O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


franchise - 1) ovoz berish huquqi; 2) imtiyoz, engillik)



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

franchise - 1) ovoz berish huquqi; 2) imtiyoz, engillik);
-
boshqaruv shartnomalari;
-
texnik va marketing xizmatlarni ko’rsatish;
-
korxonalarni “kalit ostida” topshirish;
-
vaqt bo’yicha cheklangan qo’shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar 
va alohida operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar va 
boshqalar. 
Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bo’lib, unga ko’ra litsenziar litsenziantga bir 


qancha muddatga ma’lum to’lov evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish 
transmilliy korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo’yicha ham, texnologiya 
berishning tashqi kanallari bo’yicha ham amalga oshiriladi. 
Franchayzing – uzoq muddatga mo’ljallangan litsenzion kelishuvdir. Bunda 
franchayzer klient-firmaga ma’lum huquqlar beradi. Bu huquqlar o’z ichiga ma’lum 
to’lov evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek texnik 
yordam ko’rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va boshqarish bo’yicha 
xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. 
80-yillardan so’ng jahon iqtisodiyotida oxiridan boshqaruv va marketing 
xizmatlarini ko’rsatish kabi transmilliy korporatsiyalar ekspansiyasini shakli keng 
tarqaldi. Boshqaruv xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnomaga ko’ra, korxonani 
operativ nazorat qilish ma’lum to’lovlar evaziga boshqa korxonaga beriladi. Texnik 
xizmat ko’rsatish haqidagi shartnomaga ko’ra transmilliy korporatsiyalar ushbu 
firma faoliyatining qandaydir maxsus tomoniga bog’liq bo’lgan texnik xizmatlarni 
amalga oshiradilar. Ko’pincha bunday shartnomalar mashina va uskunalarni remont 
qilish, “nou-xau” dan foydalanish bo’yicha maslaxatlar, avariyalarni tugatish va 
sifatni nazorat qilish bilan bog’liq bo’ladi. 
Jahon iqtisodiyotida zavodlarni “kalit ostida” topshirish haqidagi shartnomalar keng 
tarqaldi. Bunda transmilliy korporatsiyalar ma’lum ob’ektni rejalashtirib ko’rish 
uchun zarur bo’lgan barcha (asosiy ishni) faoliyatni amalga oshirish javobgarligini 
bo’yniga oladilar. 
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlarni egallashning eng muhim 
shakllaridan biri xorijda maxsus investitsion kompaniyalar tashkil qilishdir. Bu 
kompaniyalarning vazifasi TMKning sho’’ba va hamkorlikdagi korxonalarining 
mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag’batlantirish uchun ularni 
investitsiyalashdir. Bunday usuldan hozirgi kunda alkogolsiz ichimliklarni sotish 
bo’yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar “Pepsi-kola” va “Koka-kola” Afrikada 
foydalanishmoqda. 
Ma’lumki, transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim 
ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan 
TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalaring xarakterini 
belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning uzlarining 
xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko’rsatishlarining ulushi 
kattadir. 80-yillarning ikkinchi yarmida bunday firma ichidagi savdoning ulushiga 
AQSH eksportining 14-20% i, Yaponiya eksportining 23-29% i va GFR 
eksportining 24-28% i to’g’ri kelgan edi. TMK jahondagi xususiy ishlab chiqarish 
kapitalining 1/3 qismi ustidan, xorijdagi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning esa 
90% ini nazorat qiladilar. 
Transmilliy korporatsiyalarning sohaviy struturasi ham turli tumandir. Xalqaro 
korporatsiyalarning 60% i ishlab chiqarish sohasida, 37% i xizmat ko’rsatish 
sohasida 3% i qazib chiqarish va qishloq xo’jaligi sohasida banddir. Amerikaning 
“Forchun” jurnali ma’lumotlariga qaraganda jahonning eng yirik 500 dan ortiq
korporatsiyasi ichida 4ta majmua - elektronika, neftni qayta ishlash, ximiya va 
avtomobilsozlik sanoat tarmoqlar asosiy rol o’ynaydi. Ular jahon iqtisodiyotida 
TMKlarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyatining 80%ti ana shu tarmoqlarga 


to’g’ri keladi. 
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat 
ko’rsatayotgan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini ham aytib o’tish lozim bo’lib, 
ular quyidagilardan iboratdir:

TMK faoliyat ko’rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini 
amalga oshirishga xalaqit berishi; 

davlat qonunlarini buzishi; 

monopol narxlar o’rnatishi, rivojlanayotgan davlatlarning huquqini 
cheklovchi shartlarga majbur etishi va boshqalar.
Xullas, jahon iqtisodiyotida TMKlar xo’jaliklararo aloqalarning rivojiga doimo 
e’tibor berib, o’rganish va yetarli darajada xalqaro nazorat talab qiluvchi murakkab 
va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fenomendir. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish