68
Bevosita iqtisodiy tushkunlik katta ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirgan.
Chunki ishsizlik ko`pchilikni daromad manbaidan maxrum qilib,
katta hayotiy
qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Ommaviy noroziliklar kelib chiqqan.
Iqtisodiy aloqalar buzilib, iqtisodiy muvozanat izdan chiqqan. Albatta bu
katta talofatlarni keltirgan. Inqirozni oldini olish va depressiyadan chiqish tub
o`zgarishlarni talab etar va katta matonat, kuch va iroda zarurligini yuzaga ketiradi.
Bundagi muhim narsa milliy birlikni ta’minlash, inqirozdan chiqish yo`llarini
belgilash va bor imkoniyatlarni tiklanish uchun qaratish zaruriyati talab etilib,
Amerika davlati va hukumati bu og`ir va taqdiriy masalalarda
yyetakchi rolini
bajarishi zaruryaiti tug`ilgan edi.
Katta iqtisodiy islohotlar o`tkazilib, buning negizida o`sha vaqtdagi AQSH
Prezidenti Franklin Ruzvelt islohoti bo`lib, bu “yangi kurs” deb nomlangan. Bunda
“biznes hukumatdan yuqori bo`lishi mumkin emas” degan tamoyil asos bo`lgan.
Bu islohotda iqtisodiyotning asosiy tomonlariga tub o`zgarishlar kiritilib, yangi
yo`nalishlar belgilangan. Iqtisodiy islohotlarda 400 mingdan ortiq dasturlar tuzilib,
amalga oshirilgan. Bularning ichida yangi aerodromlar, temir yo`l
va avtomobil
yo`llari, shosselar, maktablar va boshqa bir qancha infratuzilmalar qurilishi ko`zda
tutilgan. Bularni amalga oshirishda mehnat bilan yordam berib, safarbarlik usullari
qo`llanilgan. Albatta bu davlat tomonidan to`lanib turilgan. Buning uchun maxsus
mehnat lagerlari tuzilib, bunga asosan ishsizlar jalb etilgan.
Energetika sohasida katta ishlar olib borilgan. Energetika Amerika
iqtisodiyotida negizli sohalardan bo`lib, buning bandlikka va mamlakatga XX – asr
30-yillarida iste’mol talabini jonlantirishda, yangi joylarini tashkil etishda
ahamiyati
katta
bo`lgan.
Shuning
uchun
yirik
xajmda
davlat
gidroelektrostansiyalari qurilishi amalga oshirilgan. Bu boshqa iqtisodiy masalalar
bilan birga raqobat muhitini yaratishga ta’sir ko`rsatgan. Federal Komissiya
tuzilgan bo`lib, bu o`z navbatida shtatlar o`rtasida energoresurslarni taqsimlanishi
nazoratini bajargan. Shtatlardagi tuzilgan muayyan komissiyalar
elektroenergiya
baholari, energiyaga esa neft mahsulotlari, tabiiy gaz va shunga o`xshashlarni ham
baholashni nazorat etish vakolatiga ega bo`lgan.
Bu orqali umuman eng muhim iqtisodiy sohalardan hisoblangan
energetikadagi amalga oshirilgan asoslar iqtisodiyotning barcha tomonlarini
jonlantirish va rivojlantirishga katta ta’sir ko`rsatgan va qudratli energetika negizi
barpo etilib, bu mamlakat salohiyatida kuchli asosga aylangan.
Iqtisodiy islohotda moliyaviy o`zgarishlar ta’sirli bo`lgan, chunki u
iqtisodiyotning qon tomirlari sifatida ahamiyatlidir. Bunda eng muhim va ta’sirlisi
banklar to`g`risidagi tasodifiy qonun bo`lgan. Bu qonun bo`yicha banklar
qimmatbaho qog`ozlarning egalari bo`lishi taqiqlangan
va ular bularning omonat
saqlanishi sifatidagi xizmat bilan chegaralanishi talab etiladi. Shu bilan birga
banklarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi ham taqiqlanib, o`z bevosita
vazifalari bilan chegaralanish tartibi o`rnatiladi. Bunda moliya-kredit faoliyati
bo`yicha qimmatli qog`ozlar komissiyasining ishlari ta’sirli bo`lgan.
Iqtisodiy tuzilmalar bo`yicha qo`lanilgan tadbirlar ham muhim bo`lib, ichki
ishlab chiqarishni jonlantirishga ijobiy ta’sir etgan.
Bunda milliy mahsulotga
69
talabni oshirish bilan uni himoyalash qo`llanilib, importni qisqartirgan xolda milliy
sanoatni rag`batlantirish siyosati olib borilgan. Aytaylik, Amerika mahsulotlarini
sotib olish shiori ostida o`z ishlab chiqarishi uchun bozorni kengaytirish ham
ijobiy rol o`ynagan. Bundan tashqari qishloq xo`jalik mahsulotlarini ortiqcha
ishlab chiqarish bilan kurash olib borish va bunga taalluqli tadbirlar qo`llash
amalga oshirilib, agrar sohani tartiblashtirish choralari qo`llanilgan.
Inqirozdan chiqishga qaratilgan usullardan yana bir muhimi ijtimoiy sohaga
taalluqlidir. Bunda avvalo ishsizlikni oldini olish juda muhimdir.
Chunki ahvolni
og`irlashtiradigan, notinchlikka olib keladigan muhim sabablardan bo`lgan inqiroz
natijasidan iborat ommaviy ishsizlik eng dolzarb muammodir. Aytganimizdek,
1929-1933 yillar inqirozida 1/3 qism ishchilar ishsizlikka duchor bo`lgan edi.
Buning asosida ishsizlik to`g`risidagi qonun katta ahamiyat kasb etib, bundagi
tadbirlar bilan bevosita 4 mln. kishi jalb etilgan. Ko`p sonli dasturlarning
bajarilishi, alohida mehnat lagerlarining tashkil etilishi bu muammoni xal qilishda
juda qo`l kelgan.
Bundan tashqari to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordam ko`rsatish
ham keng
miqyosda qo`llanilib, bunga hukumat ttomonidan 5 mlrd. dollar ajratilgan va
bevosita muxtojlarga, kamxarj shaxslarga, avvalo ishsizlar, o`rtasida taqsimlangan.
Ruzveltning “yangi kurs” siyosati inqirozdan chiqishda va iqtisodiyotni
sog`lomlashtirishdagi barcha tadbirlarni amalga oshirilishida konsolidatsiyaga
erishish, bunda milliy birlikni ta’minlay olish, vatanparvarlik tuyg`usini uyg`ota
olishlik xal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Amerikacha milliy birlik, g`urur bundan
keyin ham Amerika jamiyatining taraqqiyotida ko`p ahamiyatli rol o`ynagan.
Chunki chuqur inqirozdan chiqish, depressiyaning oldini olish ko`p yo`qotishlarni
talab etib,
talofatlardan qutilish, barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirish tufayli
taraqqiyotga yo`l ochishni talab etadi.
Iqtisodiyotni
sog`lomlashtirish,
raqobatdoshlikni
ta’minlash,
ish
o`rinlarining qimmatlashib borishi kabilar va shuningdek ayniqsa xomashyolarga
jahon
narx-navolarining
ko`tarilib
borishi
yangi
resurslarni
saqlovchi
texnologiyani qo`llash, mehnat unumdorligining o`sishini ta’minlovchi texnika va
ish usullarini qo`llagan xolda ishlab chiqarishni yangilab borish ilg`or iqtisodiyotni
yuzaga keltirishda asos bo`lib xizmat qilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini
kuchaytirish va yangi serunum texnika va texnologiyalarga talabni kuchaytirib
bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: