
ishlab chiqarishdagi texnologiya ko’p mehnat talab qiladi. 
Ishsizlikni qisqartirish va bandlikni to’liq ta’minlash maqsadida mehnat 
bozorida faol siyosat o’tkazish kerak. 
Faol siyosatning mavjud quyidagi yo’nalishlarini keltirib o’tamiz : 
1.
Korxonalarda yangi ish joylari tashkil etish. 
2.
Ish xaqini oshirishdagi cheklashlar. 
3.
Nostandart xolatdagi bandlikni oshirish. 
4.
Ish vaqtini qisqartirish. 
5.
Nafaqa yoshiga chiqishni yoshini kamaytirish. 
Ishsizlik bilan kambag’allik tushunchasi o’zaro uzviy bog’langan. 
Kambag’allikka qarshi kurash - bu asosiy extiyoj uchun zarur bo’lgan 
konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat. 
Ma'lumki, iqtisodiy faol aholining o‘z daromadini maksimallashtirish, doimiy 
yashash, o‘qish yoki uni davom ettirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqish 
ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 2019 yil mart oyida uzoq muddatga chetga chiqqanlar 
umumiy soni Buxoro viloyati bo‘yicha 85032 kishini tashkil etgan, shundan, Buxoro 
shahri bo‘yicha 13379 kishini tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich 2018 yildagiga 
nisbatan viloyat miqyosida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 7022 kishiga 
kamayganini,shahar miqyosida esa 1043 kishiga kamayganligini ko‘rsatadi. Bu 
tendensiya viloyatning boshqa hududlariga ham xos deb aytish mumkin. Gender 


26 
nuqtai nazaridan, erkaklar uzoq muddatga chetga chiqib ketganlar tarkibida 74,6 
foizni tashkil etgan.
Uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarning chiqish sabablarini tahlil etadigan 
bo‘lsak, asosan ishlash uchun ketganlar 60795 kishini tashkil etib, mos ravishda bu 
ko‘rsatkich 92 % bo‘lgan. O‘qish maqsadida 325 kishi chetga chiqqan bo‘lib, 
umumiy hisobda 0,5 foizni tashkil etadi. 
Uzoq muddatga chiqib ketganlarning xorijiy davlatlar bo‘yicha ma'lumotiga 
e'tibor beradigan bo‘lsak, katta ulush jami 66115 kishidan 46910 kishi, ya'ni 71 foizi 
Rossiya Federatsiyasiga, 2342 kishi Turkiyaga ketgan bo‘lib, umumiy hajmda 
3,2 %ni, Qozog‘istonga chiqqanlar soni esa 13854 kishi, ya'ni 21%ni tashkil etadi.


27 
XULOSA 
Globallashuv hayot sur’atlarning tezlashishi bilan bog’liq jarayondir. 
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari 
o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir bo’ladigan 
jarayondir. Tanganing ikki tomoni bo`lganidek, globallashuvning ham salbiy va 
ijobiy tomoni mavjud. Globallashuv jarayonida xalqlarning iqtisodiy, ma’naviy 
hayotidagi aloqalari kuchayishi bilan bir vaqtda ularning madaniyati va 
ma’naviyatiga turli xil yot unsurlar o`z ta’sirini ko`rsatishi uning salbiy tomoni 
bo`lsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan 
yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi globallashuvning ijobiy tomonlaridan biridir. 
Iqtisodiyotning globallashuv jarayoni hukm surayotgan XXI asrda ta’lim 
mazmunini 
takomillashtirish 
muhim 
masala 
bo`lib 
turibdi. 
Xususan, 
mamlakatimizda ham mustaqillikka erishgan ilk yillardan yetuk mutaxassis 
kadrlarni, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to`g’risidagi” Qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir. 
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh 
kelmaydigan insolar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, deb ta’kidlab 
o`tdilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. 
Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko’proq mahsulot ishlab chiqarish) va 
insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko’proq daromatga 
erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini 
belgilovchi omillaridan hisoblangan, ham texnologiyalarni takomillashuvi, ham 
davlat byudjetini to’planishiga erishishiga yordam beruvchi yagona tizimdir.
Biz bitiruv malakaviy ish mavzusiga asoslangan holda Buxoro viloyatida mehnat 
bozorining 
holatini baholash va rivojlantirishga doir anketa so’rovnomasini 
o’tkazdik.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda 
ta'lim sohasi ham alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ayniqsa, butun dunyoda va 


28 
jamiyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligi yaxshilanishiga va 
jamiyatning yangilanishi hamda takomillashishiga qaratilgan hukumatimiz 
tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning mazmun va 
mohiyatini ochib berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham roli katta. 
Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq va muammoli ma'ruzalar 
ya’ni yangi ped-texnalogiyalardan, metodlardan foydalanildi, dolzarb masalalar 
keng o‘rganildi, bilimlarda test usulidan foydalanish va reyting nazoratini amalga 
oshirish kabi yangi texnologiyalar qo‘llanildi. 
Hozirgi paytda ko‘rgazmali qurollardan tashqari o‘quv-texnik vositalar, internet 
tizimi hayotimizga kirib kelmoqda. Ayniqsa, bunday texnik vositalardan 
iqtisodiyot fanlarini o’rganishda ularni talabalarga yangi metodlar orqali o’tishda 
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish