21
birga bularga O‘zbekistonga xos mentalitet o‘xshovliklar bo‘lib, biz uchun amaliy
ahamiyatlidir.
Bozorga o‘tishda sobiq sotsialistik iqtisodli mamlakatlar tajribasi,
ayniqsa
hozirgi SMM mamlakatlar tajribalari diqqatga sazovorki, bizning amaliyotimizda
o‘xshovlik ko‘p uchraydi. Bular ham diqqatga sazovor bo‘lib, tahlil etilgan holda
o‘rganiladi. Markaziy Osiyo davlatlari bizga bevosita qo‘shni holda umumiyliklar
ko‘p va bularni ham e’tiborga olish zarur.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va taraqqiyoti ko‘p jixatdan umumjahon
tashkilotlari faoliyatiga bog‘liqdir. Bular BMT, Jahon valyuta fondi va shu
toifadagi banklar kabilar bo‘lib, bularni o‘rganishlik kerakligini davrning o‘zi
taqozo etadi.
Bundan tashqari iqtisodiy hamkorlikka qaratilgan xalqaro birlashmalar,
kelishuvlarning ham ahamiyati kam emas, ularning faoliyat tajribalarini o‘rganish,
amaliyotimizga taalluqli tomonlarini belgilash foydadan xoli emas. Ayniqsa bunda
O‘zbekiston bevosita aloqador bo‘lgan
tashkilotlar ahamiyatlidir, qaysiki
sarmoyalar va tashqi savdo bilan bog‘langan jahon, qit’alar banklari, xalqaro savdo
tashkiloti kabilardir.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganishda davlat iqtisodiy
faoliyatiga ahamiyat beriladi. Chunki bozor usuli iqtisodiyot taraqqiyotini
to‘liyg‘icha ta’minlay olmaydi va buning uchun qo‘shimcha mexanizmlar talab
etiladi. Boshqacha qilib aytganda, bozor umumiy
iqtisodiy taraqqiyot uchun
yordamga muxtojdir. Bunday yordamchi kuch davlat va jamiyat faoliyati bo‘lib,
sivilizatsiya taraqqiy qilgan sari bularning ahamiyati o‘sib bormoqda va bozor
sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiylik ta’sirini kuchaytirish, iste’molchilar
manfaatini
himoyalash, iqtisodiy istiqbollarni belgilash, pul-kredit, solig‘, byudjet
siyosatlaridan to‘g‘ri foydalanish imkonini bermoqda. Ijtimoiy infratuzilmaning
asosan davlat tasarrufida bo‘lishi va buning bozor iqtisodiyotiga samarali ta’siri,
umuman davlat va bozor iqtisodiyotining bir-biriga mos xolda harakatda bo‘lishi
iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasi muammolarini xal qilishda juda qo‘l
kelmoqda. Bundagi eng muhim tomonlar bozorni ijtimoiy tartiblashtirish, milliy
iqtisodiyotni himoyalash, iqtisodiy strategiyalarni boshqarish, davlat tijoratini
uyushtirish kabilardan iborat.
Jahonda ikki qarama-qarshi tizimlar mavjudligida kapitalizm asosan salbiy
hisoblanar va faqat ekspluatatsiya mazmunida talqin etilar edi. Albatta buning
bozor iqtisodiga o‘tish davrlariga oid XIX va XX asr birinchi yarimlarida jonli
tomonlari mavjud edi. Lekin so‘ngra, ayniqsa
hozirgi bozor iqtisoldiyoti
rivojlangan davlatlar salmog‘i ortib borishi bilan bunday tushunchalar
o‘zgarmoqda. Chunki bu jarayon bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan ijtimoiy
muammolarning muvaffaqiyatli xal qilinib borishi tufayli ijobiy o‘zgarmoqda va
insoniylik, insonparvarlik mazmunini oshkor qilmoqda va bozor iqtisodiyoti rivoji
o‘z mazmunini ko‘proq ochmoqda.
“Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasi” fanining predmetini
o‘rganishda taqqoslash, tarixiy-mantiqiylik usullarni tajribada sinash kabilar asosiy
usullari qilib qo‘llaniladi. Haqiqatdan ham usullar qabul qilish muammolarini
22
ijobiy xal qilishda ijobiy o‘rin egallashi mumkin. Chunki har qanday bozor iqtisodi
sohasidagi tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa mamlakatlarda qo‘llab amalga
tadbiq etib bo‘lmaydi. Bu jarayon juda murakkab va ehtiyotkorlikni talab etadi-ki,
har
tomonlama tahlil etish, o‘lchash, taqqoslash, foydali tomonlarini aniqlash,
muayyan sharoitlarga mosligini belgilash va qo‘llaniladigan sharoitlarni to‘la
e’tiborga olish kabilarni aniqlashda zarur va samarali usullardan foydalanish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: