Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar
Sherman Qonunining 1 moddasida shunday deyiladi:
Trest shaklidagi har xil bitim (kontrakt) yoki birlashish, yoki bir nechta
shtatlar, yoki millatlar o`rtasidagi savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida
boshqa turdagi kelishib olishlar qonuniy emas deb hisoblanadi
Shu bilan AQSHning raqobatga qarshi kelishib qilinadigan harakatlarini
man qiladigan qonunchilik normasi tugaydi. Modda esa barcha kerakli
elementlarga ega:
1) Har xil shakldagi harakatlar kelishilgan hisoblanadi (shartnoma, trest
ko`rinishida yoki boshqacha birlashish, kelishish, jumladan yashirincha va h.k.).
2) Kelishilgan harakatlar raqobatni cheklaydi.
Ushbu modda ta’siriga tushgan harakatlar ro`yxati Sherman Qonuni amalda
bo`lgan vaqt davomida o`zgarib kelgan va Umumiy huquq (sud pretsendenti)
asosida shakllantirilgan. AQSHning huquqni qo`llash amaliyoti Hozirgi kunda
raqobatga qarshi kelishilgan harakatlarni gorizontal va vertikal harakatlarga,
shuningdek noqonuniy per se harakatlar to`g`ri yondashish qoidasi asosida
ko`riladi. (yuqoriga qarang, 6-8 betlar).
74
Rer se noqonuniy kelishilgan harakatlarga asosan narxlarni belgilash,
bozorlarni taqsimlash va bo`lib olish, vertikal kelishuvlarda narxlarni bog`liqligi,
ya’ni bitta shaxs bozorga salbiy ta’sir ko`rsatadigan hukmronlikka ega bo`lishini
keltirib chiqaradigan gorizontal kartel kelishuvlar kiradi. To`g`ri yondashish
qoidasiga binoan ko`rib chiqiladigan kelishilgan harakatlar ro`yxati (qachon
raqobatga qarshi harakatlar samarasi ijobiy samara ehtimoliga qarama-qarshi
tortiladi) birmuncha kengdir.
AQSHda iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlantirish orqali raqobat huquqini
rivojlantirish
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari
Umumiy Huquqni qo`llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko`rsatadigan samarasi
va asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o`rtasidagi barcha kelishuvlarni
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo`lgan, va
monopollashish yoki tovarlarni olib qo`yishda namoyon bo`ladigan trestlarni man
qilishga uringanlar.
19 asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvollar,
shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va ushbu trestlarni neft,
po`lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz faoliyati kichik ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilarni yirik tijorat manfaatlariga nisbatan noroziligiga
sabab bo`lgan. Ushbu ommaviy g`ulg`ula 1888 yildagi prezident saylovi
bo`sag`asida ham Respublikachi ham Demokratik partiyalar platformalarida
trestlarga qarshi qonunchilikni qo`llab-quvvatlanishiga sabab bo`ldi.
1890 yilda AQSH Kongressi Sherman (qonunni ko`rib chiqish uchun
kiritgan kongressmenning nomidan olingan) Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun
“bir nechta shtatlar, yoki xorijiy millatlar o`rtasida har xil kelishish (kontrak), trest
shaklida birlashish yoki o`rtasida savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida
kelishib olishlar”ni taqiqlaydi. Sherman qonuni uni buzganlik uchun jinoiy
javobgarlikni va zarar ko`rgan shaxslarga uch barobar miqdorda kompensasiya
to`lashni taxmin qilgan.
Sherman qonunini qabul qilgan Amerika qonunshunoslari iste’molchilarni
manfaatlariga qaraganda ko`proq raqobatchilarni manfaatlarini ko`zlaganlar.
Kichik korxonalarga salbiy ta’sir ko`rsatadigan bitimlarni keng ko`lamda qabul
qilinishini man qilish maqsadida, Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma
sifatida emas, balki konstitutsiya moddasi sifatida o`qiladigan qonunni qabul qildi.
Sherman qonunini keng talqin qilish imkoniyati sudlarga tobora o`zgarib
borayotgan siyosiy va iqtisodiy nazariyaga javob sifatida qo`llash va shu bilan
Kongressni dastlabki maqsadiga kam e’tibor ajratish imkonini yaratdi.
XX asrning dastlabki dekadalarida sudlar Sherman qonunini mayda
raqobatchilarni yirik xamkorlar tomonidan insofsiz raqobatlashuvidan implitsit
himoyalovchi (yaqqol emas) sifatida tushunganlar.
Chuqur Turg`unlik (depsinishlar) sodir bo`lgunga qadar, sudlar iqtisodiy
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko`pchilik mayda firmalar
o`rtasida atomistik raqobatni afzal ko`rganlar. Shu vaqtni o`zida, “to`g`ri
75
yondashish qoidasi” tug`ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi
mumkin bo`lgan xatti-harakatlar qoralangan.
Xuddi shunday, atomistik raqobatga nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy
hukmronlikni xolding kompaniyalari qo`lida jamlanishi maqsadga muvofiq
emasligi to`g`risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton Qonunini qabul qilinishi bilan
Yakunlandi. Ushbu qonun monopolistik faoliyatni, kamsituvchi shartlar,
eksklyuziv dilerlik va boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton Qonunining 3
moddasi).
Eng sezilarli oqibatlar Kleyton Qonunini 7 moddasini qo`llash natijasida
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporatsiyani boshqa korporatsiyaning
aksiyalarini sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o`rtasidagi
raqobatni kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7
moddani ta’rifini endigina paydo bo`lish bosqichida qo`shilib ketishlar raqobatga
ko`rsatishi mumkin bo`lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko`rib
chiqishda raqobatga yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi
to`g`risida sudlarni ta’kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar.
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo
Komissiyasi (FSK) AQSH Hukumatiga bo`ysunmaydigan, mustaqil vakolatli
organni tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK
to`g`risidagi Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini … qonundan
tashqari deb e’lon qilgan. Ushbu modda ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar bir
necha o`n yilliklar mobaynida kengayib borgan. Kongress ataydan ushbu
qonundagi tushunchaga ta’rif keltirmagan, buning sababi FSK ushbu xatti-
harakatlarni ko`rib chiqishida kengroq vakolatlarga ega bo`lishi va ularga nisbatan
tez chora ko`rishi uchun shunday qilingan.
1927 yilda Oliy Sud “per se ” doktrinasini kiritilishi haqida e’lon qildi.
Ushbu qoidaga binoan, sudlar “per se” qoidasiga binoan chora ko`riladigan xatti-
harakatlar toifalarini kengaytirib borganlar, ya’ni mazkur xatti-harakat raqobatga
zarar yetkazadimi yoki yetkazdimi qat’iy nazar ko`rib chiqmasdan hukm
chiqarganlar. Ushbu tendentsiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng
tarqalishi va iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kyechish bilan bog`liqdir.
Ushbu davrda sudlar “per se” ta’siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni
raqobatga ko`rsatadigan ta’sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur
yondashmaganlar.
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun
ma’lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta’siri
“faqat Amerika Qo`shma Shtatlarida sotiladigan, iste’mol qilinadigan yohud qayta
sotiladigan” tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo`lgan bitimlarga tegishli
bo`lgan.
1970 yillar Xarta-Skotta-Rodinoni Trestlarga qarshi O`zgartirishlar
to`g`risida qonunni qo`llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim
tomonlar hajmi va bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim
to`g`risida oldindan ma’lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to`g`risida ma’lum
axborotni ilova qilgan qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki
76
Yustitsiya Departamentini Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga
qarshi O`zgartirishlar to`g`risida qonun shuningdek Kleyton Qonunini 7
moddasiga binoan ko`rib chiqiladigan qo`shilib ketishlar to`g`risidagi bitimlar
bo`yicha da’volar sonini keskin kamaytirgan.
Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risidagi qonun keyinchalik ko`p sonli
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo`shilib ketishlar to`g`risida
oldindan xabardor qilish to`g`risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo`ldi.
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng
tarqalgan davr bo`ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi
qonunchilikni maqsadi iste’molchilarni manfaatlarini ko`zlagan holda
raqobatchilarni emas, balki raqobatni himoya qilish deb ishonganlar. Yangi
iqtisodiy tafakkurni paydo bo`lishi natijasida sudlar raqobat bilan bog`liq masalalar
va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma’lum tartib-qoidalarni qayta ko`rib chiqa
boshlaganlar. Masalan, sudlar “per se” doktrinasi ta’siriga tushadigan xatti-
harakatlar ro`yxatini qisqartira boshladilar va ularni iqtisodiy tahlil qilishni
boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-sotiqdagi insofsizliklar
“per se” noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan.
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo
bo`ldi. Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi
tomonidan taklif qilingan an’anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur
samaradorlikni oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda
avval qo`llanilmagan emperik jihatlarni kiritadi.
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga
qaramasdan, AQSHning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon
miqyosida eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudentsiyani
vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |