O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

6-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni 
 
1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va ko’rinishlari 
2. Erkin iqtisodiy hududlarni yaratishda jahon tajribalari 
3. Xitoy EIH modeli xususiyatlari
4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud 
istiqbollar tahlili 
 
§ 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va ko’rinishlari 
Erkin iqtisodiy hudud xo’jalik yuritishning yangi shakillaridan biri bo’lib, xalqaro 
maydonda 1950 – yillarning oxiri va 60 – yillarning boshlarida paydo bo’lgan. 1970 
- yillarning o’rtalariga kelib esa jaxon maydonida keng ommalasha boshladi. 
Bunday hududlar dastlab sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar 
xisoblangan – AQSH, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada keyinchalik esa 
Polsha, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda tashkil etildi. Jaxon tajribasidan 
ma’lumki erkin iqtisodiy hududlar dastavval daryo va dengiz portlarida, xalqaro 
aeraportlarda, temir va avtomobil yo’llariga yaqin joylarda, sayyoxlik va alohida 
olingan sanoat markazlarida tashkil etilgan. CHunki tovar moddiy boyliklarni chet 
el bozorlariga olib chiqishda va chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishda 
erkin iqtisodiy hududlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning farovonligi, 
xayotning ko’rkamlashib borishi, ko’p jixatdan shu mamlakat erkin iqtisodiy 
hududlarining tashkil etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liqdir. 
CHunki bunday xolatlarni iqtisodiyoti rivojlangan va erkin iqtisodiy hududlar 
tashkil etgan mamalakatlar faoliyatida ko’plab kuzatish mumkin. Nega–ki qaysi 
mamlakatda chet el investorlari va tadbirkorlar faoliyati uchun keng imtiyozlar 
yaratilsa, ularning o’zlarini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilsa va 
imkoniyatlar yaratilsa – investitsiya miqdori ham, tadbirkorlikning ishchanlik 
qobilyati ham o’sha yerda yuqori bo’ladi.
Erkin iqtisodiy hudud xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto 
konvetsiyasida berilgan. Unga ko’ra erkin iqtisodiy hudud deb – mamlakatning bir 
qismini ya’ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib 
kirish mumkin bo’lgan hududga aytiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
5 – sessiyasida qabul qilingan “erkin iqtisodiy hudud to’g’risida”gi qonunning 1 – 
moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - “Erkin iqtisodiy hududlar deb – 
mintaqani jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, 
istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida 
tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida xuquqiy tartiboti 
bo’lgan maxsus ajratilgan hududga aytiladi”. 
Umuman olganda erkin iqtisodiy hududlarning 30 ga yaqin turi bo’ladi. Ulardan 
keng tarqalganlari: erkin savdo hududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin 
ilmiy – texnik hududlardir. Bularning xar biri erkin iqtisodiy hudud toifasiga kirgani 
bilan o’z funktsiyasiga ko’ra bir biridan farq qiladi.
1
Erkin iqtisodiy hududlari – konsignatsiya (ya’ni tovarlarni sotish uchun berish) 
1
Колесов В.П., Кулаков М.В. Международная экономика: Учебник. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 474 с. 


omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni 
o’rash – joylash, saralash, saqlash hududlarini o’z ichiga oladi. 
Erkin bojxona hududlari – chet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib 
kelayotgan maxsulotlarni imtiyozli to’lov asosida saqlash, markalar va sortlarga 
ajratish, ishlov berish, agar kerak bo’lib qolgan xolda komplektlashtirish va sotish 
kabi vazifalarni bajaradi. Bunday erkin bojxona hududlari daryo va dengiz 
portlarida, chegaradosh temir yo’l tarmoqlarida va aeraportlarda chet el valyutasida 
daromad olish maqsadida tashkil etiladi. 
Erkin savdo hududlari AQSHda ko’plab tashkil etilgan bo’lib, ular tashqi savdo 
zonalari (Foreign Trade Zones) deb nomlanadi. Bugungi kunda AQSHda 200 ga 
yaqin zona va subzonalar faoliyat qo’rsatmoqda. Bu hududlarning faoliyatini 
nazorat qilish tashqi savdo zonalari Departamentiga yuklatilgan bo’lib, tadqiqotlar 
shuni ko’rsatmoqdaki, Departament tomonidan zona ochilishi uchun ruxsat 
berilgandan so’ng uning faoliyat ko’rsatguniga qadar 6 oydan – 3 yilgacha vaqt 
kerak bo’ladi. 
6.1.1 – Jadval 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish