A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Geosiyosat fani va uning ilmiy yondashuvlari



Download 229,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi229,16 Kb.
#928608
1   2   3   4   5
Bog'liq
eyqBNSEjiWpOWJjvnxUqFClzVqJVjiTyy8NqH29s

 
2.Geosiyosat fani va uning ilmiy yondashuvlari.
 
Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. 
Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari
insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik 
imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi 
degan fikrni bildiradilar. N.Y.Danilevskiy, K.N.Leontyev, P.N.Savitskiy, 
L.N.Gumilyov, A.Toynbi, S.Xantington kabilar ushbu oqim g‘oyalari rivojlanishiga 
katta hissa qo‘shganlar.
Garvard universiteti professori S.Xantingtonning 1993-yil chop etilgan 
“Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobida XXI asrning asosiy 
munozarali to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki 
sivilizatsiyalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. 
Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klauzes,
X.I.Moltke, A.Mexen, D.A.Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlatlarining tarixi 
geografik o‘rni, qirg‘oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat 
qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida 
shakllanadi degan fikrni bildirganlar.
Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi 
davlatlarining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon 
siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, 
harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb hisoblash mumkin.
Geografik determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv 
hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va 
b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar.
Bu fikrlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy, Aristotel 
kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik uning rivojlanishida J. Baden, Sh. 
Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning xizmatlari katta bo‘lgan.
Ular tomonidan ko‘rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim 
insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni yuzaga 
kelishida sababchi bo‘lgan asosiy omil sifatida qaralgan.
Geosiyosatda mavjud barcha qarashlar makon (hudud) ustidan nazorat 
g‘oyasini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur fan aynan davlat yoki davlatlar ittifoqi 
tomonidan makon ustidan nazorat o‘rnatishning asosiy yo‘nalishlari va shakllarini 
tadqiq qilishi bilan ajralib turadi. Nazorat qilinayotgan yoki nazorat qilinishi 
rejalashtirilayotgan hudud geosiyosiy maydon deb nomlanadi. Bundan tashqari 
kuchlar nisbati, siyosiy makon, chegara, geosiyosiy qiziqish kabi geosiyosiy 



tushunchalar ham mavjud. Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli 
geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat.
Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam 
va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1648-yil o‘ttiz yillik urushning tugashi 
munosabati bilan imzolangan Vestfal shartnomasi Yevropada Ispaniya, Portugaliya, 
Gollandiya keyinchalik Angliya, Shvetsiya va Fransiya kabi markazlashgan kuchli 
davlatlarning jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga 
kirishishiga sababchi bo‘lgan.
Bu bosqich XIX asrning boshlarigacha davom etgan. 1814-yil sentabr –
1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi 
mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida 
o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga 
sababchi bo‘lgan.
Rossiya, Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar 
imperiyasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida dunyoni bo‘lib olishga 
bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; 
XIX asr oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar 
bilan rivojlanishi;
Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi 
natijasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; 
Fransiya, Angliya va Rossiyaning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki 
ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi 
mag‘lubiyati bilan tugashi bu davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.
1919-yil 28-iyun kuni Fransiyaning Versal shahrida Birinchi Jahon urushi 
tugashi munosabati bilan shartnoma imzolanishi bilan geosiyosatda Versal davri 
boshlandi.
Shartnomaga ko‘ra
, Fransiyaning kontinental, Angliyaning esa dengizdagi 
qudratli imperiyalarga aylanishi; 
Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya va Turk imperiyalarining inqirozga 
uchrashi;
1917-yil oktabridan boshlab jahonda ilk sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan 
respublikalar ittifoqining paydo bo‘lishi;
jahon davlatlari orasida AQSH siyosiy va iqtisodiy mavqeining kuchayishi; 
1939-yilda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi ushbu davrga xos asosiy 
tarixiy voqeliklar hisoblanadi.
1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi tugashi 
munosabati bilan Potsdam shartnomasining imzolanishi bilan to‘rtinchi geosiyosiy 
davr boshlandi.
Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga kelishi; 



Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlari kontinental, AQSH va uning tarafdorlari 
esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi;
ikki qudratli blok o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfining yuzaga kelishi 
mazkur davrdagi asosiy siyosiy jarayon hisoblanadi.
1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida SSSR 
davlati rasman tugatilishi munosabati bilan Belovej shartnomasining imzolanishi 
hozirgi davrda eng so‘nggi geosiyosiy bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ldi.
Uning o‘rnida 12 ta mustaqil davlatning yuzaga kelishi va ularning MDH 
tarkibida birlashuvi; 
jahonda sotsialistik tuzumning yemirilishi;
Yevropaning bir qator davlatlarida (GFR, Yugoslaviya, Chexoslavakiya) yuz 
bergan siyosiy o‘zgarishlar;
NATO harbiy bloki mavqeyining kuchayishi kabilar davrga xos asosiy siyosiy 
o‘zgarishlar hisoblanadi.
Aytib o‘tilganidek, bu davr hali o‘z nihoyasiga yetgan emas. Bundan kelib 
chiqadiki, Belovej davriga xos bo‘lgan yana bir qator siyosiy o‘zgarishlar yuz 
berishi mumkin

Download 229,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish