106
Fransiya davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Uning eng muhim
vazifasi kaznacheylikni kreditlashdan iborat. Shu bilan birga hukumatning hisobli
operatsiyalarini bajaradi. Banklar ikki yirik bo`lakdan iborat: kredit-moliya
muassasalari va xalq banki kabilardir. “Soste Jeneral”, “Pariba” banklari
Fransiyada eng yirik va Yevropada uchinchi o`ringa ega. 20 ga yaqin savdo
banklari mavjud bo`lib, bular asosan kapital va kapital joylash bozori bilan
bog`langan. Bundan tashqari yirik kompaniyalar banklari faoliyat ko`rsatadi.
Kooperativ banklarning faoliyati ham keng va operasion bo`limlarning 60 foiz va
joriy quyilmlarning 30 foizi shularga to`g`ri keladi.
Bularning ayniqsa agrar
sektordagi faoliyati xajmlidir.
Moliya kapitali bilan sanoat kapitallarining bir-biriga qo`shilib ketishi
natijasida yirik moliyaviy sanoat guruhlari paydo bo`lib, bularning mamlakat
iqtisodiy siyosatining shakllanishida va uni xalqaro aloqalarida ta’siri kattadir.
Fransiya iqtisodiyoti bir necha moliya guruhlari bilan o`ralgan bo`lib, bularni
ichida “Pariba”, “Syue”, “Rotshild va Ampen-Shneyder” guruhlari eng
yyetakchilaridir. Yirik kompaniyalarning manfaatlarini esa fransuz tadbirkorlari
milliy Kengashi (Patronat),
shuningdek tarmoqlar, tarmoqlararo tadbirkorlar
tashkilotlari qo`llab-quvvatlaydilar.
Eng tavsifligi moliyaviy guruhlar bilan konsernlarning Yevropa Ittifoqi
yagona ichki bozori ichidagi aloqalaridir. Fransiyada xatto Parij-Lill-Strasburg uch
burchagi paydo bo`lib, bunda bir qancha Franko-Belgiya, Franko-Gollandiya va
boshqa mamlakatlarning aralash korxonalari yuzaga kelgan. Yagona Yevropa
loyixalari muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan bo`lib,
yeI energottizimli
qo`rilishi, Marsel-Strasburg-Bonn, Lamansh tagida qurilgan temir yo`l toneliga
o`xshaganlar shular jumlasidandir.
Fransiya iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy-tuzumiy o`zgarishlarda
tashqi iqtisodiy aloqalar aloxida o`rin egallaydi. Buning ichida eng ahamiyatlisi
albatta tashqi savdodir. Chunki bu eng yirik o`zgaruvchan va xalqaro
munosabatlarda qatnashuvning eng muhim shaklidir. Keyingi o`n yillilkar ichida
tashqi savdo umumiy iqtisodiy o`sishga nisbatan
tezroq kengayib bormoqda va
milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga qaramlik darajasi ko`tarilmoqda.
Fransiya iqtisodiyoti tashqi aloqalar uchun doimo ochiq hisoblanadi. Agar
aholi jon boshiga hisoblasak, Fransiyada yiliga 8700 dollarga to`g`ri keladi. Buni
taqqoslamoqchi bo`lsak, AQSHda – 4800, Germaniyada – 11000, Buyuk
Britaniyada – 7200 dollarga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, bu ko`rsatkich
bo`yicha Fransiya Germaniyadan keyingi ikkinchi o`rinni egallaydi. Tovarlar va
xizmatlar importi YAIMga nisbatan 23,5 foiz, eksport esa 23 foizga teng keladi. 90
– yillarga kelib import eksportga nisbatan ortib ketdi. Bu esa taqchillik balansini
yuzaga keltirdi. Natijada Fransiya iqtisodiyotidagi muammoga aylandi.
Fransiya iqtisodiyotining oqiqligi yyetakchi tarmoqlarda eksportning
ko`payishida o`z aksini topadi. Fransiya jahon eksportida quyidagi sanoat tovarlari
bo`yicha sezilarli hisoblanadi: elektrotexnika jixozlari (9 foiz), rangli metal va
organik kimyo mahsulotlari (9 foiz), nozik kimyo va qora metallurgiya (10 foiz),
formasevtika tovarlari (12 foiz), kauchuk va plasmassa buyumlari (13 foiz), oynak
107
(14 foiz) kabilardir. Lekin keyingi yillarda tovarlar sifati va xavfsizligi darajasi, o`z
vaqtida ta’minlash, sotuvdan keyingi
xizmatlarni uyushtirish, eksport
egiluvchanligi, reklama xarajatlari kabilar bo`yicha eng yyetakchi AQSH,
Germaniya, Yaponiya, Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlaridan orqada
qolaboshladi. Raqobatbardoshligi past tovarlar ko`payaboshladi. Shuning uchun
ham davlat tartiblashtirish mexanizmlarida o`zgarishlar
yuz berib, bu avvalo
eksportga qaratila boshladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha Fransiyaning eng muhim sheriklari yerik
mamlakatlaridir. Mamlakat tovar aylanishining 60 foizi shularga to`g`ri keladi.
Shuningdek eksport ham – 60 foiz, qishloq xo`jalik mahsulotlari bo`yicha esa 78
foizgachadir. Avtomobilsozlik bo`yicha bu ko`rsatkich 70 foizga teng. Bunda
qo`shni Germaniya asos bo`lib, eksport bo`yicha 16 foiz va import bo`yicha 20
foizga to`g`ri keladi. Ikkinchi o`rinda Italiya turadi va bunga 12 foizga to`g`ri
keladi. Buyuk Britaniya ham aloxida o`rin egallab, unga atom elektr
stansiyalaridan elektr quvvati eksport qilish ortib bormoqda. Investitsiyada ham bu
mamlakatlar asos bo`lib, bularga Fransiya kapital chiqarilishini 70 foizi to`g`ri
keladi.
Keyingi muhim sherik AQSH bo`lib, buning hissasi 6,1 foizdan iborat.
Asosan AQSHga metallurgiya mahsulotlari va yuqori sifatli vino, pishloq kabi
tovarlar eksport qilinadi.
AQSHdan asosan energetik, kimyo ishlab chiqarishi,
kompyuterlar, aviadetallar va shaxsiy iste’mol tovarlari import qilinadi. AQSH
bilan aloqa tashqi savdoga nisbatan ancha kengdir. Bunda investorlik ham katta
o`rin egallaydi va asosan AQSHning metallurgiya, kimyo, ko`mir va neft
sanoatlariga qaratiladi.
Fransiya yirik kapital importeri hisoblanadi. Bu sohada Fransiya hukumati
erkinlashtirish siyosatini qo`llab, milliy iqtisodiyotda
modernizatsiyani keng
qo`llash, ilm sig`imli, ilg`or texnikani qo`llash, eksportni kengaytirish, yangi ish
joylarini tashkil qilish, sanoati qoloq hududlarda uni rivojlantirishni tezlashtirish
kabilarga chet kapitalini jalb qilishga harakatni kuchaytirmoqda. Hozirga kelib
Fransiyada ilg`or tarmoqlar korxonalarining yarmidan ko`pi
chet kapital
nazoratidadir. Umuman hozir jami tovar aylanishining 1/4 qismi va eksportining
1/3 qismi chet firmalari hisasiga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: