Mavzu: “ Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni


Taraqqiyotning o‘zbek modelida ma’naviyatning o‘rni



Download 429,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.04.2023
Hajmi429,5 Kb.
#929871
1   2   3   4   5
Bog'liq
маънавият 1-маъруза матни

Taraqqiyotning o‘zbek modelida ma’naviyatning o‘rni.
Ma’naviyat 
va iqtisodiyotga birdek e’tibor O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ustuvor 
tamoyilidir. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning deyarli 
barcha asarlarida ma’naviyat, milliy g‘oya, milliy mafkura masalalari jamiyatni, 
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotni isloh etishning muhim sharti, 
harakatlantiruvchi omili sifatida kun tartibiga qo‘yilgan.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z taraqqiyot modelini belgilab 
oldi. U bugun butun dunyoda tan olinib, “o‘zbek modeli” deb atalmoqda. O‘zbek 
modelida iqtisodiyot va ma’naviyatga baravar ustuvorlik berilgan. Islom 
Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ularni qushning ikki 
qanotiga qiyoslaydi. Shu bois O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirishda 
“nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni 
o‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir 
tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan 
muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”.
3
Ma’naviyatshunoslik, fani bu borada bizga yordam beradi. Uni alohida fan 
sifatida o‘rganish zarurati ilk bor O‘zbekistonda anglanishi va o‘quv dasturlariga 
kiritilishi mamlakatimizning hozirgi zamon ilm-fani va kadrlar tayyorlash tizimi 
rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, deb baholanmog‘i adolatli bo‘lur edi. Bugungi 
kunda ushbu fan bo‘yicha davlat standartlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, 
qo‘llanmalar, darsliklar yaratilmokda. Albatta, yangi o‘quv predmeti dasturi 
birdaniga mukammal shaklda vujudga kelmaydi. Ijtimoiy jarayon, yangi jamiyat 
3
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008, 107-б. 


qurish amaliyoti, shak-shubhasiz, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni, mudom 
boyitishni, mumtoz ilm-fan, falsafa, tarix, etnologiya, san’atshunoslik va h.k. 
fanlarning hamda o‘zining keyingi tadqiqot dalillari va xulosalarini hisobga olib 
yangi avlod darsligini yaratishni taqozo qiladi. Bu ta’lim va kadrlar tayyorlash 
tizimida uzluksiz davom etadigan jarayondir.
O‘zbekistonda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida “kuchli davlatdan – 
kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini yuzaga chiqarish imkoniyati ortdi. 
Ushbu tamoyil, birinchidan, davlat boshqaruvi masalalarining katta qismi 
bosqichma – bosqich mahalliy davlat idoralari vakolatiga o‘tkazilishini 
ifodalaydi. 
Ikkinchidan, 
jamiyat 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, 
madaniy 
hayotida,tashqi aloqalarida odamlarning o‘zlari tuzgan nodavlat notijorat 
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijodiy uyushmalar 
faoliyati, mavqei va ishtiroki o‘sishini, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoat 
nazoratini o‘rnatishni bildiradi. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat 
va fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik 
munosabatlari rivojlanadi. Bular amalga oshishi uchun fuqarolar ongi, bilimi, 
ijtimoiy faolligi, ma’naviyati yuksak bo‘lishi, mamlakatda, har bir qishloq va 
shaharda tegishli ma’naviy muhit vujudga kelishi lozim. Mazkur masalalarning 
barchasi ma’naviyatni alohida va teran o‘rganish naqadar dolzarb va zarur 
ekanligini yana bir bor asoslaydi. 
Ma’naviy muhit keng ma’nodagi ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini 
nazarda tutsak, ma’naviyatning iqtisodiyotga, o‘zbek modeli yuzaga chiqishiga, 
O‘zbekistonning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlanishiga
barkamol avlodni, ma’naviy erkin shaxsni tarbiyalashga ko‘rsatadigan ta’sirini 
teranroq anglab olamiz. Bu borada bizga ma’naviyatshunoslik fani har 
tomonlama yordam beradi. Aytilganlarni jamlab, umumiy xulosa chiqarsak, 
O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan yuksak rivojlangan 
demokratik jamiyat yaratish va komil insonni, barkamol avlodni voyaga 
yetkazishning barcha yo‘nalishlari va aniq vazifalari ma’naviyatni yuksaltirish 
bilan, binobarin, ma’naviyatshunoslik fanini shakllantirish va rivojlantirish bilan 
ham uzviy bog‘liq.

Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish