DAZMOLLAMAK HAM KRAXMALLAMAK
Kirlar qurib yig‘ishtirilgandan so‘ng ularni olib nam holida yoki kraxmalga botirib
dazmol urilur. Dazmol qiluvchi xotunning ishi faqat kirlarni dazmol qiluvgina emasdir,
kirlarni yaltiratuv va ishlov beruv kerak bo‘lganligi uchun kraxmal tayyorlovni ham
bilmagi kerak. Shuning uchun dazmolchilik fani kraxmalni eritib, quyuq-suyug‘ini
bilgandan so‘ng, kirni botirib dazmollagan vaqtda bir cheti yaltirog‘-u, bir cheti xira, bir
cheti qattig‘-u, bir cheti yumshoq yoki bir cheti g‘oyat sillig‘-u, ikkinchi bir cheti g‘ijim
bo‘luviga hech o‘rin qoldirmay, hamma yerini bir xil qilib, ustalik ila dazmol qiluvni
biluvdan iborat bir nozik fandir. Endi kraxmalni qanday tayyorlov kerakligini aytuv qizlar
uchun katta foyda bo‘lajagini, quyida yozilgan bir necha yo‘lni bilmak uchun tirishib
o‘quvlarini rijo qilaman. Kraxmallangan kirlar dazmollangan vaqtda ularda hech bir g‘ijim
qoldirmay dazmollamak kerak. Agar g‘ijimlar qolsa, yangidan kraxmalga solib, ishga
yangidan tutinmak kerak bo‘lur.
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
Do'stlaringiz bilan baham: |