Tayanch tushuncha va iboralar:
axborot resurslari, ommaviy
axborot
vositalari,
mediakompaniya,
internet,axborot
–
kommunikatsiya texnologiyalar,
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Ommaviy axborot vositalari deganda nimani tushunasiz?
2.Mamlakatimiz qonunchi ligidagi ommaviy axborot vositalari
faoliyati bilan bog‘liq qanday qonunlarni bilasiz?
95
3.Ommaviy kommunikatsiyalarning ahamiyati nimada?
4.Qanday texnologiyalar mediata’lim texnologiyalari deb ataladi va
bugungi kunda ularning qanday ahamiyati bor?
5.Mediakompaniyalar haqida nima bilasiz?
6.Internet qanday tizim va u qachon paydo bo‘lgan?
7.“Ommaviy madaniyat” nima va u qanday salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin?
10-MAVZU: MILLIY G`OYA VA MA`NAVIYATGA OID
FANLARNI O`QITISHDA XALQ OG`ZAKI IJODI
NAMUNALARI, TARIXIY BITIKLAR, ALLOMALAR
MEROSI, BADIIY ADABIYOTLARDAN
FOYDALANISH.
Reja:
1. Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlarni o`qitishda xalq og`zaki
ijodi namunalaridan foydalanish.
2. Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlarning tegishli mavzularinin
o`qitishda tarixiy bitiklarga tayanish zarurati.
3. Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va
odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o`ziga xos jihatlari.
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlarni o`qitishda xalq og`zaki
ijodi namunalaridan foydalanish.
O‘zbek
xalqining
madaniy
merosini
o‘rganishda va
rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga
olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko‘rilishi
maqsadga muvofiq. Xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy
tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalaming
pedagogik qarashlari, Sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga
joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlaming yuzaga
kelishiga sabab bo‘lgan. Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlarini, ulkan
va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash,
milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. 0‘zbek xalqi
ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan
boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa'di Sheroziy, Ahmad Yassaviy,
96
Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Abdurahman Jomiy, Alisher
Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlaming asarlari orqali o‘quvchilar
go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat,
sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng
tasawurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng
yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya'ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi
munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik,
diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda
yoshlikdan ana shu go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat
berganlar.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar
oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatning
vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan.
Dastlabki, tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishdan ancha
takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik,
qabilachilik davrlariga kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda
erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy
qadimiy madaniyatiga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan
avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona,
Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va
elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan
sak-massagetlar, so‘g‘dlar xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va
parkanaliklar kabi qabila va urug‘lar bilan birlashib ketgan va hozirgi
Markaziy Osiyo hududidagi halqlarning ajdodlari paydo bo‘lgan.
38
Bu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar
tarkib top borgan. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari,
orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda ulardagi afsonaviy obrozlar
qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish - animizmni,
ajdodlar ruhiga sig‘inish – totemizm, sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar
va marosimlar aks etgan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi
ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar,
afsonalar, massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar yashagan
davrlarga borib taqaladi.
Markaziy Osiyo xalqlarining xususan o‘zbeklarning madaniyati,
tarixiy ildizlari, ijtimoiy, falsafiy, axloqiy diniy, badiiy qarashlari
38
Хошимов. К. ва бошқалар. Педагогика тарихи. Т.: «Ўқитувчи», 1996, 6-бет
97
shakllana va rivojlana borishining ilk davrlari qadim-qadim
zamonlarga borib taqaladi. Avlodu - ajdodlarimizning hayoti, urf-
odatlari va an’analari, madaniyati, tili va tarixini badiiy-falsafiy
jihatdan o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan xalk og‘zaki ijodiyoti
nihoyatda boy va xilma-xildir. Miflar – (grek. xudolar, afsonaviy
qahramonlar, dunyoning yaratilishi va er yuzida hayotning paydo
bo‘lishi haqidagi qadimgi xalq rivoyatlar, afsona) afsonalar,
qaxramonlar to‘g‘risidagi dostonlar, to‘y-sayillarda, xalq laparlar, lirik
she’rlar, maqol va matallar, masal va topishmoqlar xalq og‘zaki
ijodiyoti madaniyatning uzoq tarixiga ega bo‘lgan sohalaridir.
Ularning ijodkori – barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratgan
xalq ommasidir.
Markaziy Osiyo bir necha asarlar osha yuzaga kelgan mif va
afsonalar insoniyat ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga, xususan,
qahramonlik haqidagi dostonlar paydo bo‘lishiga zamin bo‘lib xizmat
qildi. «To‘maris», «SHiroq», «Zariard va Odatida», «Zarina va
Striangiya», «Uch og‘a-ini botirlar», «Manas», «Qahramon»,
«Malikai Xusnobod» kabi qissalar, «Alpomish», «Qirqqiz»,
«Go‘ro‘g‘li», «Avazxon», «CHambil qamali», «Oysuluv» singari
dostonlarda ham milliy umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan falsafiy
g‘oyalar ilgari surilgan.
39
O‘zbek xalqining “Devsafid”, “YAlmog‘iz”, “Semurg‘”. “YOril
tosh”, “Guli qax - qax”, “Kenja botir”, “Xurshid bilan Laylo”, “Oltin
beshik”, “Paxlavon Rustam”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Toxir va Zuxra”,
xullas qaysi bir ertagini olib qaramaylik , ularning hammasida
insonparvarlik, mexnatsevarlik, do‘stlik, saxovatlilik, ota – onani
e’zozlash, xunarning qadriga etish singari axloqiy qoidalar ilgari
surilganini guvoxi bo‘lamiz. Xalq og‘zaki ijodiyotining ajoyib
durdonasi, muhim tarkibiy qismi bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li”, “Yodgor”,
“Rustamxon”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Bahrom va Gulandom”,
“Vomiq bilan Uzro”, singari yuzlab dostonlarning har birida shunday
g‘oyalar, fikrlar ilgari surilganki, deyarli hammasida jasorat ko‘rsatish,
ona zamin ozodligi uchun kurash, xalqlar, el – yurtlar ham hamkorligi,
milliy hamjixatlik kabi axamiyatini yo‘qotmaydigan g‘oyalar mavjud.
«Zariard va Odatida» qissasida oila va sevgi masalasi qiz va
yigitning erkin huquqiy, mayl-istagi hamda qahramonlik motivlari
39
Туленов. Ж., Фалсафа. Т.: «Ўқитувчи», 1997, 43-бет.
98
bilan bog‘langan. Qizning qahramonlikni talab qiluvchi shartlarini
bajarish an’analari keyingi davrlardagi xalq og‘zaki ijodida, jumladan
«O‘g‘uznoma», «Alpomish» va boshqa asarlarda ham etakchi
masalalardan biri bo‘lib qoladi.
«Xubbi va Erxubbi afsonasi» - (mifalogik afsona) Xorazm
mifologik afsonasida Xubbi suv xudosi va kishilarni halokatdan
qutqaruvchi qahramon sifatida gavdalanadi.
Juda qadim zamonlarda, Faridun va hatto Jamshid zamonasidan
burun, Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo‘lgan ekan. U bir qo‘li
bilan baliq tutar, ikkichi qo‘li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir
zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq eb, Amudaryoda 700 yil
yashabdi, daryoni qo‘riqlabdi, biror yomon ruh, hattoki chivin ham
daryoga yaqin yo‘llashga botinolmabdi. Xalq suvga ma’mur bo‘lib,
shod-xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib, Xubbi
g‘oyib bo‘libdi. Kishilar uni osmon suvlarining hukmroni bo‘lgan qiz
o‘g‘irlab olgan deb faraz qilibdilar. Xubbi g‘oyib bo‘lgandan keyin
Amudaryoga uning onasi kelibdi. U birinchi bo‘lib qayiq yasabdi,
kishilarni qayiqda suzish va dushmanga qarshi suvda jang qilishga
o‘rgatibdi. Biroq kunlardan bir kuni Xubbining onasi ham g‘oyib
bo‘libdi. Lekin kishilar o‘z homiylarini, Xubbi va uning onasini
unutmabdilar.
Ular
qayiqlarda
Xubbining
onasi
qiyofasini
tasvirlabdilar.
Farg‘ona vodiysida ham Xorazm mifologik qahramoni Xubbi
obraziga o‘xshash Erxubbi obrozi yaratilib, ko‘p afsonalarda hikoya
qilinadi. Qadim vaqtlarda kishilar Ohangaron (Toshkent vodiysi)
daryosidan o‘tganda Erxubbidan madad so‘rar ekanlar.
“To‘maris”, “Shiroq”, “Zarina va Striangiya” afsonalarida
vatanga muhabbat, yurt tinchligi, o‘z xalqining ozodligi uchun
kurashish g‘oyalari ilgari suriladi.
Xalqimiz yaratgan ulkan ma’naviy – axloqiy merosimizga – xalq
og‘zaki ijodi namunalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, maqollar va
matallarda, rivoyat va asotirlarda ota – bobolarimizning naqadar
bag‘ri keng, insonparvar bo‘lganliklarini ko‘ramiz. Xalqimiz tomonidan
yaratilgan hikmatlar, donishmandlar pand – nasixatlari, maqollar va
matallar, ertaklar va dostonlardagi ta’lim – tarbiyaviy mazmundagi
axloqiy g‘oya va qoidalar hozirgi avlod uchun bamisoli dono muallim,
ustoz vazifasini o‘taydi. Ularda takidlanganidek ochiq yuzli, xush
xulqli, odob – axloqli odam farosat soxibi bo‘ladi.
99
Ajdodlar merosidagi har bir axloqiy qoida kishilarga ma’naviy
komillikka va baxt – saodatga erishish haqida saboq beradi.
SHarqning o‘git va hikmatlari, donishnomalari, pandnomalari va
tuzuklari ezgulik qilish inson hayotining mazmuni va mezoni ekanligi
haqida kishilarni yo‘l yo‘riq va qoidalardan ogoh etadi.To‘g‘ri
so‘zlash va to‘g‘ri ishlash, halol, pok mehnat qilish, hammaga
insof,adolat bilan muomala qilish, olimu fozillar bilan suxbatlashish,
kattalarni izzat – hurmat qilish, kichiklarga shafqatli, marxamatli
bo‘lish,chin va samimiy do‘stlik inson ma’naviyatining yuksak
darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Bir donishmanddan: “Nimani esda saqlab qolib, nimani esdan
chiqarish kerak”, - deb so‘rabdilar. U “Agar kishilar senga yaxshilik
qilgan bo‘lsalar ularni unutma, agar sen birovga yaxshilik qilgan
bo‘lsang unut”,- deb javob beribdi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida chuqur ilmiy asoslangan bo‘lsa-
da, ma’naviy qadriyatlarning ikkala guruhiga mansub barcha
qadriyatlarning
poydevori
(insonparvarlik,
bilimdonlik,
mehnatsevarlik, adolatparvarlik, kattalarga hurmat, rostgo‘ylik,
mehmondo‘stlik va boshqalar) o‘z aksini topgan.
Doston
xalq
ma’naviy qadriyatlarining qorishik holda
mujassamlashtirilgan xalq og‘zaki ijodi shakllaridan biri bo‘lib, unda
folklor, musiqa, teatr, she’riyat kabi badiiy-estetik qadriyatlar
butunlashtirilgan. Dostonlarda yuksak insoniy fazilatlar baxshilar
tomonidan badihago‘ylik yuli bilan tinglovchilarga etkaziladi, uning
hissiy ta’sir kuchi orqali sharq xalqlarining chatishib ketgan falsafiy,
diniy, axloqiy qarashlari, urf-odatlari, turmushi badiiy tafakkur
qilinadi. Dostonlarning tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyati yuksak
go‘zallikka, baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsad sari
qat’iy intilishdan, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan iborat.
1998 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini
nishonlash to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. «Alpomish» dostoni
ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi sifatida
jahon xalqlari epik ijodining namunalari ichida alohida o‘rin tutadi.
Uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma’naviy
uyg‘onish, milliy g‘urur va o‘z-o‘zini anglash ramziga aylanganligi,
ushbu doston yaratilganligining 1000 yilligi YUNESKO ning 1999
yidagi tadbirlar rejasiga kiritilganligini inobatga olib hamda folklor
100
merosini avaylab-asrash va avlodlarimizga to‘la etkazish maqsadida
qabul qilingan yuqoridagi qarorda uning ahamiyati alohida ta’kidlab
o‘tiladi.
Oriyat xususida:
Alpomish Barchin uchun qo‘yilgan shart bo‘yicha olisha turib,
Ko‘kaldoshga bas kelishi qiyin kechadi. SHunda Barchinoy deydi:
Yiqolmasang, to‘ram, navbat tilayin,
Erkak libosini o‘zim kiyayin,
Bor kuchimni bilagimga jiyayin,
Bu qalmoqni tilka-pora qilayin. . . .
Bizning momolarimiz ham shunday oriyatli bo‘lishgan.
Alpomish deydi:
O‘zi o‘lmay kishi yorin berarmi?!
Alpomishning nabiralari ham o‘z yorini jonidan aziz biladi.
Xalq og‘zaki ijodining ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib etishdagi
ta’sir kuchi, unda xalqning o‘zligi, milliy xarakter xususiyatlarining
ochib berilishi bilan xarakterlanadi va ularda xalqning g‘oyaviy-
siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik, ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy,
jismoniy madaniyati mazmuni, ma’naviy talab va ehtiyojlari, orzu-
umidlari, ta’lim-tarbiya shakl, usul va vositalari o‘z ifodasini topgan.
Necha ming yillar davomida yaratilib, boyitilib bizning
zamongacha etib kelgan hikmatlar, maqol va masallar, ertaklar
ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaxo yodgorligi, o‘zbek xalqining
ma’naviy mulkidir. Ularning har biri ajdodlarimiz aql – idroki va
tafakkuri, odob – axloki ma’naviyati, bilim boyliklari, hayotiy
tajribalari va saboqlarinig ixcham, qisqa xulosasidir.
Maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy kuzatishlari, turmush
tajribalari asosida vujudga keladi. SHu sababli, xalq maqollari katta
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maqollar mazmun va shakl jihatidan
uzoq davrlar mobaynida kam o‘zgarishlarga uchraydi, ular uzoq
yashovchanlik xususiyatiga egadir.
Xalq maqollarida muxabbat bilan yoritilgan mavzulardan biri
vatanparvarlik hisoblanadi. CHunki insonning insonligi uning
kamoloti va eng yaxshi fazilatlari ham Vatan deb ataluvchi muqaddas
tushuncha bag‘rida shakllanadi. «Bulbul chamanni sevar-odam
Vatanni», «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas»
kabi ko‘plab makollarda Vatan mavzui o‘zining mantiqiy xulosasini
topgan.
101
Xalq maqollarida ilgari surilgan ma’naviyatga oid eng muhim
masalalardan yana biri ilm ma’rifatga bo‘lgan ixlos, ishonch-e’tiqodni
shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Ularda bilimli bo‘lish,
madaniyat, ma’naviyat, kadriyat, ma’rifat asoslarini bilib olish,
ulardan amaliy faoliyatda foydalanish inson uchun muhim hayotiy
zaruriyat ekanligi aytib o‘tilgan.
Xalk og‘zaki ijodiyotining deyarli barcha janrlarida ularning
ijodkori
bo‘lgan
xalqning
mehnatsevarligi,
vatanparvarligi,
bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kerakligi,
ota-onani ardoqlash, o‘tmish ajdodlarimiz merosiga hurmat va
e’zozda bo‘lish zarurligi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning asrlar
davomida shakllangan madaniy merosidan yosh avlodni tarbiyalashda
qanchalik samarali, oqilona foydalansak barkamol avlodni voyaga
etkazishda yuksak natijalarga erisha olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |