Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitishda



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/84
Sana20.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#930777
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitishda 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 


90 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har millat an’anaviy taraqqiyot 
zaminlariga ega bo‘lib, bu o‘rinda albatta zamonaviylikni ham inkor 
etmasligi lozim. An’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasidagi ko‘prik 
vazifasini bajarishi lozim bo‘lgan jamiyat ijtimoiy institutlaridan biri 
ham aynan ommaviy axborot vositalaridir. Ammo ommaviy axborot 
vositalari faqatgina o‘z “mijozlari”ga ega bo‘lish maqsadida 
an’anaviylikka eskilik sarqiti sifatida qarash, yangi zamonaviy 
ko‘rinishga ega bo‘lgan manbalardan ko‘proq foydalanish holatlari, 
afsuski hozirgi kunda uchrab turibdi. Milliy g‘oya ta’limida o‘z 
navbatida, ommaviy axborot vositalari oldiga katta va o‘z o‘rnida 
ma’suliyatli vaziflarni yuklaydi. Faqatgina ko‘rsatishning o‘zi yetarli 
emas, balki, turli tushuntirish ishlarini ommalashtirish, unga 
fuqarolarni jalb qilish orqali tashviqotni yanada kuchaytirish, tutruqsiz 
g‘arb kliplarining o‘rniga milliylik ruhi bilan sug‘orilgan 
ko‘rsatuvlarni namoyish etish, asta-sekinlik bilan hammabop 
teledasturlar tizimini yaratib borish ommaviy axborot vositalarining 
milliy g‘oya targ‘ibotidagi muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Axborot xurujiga qarshi kurashish- davlat tomonidan maxsus 
metod (siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, harbiy va hak.) lar, usullar 
vositasida, ichki va tashqi axborot makonida o‘z manfaatlarini 
himoyalashning 
majmuaviy 
tizimidir. 
Informatsion-psixologik 
xavfsizlikni ta’minlash quyidagi asosiy sohalarda olib borilishi kerak: 

Siyosiy (davlatning ichki va tashqi siyosat) faoliyatida; 

Diplomatik (xalqaro va davlatlararo) munosabatlarda; 

Davlatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida; 

Harbiy (mudofaa tizimining mustahkamlash). 
Davlatlarning milliy manfaatlariga jiddiy xuruj sifatida 
namoyon bo‘layotgan omillardan biri-global axborot xuruji eng yuqori 
darajani tashkil qiladi. Xalqaro axborot makonidan o‘zaro kurashuvchi 
manbalar o‘zaro vaqtincha birikib, muayyan davlatga qarshi axborot 
xurujini tashkil etishadi. Asosiy maqsad, xuruj ta’siri ostiga olingan 
davlatning ichki axborot makonini tanazzulga uchratish, xalqaro 
axborot makonida o‘sha davlatni o‘z pozitsiyasini mahrum qilishdir.
1998 yilda texnika fanlari doktori S.Rastorguev o‘zining “Axborot 
urushi”
1
nomli kitobida S.Nilusning “Sion donishmandlari yig‘ilishi 
protokollari” nomli xujjatni informatsion-texnologik nuqtai nazaridan 
1
С.Расторгуев. Информационная война. 1998 г. C.139-140 


91 
tahlil qilingan. Chunki, mazkur xujjatda axborot urushining barcha 
yo‘nalishlari, omillari aniq va qisqa yo‘nalishda ko‘rsatilgan: 

Boshqaruv tizimi (hokimiyat tarmoqlarini nazorat qilish); 

Aholini fikrini o‘zgartirish vositalari (OAV yordamida); 

Terrorizm (davlatni tahlikaga solib, maqsadga erishish); 

Iqtisodiy xuruj, iqtisodiy boshqaruv vositalari; 

Iqtisodiy dastur (iqtisodiy tanazzulga yoki qaramlikka olish); 

Umumxalq ovoz berishlari va h. (siyosiy jarayonni buzish) 
Mazkur xujjatdagi ma’lumotlar metodik xarakterga ega bo‘lib, 
ular shunday tuzilganki, axborot xurujining mazmun-mohiyatini 
anglay oladigan har qanday shaxs uni faoliyatida ishlatishi mumkin.
Xalqaro axborot makonida hali ham amaliy ustunlik AQSH 
rahbarligidagi yetakchi harbiy mamlakatlari tomonida bo‘lib, ularning 
bugungi kundagi asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog‘liqdir: 

Global informatsion muhitni o‘z qo‘llariga olish, to‘liq nazorat 
hamda gegemonlik o‘rnatish, Hindiston, Xitoy, Rossiya kabi harbiy 
kuch-qudrat va strategik maqomga ega davlatlarni siqib chiqarish; 

Eron, MDH davlatlarini, shimoliy Koreya kabi o‘z tamoyiliga 
ega davlatlarning xalqaro axborot maydonida o‘z o‘rnini topishga yo‘l 
qo‘ymaslikdan iboratdir. 
Mustaqillikka erishgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston 
uchun ham bunday xavflarni bartaraf etish masalasi jiddiy g‘oyaviy 
muammolar doirasiga kiradi. G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar 
murakablashib borayotgan, uning yangi usullari o‘ylab topilayotgan 
hozirgi kunda ushbu tahdid va ta’sirlarga faqat kuchli g‘oya, o‘zlikni 
anglash, sog‘lom g‘oyalardan iborat mafkuragina qarshi tura oladi. 
Shuning uchun ham I.A.Karimov tomonidan yuksak mafkuraviy 
madaniyatni mujassam etgan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, 
jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyili nazariy jihatdan 
asoslab berildi va mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy 
axborot vositalarining faoliyat dasturlarida keng amaliyotga joriy 
qilinmoqda. 
O‘zbekistonda senzuraning man qilinishi bilan ommaviy axborot 
vositalarining erkin faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar shakllandi. 
Mazkur masalaning jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni 
haqida to‘xtalib, davlatimiz rahbari shunday degan edi: “Hozirgi 
kunda kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari asrida, internet 
kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga yanada chuqur va 


92 
keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri 
uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu 
masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo‘lib 
borayotgani haqida gapirib o‘tirishning xojati yo‘q” 
Axborot 
makoni 
globallashuvning 
hozirgi 
bosqichida 
internetning milliy va xalqaro kompaniyalar, davriy matbuot, TV va 
radio bilan munosabatlari yanada kengayib, boyib bormoqda. Demak, 
ommaviy axborot vositalarini faoliyatini yanada liberallashtirish orqali 
milliy g‘oya targ‘ibotining kuchaytirish, uning mazmunini oshirish - 
davr talabi іisoblanadi. 
Mamlakatimizda yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoya 
qilishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan, — deydi 
Oliy 
Majlis 
Qonunchilik 
palatasi 
deputati, 
Axborot 
va 
kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Faxriddin 
Soliyev. — Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid 
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida 
qayd etilganidek, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-
axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlikni, hayosizlikni va 
shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-
harakatlar man etiladi». E’tirof etish o‘rinliki, ayni paytda bu boradagi 
qonunchilik tizimi davr ruhiga mos tarzda takomillashib, yangi qonun 
hujjatlari bilan yanada boyib bormoqda. Zero, axborot makonida 
tahdidlar bor ekan, milliy axborot makoniga chegara qo‘yib 
bo‘lmasligini nazarda tutgan holda yoshlarga sog‘lom axborot 
muhitini yaratib berish, vayronkorlik va buzg‘unchilik mazmunidagi 
axborot oqimini cheklash, yosh avlod ma’naviy olamining 
daxlsizligini asrash dolzarb vazifadir. 
Shuning uchun xalqaro amaliyotda axborot sohasini tartibga 
soluvchi huquqiy hujjatlarni chuqur tahlil etgan holda qo‘mitamiz 
a’zolari tomonidan «Voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘i va ma’naviy-
axloqiy rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotlardan himoyalash 
to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur qonunning 
maqsadi voyaga yetmaganlarni psixologik, jismoniy, ma’naviy va 
axloqiy rivojiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoyalash, ularning 
sog‘lom ulg‘ayishi va komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun 
qulay muhit yaratishdan iboratdir. Unda axborot materiallarini yoshlar 
o‘rtasida tarqatish mumkinligini baholovchi ekspertizani tashkil qilish, 
zararli axborotlar tarqalishiga cheklovlar joriy qilish kabi vazifalar 
belgilanmoqda. 


93 
Tinimsiz axborot oqimi vujudga keltirayotgan muhitda milliy 
qadriyatlar, azaliy an’analar zavol topishining oldini olish maqsadida 
axborot xavfsizligini ta’minlash kerak. Xorij telekanallarida nima 
namoyish etilsa yoki internetda nima targ‘ib qilinsa, barchasini qabul 
qilaverish aslo mumkin emas. Biz ular orasidan imon-e’tiqodimiz, 
an’ana va qadriyatlarimizga mos keladiganlarinigina saralab 
olmog‘imiz lozim. 
Yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi 
sharoitda Јarbdagi «markazlar» bundan foydalanib, boshqa davlatlar 
va xalqlar o‘rtasida Јarb hayotining buzg‘unchi «g‘oyalari»ni, 
jumladan, «ommaviy madaniyat» ta’sirini «erkinlik shabadalari» 
tarzida yoyishga harakat qilayotgani hech kimga sir emas. 
— Tahlillarga ko‘ra ayni paytda global tarmoqda o‘z joniga qasd 
qilishni targ‘ib qiluvchi 9 ming, hayosiz mazmunga ega 4 mingdan 
ziyod saytlar mavjud ekan, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 
deputati Shuhrat Dehqonov. – Hozir dunyodagi 42 foiz bolalar va 
o‘smirlar on-layn pornografiya ta’siriga tushmoqda. Shuningdek, 
kompyuter o‘yinlarining 49 foizi zo‘ravonlik va yovuzlik, 41 foizi esa 
o‘ta jangari ruhda ekani ham uning oqibatida yuzaga keladigan 
ma’naviy zararni yanada yaxshi tasavvur qilish imkonini beradi. 
«Erkinlik shabadalari» mahsulotlari yoshlardan fikr yuritishni 
talab etmaydi, aksincha, go‘yoki ularni hayotiy muammolardan, 
turmush tashvishlaridan xalos etadi. O‘qishga, bilim olishga emas, 
balki bir marta beriladigan hayotda «yayrab qolish»ga chaqiradi. 
Holbuki, buning salbiy natijalari – mehr-oqibatning yo‘qolib 
borayotgani, odob-axloq mezonlariga putur yetayotgani, behayolik va 
zo‘ravonlikning avj olayotgani butun dunyo ahlini tashvishga 
solmoqda. 
Bugungi kunda yurtimizda ham aloqa va telekommunikatsiya 
sohasida 
olib 
borilayotgan 
tizimli 
islohotlar, 
texnologik 
modernizatsiya tufayli o‘ziga xos zamonaviy axborot makoni 
rivojlanib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, sog‘lom dunyoqarash va 
mustaqil tafakkurga ega yoshlarni voyaga yetkazish maqsadida 
ma’naviyat, san’at va ma’rifat maskanlari, kutubxonalar, axborot-
resurs markazlarining tarbiyaviy ahamiyatini yanada yuksaltirish, ular 
faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Ma’lumotlarga ko‘ra bugun mamlakatimizda 1032 ta internet 
kafe, 939 ta internet provayder, 187 ta davlat axborot resursi, 


94 
«Ziyonet» yoshlar axborot portali, 1026 ta axborot-kutubxona 
muassasasi faoliyat yuritmoqda. Albatta, bu boradagi yutuqlarimizni 
xolis baholagan holda, fikrimizcha, sohadagi ayrim masalalarni hal 
etishga ham jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. «Google» kompaniyasi 
tahlillariga ko‘ra bugun O‘zbekiston bo‘yicha xorijda ro‘yxatdan 
o‘tgan internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar 350 ming 
nafarga yaqinni tashkil qilmoqda. Afsuski, «Doira.uz», «Vsetut.uz»,
«Sinfdosh.uz», «Muloqot.uz» kabi milliy domenda ro‘yxatga olingan 
saytlardan foydalanuvchilar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga 
yetmaydi. 
Mutaxassislarning qayd etishicha, axborot makonida globallashuv 
va kuchli raqobat jarayoni kechayotgan ayni paytda mamlakatimizda 
ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha milliy loyihani yaratish 
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh avlodning mafkuraviy 
immuniteti, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada yuksaltirishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ularni 
amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 
fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish 
maqsadga muvofiq. 
Internet tarmog‘ini milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida aks 
ettiruvchi veb-sahifalar bilan boyitish ham bugun oldimizda turgan 
asosiy vazifalardan biridir. Ta’lim muassasalarini internet tarmog‘iga 
ulashda veb-sahifalardan foydalanishni tartibga solish, o‘qituvchilarni 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng 
so‘nggi yutuqlar bilan tanishtirib borish, o‘quvchilarning zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasidagi 
bilimlarini 
oshirishga qaratilgan to‘garaklarni tashkil qilish lozim. Zero, 
davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Bunday tahdidlarga qarshi har 
tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, 
muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya 
bilan javob berish mumkin». 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish