Mavzu: “ Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni



Download 429,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.04.2023
Hajmi429,5 Kb.
#929871
1   2   3   4   5
Bog'liq
маънавият 1-маъруза матни

Ma’naviyat shaxsning va jamiyatning insoniylashish darajasi, ya’ni har bir narsa 
va hodisalarga baho berishda, ta’sir ko‘rsatishda insoniylik me’yorlaridan kelib 
chiqib yondashishidir.
Ushbu ma’noda ma’naviyat eng avvalo alohida shaxsning, 
butun jamiyatning e’tiqod va qadriyatlarga aylangan g‘oyalari, me’yorlari, 
ideallaridir, ularning madaniy merosda va urf-odatlarda aks etishi hamda ezgu 
niyatlarning, yuksak maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan ijodkor ongning, 
bezovta qalbning kamolotga intiluvchan faoliyatidir.
Ma’naviyat keng ma’noda shaxsning, jamiyatning aqliy va sobit hissiy 
dunyosi, 
ularning 
har 
bir 
avlod 
tomonidan 
o‘zlashtirilishi 
va 
takomillashtirilishidir. Mustaqillik yillari jamiyatimizda yuz bergan o‘zgarishlar 
milliy o‘zligimizni anglashni, milliy g‘ururimizning o‘sishini yangi bosqichga 
ko‘tardi. Eng avvalo xalqimiz o‘z milliy manfaatlarini chuqurroq va kengroq 
tushuna boshladi. Ushbu omillar ma’naviyat masalalarini o‘rganishning, 
barkamol avlodni tarbiyalashning sifatiga yangi yuksak talablar qo‘ymoqda. 
Mustaqil taraqqiyot yo‘lida murakkab iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy 
masalalarni hal qilish bilan bir qatorda strategik taraqqiyot yo‘nalishini tanlash, 
qurilajak 
jamiyatning 
mazmun-mohiyatini, 
milliy 
manfaatlarni, 
asl 
qadriyatlarning soxta qadriyatlardan farqini xalqqa tushuntirish, turli yot, xato, 
ba’zan esa ochiqchasiga reaksion qarashlardan jamiyatni himoya qilishga zarurat 
tug‘ilmoqda. 
G‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh 
avlodni milliy g‘oyada ifodalangan xalqimizning ozod va obod Vatanda erkin va 
farovon yashash orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun «farzandlarimizni ona 
Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga 
sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning qalbi va ongida 


mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»
1
. Tarbiyaviy ishlarni, xususan 
siyosiy, huquqiy, axloqiy va estetik tarbiyani milliy negizlar bilan yanada 
mahkamroq bog‘lash uchun ma’naviyatni alohida o‘rganuvchi predmetlarga, 
ya’ni ma’naviyatshunoslik faniga ehtiyoj tug‘iladi.
Bozor munosabatlari va jamiyat a’zolarining ijtimoiy tabaqalanishi ular 
o‘rtasida o‘zaro begonalashishni, sinfiy adovatni emas, balki ijtimoiy sheriklikni 
vujudga keltirish uchun insonparvarlik, halollik, hamkorlik, insof, adolat 
me’yorlari, qonun ustuvorligi hayotimizning asosiy qadriyatlariga va xulq-
atvorimizning, faoliyatimizning amaliy mo‘ljaliga aylanmog‘i zarur. 
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish, ilmiy-texnika 
taraqqiyoti yutuqlarini turmushga joriy qilish, turmush tarzimizni hozirgi zamon 
tamadduniga moslashtirish xalqimizni milliy qiyofasidan, madaniyatimizni 
o‘ziga xosligidan judo qilmasligi kerak. Yuqorida e’tirof etilgan va boshqa 
ko‘plab muammolar bizdan milliy ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirishni talab 
qiladi. Ma’naviyatning mustaqil taraqqiyotdagi, yangi jamiyat qurishdagi 
ahamiyati shunchalik ulkan va bebahoki, uni alohida ilm, o‘quv predmeti sifatida 
o‘rganish, yosh avlodga o‘qitish hayotiy zarurat kasb etmoqda. Shu bois, tabiiyki, 
O‘zbekiston maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida maxsus 
predmetlar orqali ma’naviyat masalalari o‘rganilmokda.
Yoshlar qarashlarida (nafaqat yoshlar, balki kattalarda ham) o‘zlikni anglash 
bilan bog‘liq masalalarda chalkashliklar, ziddiyatlar yo‘q emas. O‘zlikni anglash, 
avvalo insonning tabiat va jamiyat tizimidagi o‘z o‘rnini bilish, o‘z ayniyatini 
tasavvur qila olishidir. O‘zlikni anglash faqat individual ong hodisasi emas. U 
sotsiumning yuqori darajalariga, umummilliy darajaga ham xos bo‘lishi mumkin, 
o‘zlikni anglash xalqning tarixini bilish, milliy qadriyatlar bilan faxrlanish 
qatorida milliy manfaatlarni, zamonaviy taraqqiyot talablarini to‘g‘ri tushunish 
demakdir. U taraqqiyot talablari yutuqlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishni, ular 
bilan cheklanib qolmaslikni, mavjud kamchiliklarni xolis tahlil etib, bartaraf 
etishni, tarixdan saboq olishni talab qiladi. Bu esa ma’naviyatni milliy g‘oya bilan 
bog‘lashni va uning negizida rivojlantirishni taqozo etadi. Milliy g‘oya, bir 
tomondan, xalq ma’naviyatining muhim tarkibiy unsuri, o‘zagi bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan – uning mezoni va ijtimoiy mo‘ljalidir. Jamiyatdagi turli tabaqalar
guruhlar, siyosiy partiyalar da’volari-yu dasturlarini milliy g‘oyaga qanchalik 
mos kelish-kelmasligi bo‘yicha ijobiy yoki salbiy baholash mumkin. Ularni 
milliy g‘oya asosida murosaga keltirish, xalqni jipslashtirish va umumiy 
maqsadlarga safarbar etish mumkin.
Lekin milliy g‘oyani anglash va aniq ifodalash oson emas. Oddiy xalq 
buning ustida hech qachon bosh kotirib o‘tirmagan, uni aniq ifodalay olmagan. 
Ammo xalq doimo o‘z ma’naviyatiga ega bo‘lgan, chunki aqliy va hissiy 
ehtiyojlarini qondirish uchun ijod bilan shug‘ullangan. O‘zligini, o‘z sha’ni-
shavkatini ma’lum darajada doimo anglagan, shunga yarasha unda milliy g‘urur 
bo‘lgan. Kundalik ong darajasida, maishiy turmushda odamlarning orzu-
1
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008, 119-б 


havaslari hech qachon barham topmagan. O‘zligini, o‘z manfaatlarini anglash, 
milliy g‘urur, hayotiy orzu-havaslar aslida milliy g‘oya o‘rnini bosgan. Ammo 
bunday hollarda xalqning ma’naviy hayoti juda ziddiyatli rivojlanadi. Aniq va 
mujassam ifodalangan milliy g‘oya bilan boyitilgan ma’naviyat jamiyat 
taraqqiyotiga yanada barakali ta’sir ko‘rsatadi, uning xalqqa o‘zligini anglatish, 
milliy ongni, madaniyatni turli adashishlar va tashqi xurujlardan himoya qilish 
imkoniyatlari ortadi.
Ba’zi bir diniy ekstremistik g‘oyalarning ayrim yoshlarga ta’siri e’tiqod 
masalasiga bepisand qarash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh 
avlodda ilmiy-ratsionalistik dunyoqarashni shaqllantirish ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda ustuvor vazifalardan biridir. Bu, bir tomondan, an’anaviy o‘qitilib 
kelinayotgan fanlar — falsafa, etika, estetika, dinshunoslik, sotsiologiya, 
siyosatshunoslik kabi fanlarning didaktik mazmunini takomillashtirishni, 
ikkinchi tomondan – ma’naviyatshunoslik kabi yangi fanlarni haqiqiy barqaror, 
tugallangan o‘quv predmeti darajasiga ko‘tarishni talab qiladi. 
Ma’naviyatni to‘g‘ri rivojlantirish uchun uning mohiyatini, mazmunini, 
namoyon bo‘lish shakllarini, ular o‘rtasidagi aloqalarni, umuman ma’naviy 
rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu esa ushbu masalalarni 
boshqaruv idoralari mutasaddilaridan hamda bo‘lajak mutaxassislardan 
chuqurroq o‘rganishni talab qiladi va gumanitar oliy o‘quv yurtlarida alohida 
o‘rganiladigan «Ma’naviyatshunoslik» faniga ehtiyoj tug‘diradi.


Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish