O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Xalqaro kredit-moliya munosabatlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

Xalqaro kredit-moliya munosabatlari
ssuda kapitalining jahon kredit va moliya 
bozorlaridagi harakati bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimini qamrab oladi. 
Xalqaro kredit bozorida davlatlar o’rtasida qaytarish, vaqtli, foiz to’lash shartlari 
bo’yicha pul kapitalining harakati ro’y beradi. Jahon kredit bozori - ssuda 
kapitalining bir qismidir. Ssuda kapitali bozori o’z ichiga birinchidan, jahon pul 
bozorini olsa (1 kundan 1 yilgacha qisqa muddatli depozit-ssuda operatsiyalari, 
shuningdek Yevrovalyutalar bozorini o’z ichiga oladi), ikkinchidan, jahon kapitali 
bozorini (o’rta va uzoq
 
muddatli xorijiy kreditlar va Yevrokreditlar bozorini-1 
yildan 15 yilgacha) o’z ichiga oladi. 
Jahon moliya bozori
- bu ssuda kapitallari bozorining bir qismi bo’lib, unda asosan 
qimmatbaho kog’ozlarning emissiyasi va savdo-sotig’i amalga oshiriladi. Jahon 
ssuda kapitali bozori milliy ssuda kapitali bozorlarining xalqaro operatsiyalari 
asosida paydo bo’ladi, ularning baynalminallashuvi davomida rivojlanadi. Jahon 
ssuda kapitallari bozori oxirgi o’n yillikda tez rivojlandi. Bunga sabab ssuda kapitali 
harakatining uzoq muddatli an’analari, bu harakatni milliy darajada tartibga soluvchi 
davlatlarning huquqiy normalarining liberallashuvi, qimmatli qog’ozlar 
harakatining kengayishi, integratsion jarayonlardir. Jahon ssuda kapitali bozori 
jahon xo’jaligida ssuda kapitali harakatini ta’minlovchi turli kompaniya, bank 
valyuta-kredit munosabatlari birligini qamrab oladi. Jahon xo’jaligi va xalqaro 


iqtisodiy aloqalarning rivojlanishining XX asr oxirigidagi muhim tendentsiyasi 
shundaki, xalqaro kredit-moliya munosabatlari o’sish sur’atlari bo’yicha sanoat 
ishlab chiqarish va xalqaro savdodan ancha oldindadir. 
XX asrning 50-yillari oxiridan boshlab xalqaro kredit-moliya bozorining rivojlanishi 
jahon ssuda kapitali bozorining o’ziga xos tomoni - Yevrobozorning vujudga kelishi 
va kengayishiga sabab bo’ldi. 
Evrobozor - bu Yevrovalyutada kredit zayomlar bo’yicha operatsiyalar amalga 
oshiriladigan bozordir. 
Evrovalyuta - mamlakatning biror bir xorijiy bank hisobiga o’tkazilgan va shu 
banklar tomonidan barcha davlatlarda, shu jumladan, emitent davlatda ham 
operatsiyalar amalga oshirishda foydalanadigan konvertirlanadigan valyutasidir. 
Evrobozorlar - davlat, hukumat bozori degan maqomga ega emas. Ularning paydo 
bo’lishiga korxonalar, investorlar, shuningdek ba’zi bir davlatlarning ehtiyoji sabab 
bo’ladi. Yevrobozorlardagi operatsiyalar ayrim davlatlarni davlat tomonidan 
valyutani tartibga solinuviga va soliq qonunchiligiga bo’ysunmaydi. Jahon 
iqtisodiyotida yevrobozorlar 50-yillar oxirida yuzaga kelgan bo’lib, buning asosiy 
sabablari quyidagilardan iboratdir: 
1. Dollarni AQSHdan tashqarida joylashtirish taklifining paydo bo’lishi. 
2. Yevropada dollarga bo’lgan talabning kattaligi. 
3. AQSHdagi tartibga solishning bu davlatda dollar bilan valyuta 
operatsiyalarini o’tkazishning erkin bozordagiga nisbatan mushkullashtirilganligi. 
4. Yevropa banklarining xalqaro operatsiyalarini moliyalashtirish qurolini 
topishga bo’lgan istagi va boshqalar. 
Evrobozorlarning rivojlanishi jahon miqyosida moliyaviy resurslarga talab va 
taklifning erkin nisbatini yaratishga imkon berdi. Yevrobozorlar korxonalarga 
moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyojlarini ichki kapital bozoriga murojaat kilmasdan
qondirish imkoniyatini beradi. Ular moliyaviy resurslarni ratsional joylashtirish 
imkoniyatini beradi. 
SHunday qilib, yevrobozorlar o’z faoliyatlarini diversifikatsiya qilib jahon miqyosi 
o’lchamlarini oladi. Ular kapital joylashtirish va kreditlash bo’yicha operatsiyalarni 
barcha xalqaro operatorlarga taklif qiladi. Yevrobozorlar barcha yirik xalqaro 
banklarni, jahon moliyaviy markazlarni va barcha konvertirlanadigan valyutalarni 
mobilizatsiya qiladi. Yevrobozorlarning rivojlanishi yangi moliyaviy markazlarni 
(Singapur, Gongkong, quvayt, Kayman orollari va boshqalar) paydo bo’lishiga olib 
keldi. 1981 yilning dekabrida Nьyu-Yorkda xalqaro bank xizmatlari bo’yicha erkin 
zona paydo bo’lgan bo’lsa, 80-yillarning oxiriga kelib yangi jahon moliya 
markazlarida butun dunyo xalqaro valyuta-moliya operatsiyalarining uchdan bir 
qismi to’plangan edi. SHunday qilib, Yevrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro 
moliyaviy bozorlarni baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun 
tovarlar bozorini rivojlanishi va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimoti 
kabi ahamiyatga ega bo’ldi.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish