www.ziyouz.com кутубхонаси
29
og‘riganidan va kundan-kun orta turgan osh singmasligidan zorlanadir.
Homiz-i finik. Bu fenol nomi ila shishada sotiladir. Turadigan o‘rinlarni
pok tutuv
uchun bundan bir litr suvga uch qoshiq solib, aralashtirib sepiladir. Bu suv bemorlarning
kirlarini, idish-oyoqlarni va boshqa narsalarni tozalamak uchun ham tutiladir. Agar
gilamlarni ho‘l qilish istalmasa, bir oz qumga homiz-i finik singdirilgandan so‘ng
xonalarga sepilur. Finik uy ichida qaynatilsa yoki yarim kosacha solib, stol ustiga
qo‘yilsa, uchib havoni tozalaydir. Bu kunlarda havoni yaxshilamak uchun kibrit-i nuhos
(mis kuporosi), qilo‘r-i to‘tiyo (rux xloridi), homiz-i bo‘r (bor kislotasi) kabi narsalar
ishlatmakni tavsiya qilurlar. Hilo‘r degan moddayi kimyoviyya hayvon o‘laksalaridan,
chirigan o‘simliklarning qoldiqlaridan chiqqan hidlarni juda yaxshi yo‘qotur. Undan
yuqumli kasallar yotgan kasalxona zallarining, xonalarining sassiq hidlarini yo‘qotuv
uchun ham foydalanilur.