O’tgan zamonda yurt ishlari ila shug‘ullana turgan xotunlar uylarida kirlar qo‘yish
uchun bir javon hozirlab, juda ko‘p kirlar, yuzdan ortiq choyshablar tayyorlashga tirishar
edilar. Bu kerakli matolarning hozir arzonligida, qachon tilasang istagancha sochiq,
odat yo‘qolmish, to‘g‘rirog‘i, yo‘qolishiga to‘g‘ri kelmakda. Har yili bu narsalarni
keragidan ortiq hozirlab, bir yo‘la ko‘p aqchalar sarf qilib, uyni kir ila to‘ldirishdan foyda
o‘rni ila tutsinlar. Yaxshi yuvilmagan kirlar ko‘zga juda xunuk ko‘ringanidek, odam ustiga
ham kiygisi kelmas. Erkaklar yaxshi yuvilmagan, yaxshi dazmollanmagan kir ko‘rsalar
keladir. Ko‘p kir yuvuvchi xotunlar ko‘pincha kirlarni burab siqqan vaqtda
parvosizliklaridan yirtib qo‘yadilar. Suvga xlor kabi kirni o‘yadigan narsa soladirlar.
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
www.ziyouz.com кутубхонаси
17
Shunga ko‘ra yurt ishlariga qarovchi xotun bunday bir necha turli ishlardan saqlanishi va
chin ko‘ngildan tirishib kirlar ila shug‘ullanishp kerak.
Ro‘mol, qo‘l sochiq, dokadan qilingan narsalar, yenglar, yoqalar, pardalar kabi kichik
kirlarni oila onasining o‘zi yuvsa yoki qizi yuvayotganda oldida qarab tursa, hech
qiyinchiligi, tashvishi bo‘lmagan bir ishdir. Bu bilan esa, kirni yuvgan vaqtda yirtuvdan
saqlagan bo‘ladirlar. Yosh qizlar ham erinmay mayda va nozik narsalar yuvilgan va
dazmollangan vaqtda qarab tursalar yoki qarashsalar oz vaqt ichnda ul ishlarni o‘rganib,
onalari kabi usta bo‘ladilar. Kirlarni yuvishga bermak uchun hozirlangan vaqtda birma-
bir to‘g‘ri sanab, daftarga yozib qo‘yish kerak, chunki unutilishi yoki yanglishish sababli
kirlar yuvilib quritilgandan so‘ng yurt boshi xotunga topshirilayotganda ko‘ngilsiz urish-
talashlar chiqadir. Qanday kir bo‘lsada bo‘lsin, tuzatarlik, yamarlik narsalar ko‘rinsa,
taxlab qo‘ygunga qadar qarab, tekshirib, tuzatib, yamab qo‘yish kerak. Tuzatish mumkin
bo‘lgan narsani tuzatishni kechiktirish, ikkinchi marta yuvganda narsani kiyishga
yaramaydigan qiluv demakdir. Ko‘p oila onalari bo‘ladiki, kir yuvilib quritilgandan so‘ng
kirlarni dazmollab, har birini o‘z o‘rniga joylab, taxlab qo‘yadi. Keyinroq kir javonlarini
ochib ko‘rib, o‘zlarining ishlaridan mamnun bo‘lib maqtanurlarki, bunday ishlardan
mahtansalar haqlari bordir. Chunki turli-turli yurt narsalarining har biri o‘z o‘rnpga
qo‘yilganini ko‘rishdek ko‘ngilga xush kela turgan hech bir narsa topilmas. Bunda yurt
egasi xotun kirlarni ko‘ygan o‘rnidan bir narsa olishni tilagan vaqtda kirlarni ostini ustiga
keltirmasdan, mashaqqatsiz topib olur. Yana yangi yuvilgan asirlarning hozir
tutilmaydiganlarini hozir tutiladiganlarning ostiga qo‘yib taxlashga odatlanish kerak.
Yuvishga berilgan vaqtda biri ustiga biri otilib, ayqash-uyqash qilib berilmasin. Kirlar xili
ila ajratilib, avval va so‘ng yuviladiganlarini tartibi ila biri ortidan birisini yuvish yoki
yuvdirishga berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: