Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va
odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o`ziga xos jihatlari.
Ma’naviy yetuk insonni tarbiyalash uchun qaysi manbalarga
tayani kerakligi avval boshidanoq aniq ko‘rsatib va qayta-qayta
ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk
ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan
meros milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun
109
kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan
astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana – ulug‘ bobolarimiz,
dunyoga dong ta-ratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas
mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini
mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va
ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz
sarchashmalariga butun xalqimiz va birinchi navbatda, yosh avlod
e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani
ko‘zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili
O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin
bayon etgan bo‘lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va
murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar
bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin
o‘tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib,
bu sohada yangicha vazifalar olg‘a surilgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy
boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida
misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga
og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z
qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har
bir
kishining
vijdon
erkinligini,
e’tiqodining
erkinligini
ta’minlashimiz kerak”
1
.
Yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz va boy tariximizga bo‘lgan
mexr – muhabbatni ularning qalbiga singdirish va buyuk
allomalarimiz nasihatlariga amal qilgan holda ta’lim tarbiya
berishimiz kerak. Chunki buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida sog‘lom
turmush tarzi haqida, komillikka erishish yo‘llari haqida juda ko‘p
fikrlarni bayon etganlar. Masalan, buyuk alloma, butun dunyoga
mashhur bo‘lgan tibbiyot olamining eng buyuk namoyondalaridan biri
Abu Ali Ibn Sino o‘zining falsafiy asarlarida yaxshilik va
yomonlik, adolat va adolatsizlik, saxiylik va baxillik, sevgi va nafrat,
poklik va nopoklik, kamtarlik va takabburlik, singari odob – axloqqa
taallukli masalalarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Allomaning
“Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish
1
Кarimov.I.А. Istiqlol va ma`naviyat. Т.-«O`zbekiston»- 1994, 65-66 –b.
110
haqida”, “Tib qonunlari”, “Solomon va Ibsol”, “Xikmat buloqlari”
asarlarida kishilar amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaxshi va
yomon xulqlarning mazmun - mohiyati va ularning paydo bo‘lish
sabablari haqida keng ma’lumot berilgan.
“Dunyoda mavjud jami borliq, - deb yozgan edi Ibn Sino
“Risolai ishq” asarida, - o‘z tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi.
Kamolot sari intilish esa o‘z mohiyat – etiborla yaxshilikdir.”
Ibn Sino (980-1037) ning odob – axloq va insonparvarlik
haqidagi ta’limoti katta ilmiy – amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Bu ta’limot, inson olami rivojlanishining toji bo‘lib, u “buyuk sharaf
va
hurmatga
loyiqdir”, degan fikrga asoslanadi. Uning
tushuntirishicha, inson olamdagi mavjudodlar ichida eng buyuk zotdir,
farishtalardan ham sofrok va pokroqdir. SHuning uchun ham alloma
har bir kimsadan inson nomiga loyiq bo‘lishni talab qiladi.
Tariximizda barkamol insonni tarbiyalashda betakror asarlari
bilan o‘z hissasini qo‘shgan allomalardan yana biri Abu Nasr
Forobiy(873-950) dir. Forobiyning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi
ta’limoti negizida inson va uning aql – idroki singari masalalar
turganligi etiborga sazovordir. Uningcha inson o‘zining faol aql –
idroki, qobiliyati, istedodi, tafakkuri yordami bilan tabiatni, borliqni
biladi. SHuning natijasida inson ulug‘ baxtga erishadi.
Ma’naviyat va ma’rifat borasida buyuk vatandoshimizning yana
bir xizmati – odamlar va davlatlar, hokimu hukumdorlarning o‘zaro
do‘st inoq hamjihat qon – qarindosh bo‘lib hayot kechirishga, mehr –
oqibat ko‘rsatishga da’vat etganligidir.
“Fozil odamlar shaxri ” kitobida Forobiy inson insonsiz yashay
olmaydi, faoliyat ko‘rsata olmaydi, yaxshi kunlarda ham, yomon
kunlarda ham odam odamga g‘animat degan ulkan falsafiy va
umumbashariy g‘oyani ilgari surgan.
Forobiy “Baxt – saodatga erishuv haqida” risolasida har bir
insonning tug‘ma tabiatida va unga lozim bo‘lgan har qanday harakat
jarayonida boshqa bir inson yoki ko‘pchilik bilan munosabatda
bo‘lish, o‘zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odam jinsidan bo‘lgan har
qanday insonning ahvoli shu, u har qanday kamolotga erishuvda
boshqalarning ko‘maklashuviga muxtojdir degan.
Forobiy o‘zining ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limotida ilm
asoslarini o‘rganish, o‘zlashtirib olish masalasiga jiddiy e’tibor
111
berganligi bejiz emas. CHunki, bilim ma’naviy, axloqiy, aqliy
kamolotning tarkibiy qismlaridan biridir.
Forobiy hayotning oliy maqsadi baxt – saodatga erishuvdan
iborat. Kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb – hunar va ilmlarni
o‘zlashtirish – ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi.
Farobiyning ta’lim tarbiya yo‘llari, usullari haqidagi qarashlari
ham qimmatlidir. U “insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va
tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish
bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan amalga
oshiriladi. Xar ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo‘ladi” deydi.
Forobiy yaratgan ta’limotlar tizimida ta’lim – tarbiya uning mazmun
mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilish yo‘llari
insonning ma’naviy – axloqiy kamolotini amalga oshirishdagi
ahamiyati kabi umumbashariy masalalar katta o‘rin tutadi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayxon Beruniy (973-
1048)asarlarida ham yosh avlodning baxt – saodati, istiqboli, ta’lim –
tarbiyasi, odob – axloqi, burchi ma’suliyati bosh muammo
hisoblanadi.
Abu Rayxon Beruniyning yoshligidanoq ilm – fanga qiziqishi
katta bo‘lgan. Yoshi 80 dan oshganda yozgan “Saydana” asarida
Beruniy yoshligini eslab shunday deydi: “Men bolalik chog‘imdayoq
o‘z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko‘prok bilim
olishga chanqoq edim. Biz turadigan joyga bir yunon ko‘chib keldi.
Men har xil donlar, urug‘lar, mavalar va hokazolarni olib borib unga
ko‘rsatar va bu narsalar uning tilida qanday atalishini so‘rab olib,
yozib qo‘yar edim.”
Beruniy daxosiga mansub 160dan ortiq nodir asarning atagi
30tasi bizgacha etib kelgan xolos. Lekin bizga meros qolgan
“Kadimgi
xalqlardan
qolgan
yodgorliklar”,
“Xindiston”,
“Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Konuni Ma’sudiy”, “Saydana” nomli
kitoblarning o‘zi ham allomamizning naqadar buyukligini asoslab
turadi.
Alisher
Navoiyning
ma’naviyat va ma’rifat haqidagi
ta’limotining umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
jihatlaridan biri farzandlar tomonidan ota-onalarni hurmat qilishlari
hakidagi o‘gitlaridir. U ota-ona xizmatini bajo keltirish, ulardan birini
ikkinchisidan ortiq-kam bilmaslik farzandlar uchun saodat keltirishini
alohida ta’kidlaydi, shunday e’tirof etadi: “Tarbiyaning yana biri ota-
112
onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiydir. Bu
ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham,kam
deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun
jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoing obod bo‘lishini
istasang,shu ikki odamning roziligini ol!...Birisin oy deb bil
ikkinchisini quyosh”.
1
Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Yusuf Xos Xojibning
“Qutadg‘u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Xibbat-ul-xaqoyiq”,
Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, kabi asarlarida
kishilarni, ayniqsa voyaga etib kelayotgan barkamol avlodni
tarbiyalashda da’vat etadigan pandu nasixatlar, o‘gitlar yoritilgan.
Ajdodlarimiz merosi yosh avlodlarimizga ham ma’naviy, ham
ma’rifiy, ham tarbiyaviy tasir ko‘rsatadi. SHuning uchun yosh
avlodlarga ajdodlarimiz qilgan ishlarini ko‘prok misol keltirishimiz
kerak. Tarixsiz kelajak yo‘q deganlaridek, barkamol avlodni voyaga
etkazish uchun tarixga nazar solishimiz kerak. Darhaqiqat, shuni
takidlash joizki barkamol avlodni tarbiyalashda ajdodlarimiz merosi
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |