2
Mavzu: Jahonning geosiyosiy qiyofasi
Reja:
1.
Geosiyosat tushunchasi va uning asosiy aspektlari.
2.
Geosiyosat fani va uning ilmiy yondashuvlari.
3.
Jahondagi zamonaviy geosiyosiy vaziyat.
Davlatlarning integratsion
uyushmalari.
Geosiyosat
tushunchasi va uning asosiy aspektlari. "Geosiyosat"
("Geopolitika") so‘zi garchi yunon tilidagi "geo" (yer) va "politicos" (davlatni
boshqarish san‘ati) jumlalaridan olingan bo‘lsada, o‘zbek siyosiy lug‘atiga nemis
tilidagi "geopolitik" so‘zidan kirib kelgan desak to‘g‘ri bo‘lar.
Qolaversa, bahs
etayotganimiz geosiyosat nazariyasi ham avvalo nemis geosiyosiy maktabida tugal
shakllanganligi barchaga ma‘lum. Geosiyosat davlatga turg‘un, statik holdagi hodisa
sifatida emas, balki dinamik – o‘zgaruvchan ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi.
«Geosiyosat» so‘zini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis
olimi Fridrix Ratselni (1844 - 1940) aytish mumkin.
Ratsel sotsiologiya, geografiya fanlari bilan keng shug‘ullanadi. 1897 yilda
chop etilgan asosiy ishini ham «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie») deb
nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya haqida sub‘yektiv fikrlarini o‘rtaga
tashlasada, uning mulohazalari bevosita geosiyosiy ahamiyatga molik edi.
Jumladan, olim davlatda geografik omillarning
ustuvorligini va ularning
o‘zgarmasligi borasidagi fikrlarni yoqlamaydi. Uningcha,
davlat doimo
jo‘shqinlikda hayot kechiruvchi «tirik organizmdir».
F.Ratsel fikricha, geosiyosat siyosiy
geografiyadan farqli tarzda, davlatning
joylashishi, uning iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada qiziqmaydi.
Ilmiy doirada birinchi bo‘lib "geosiyosat" atamasini
shved olimi Rudolf
Chellen (1864 - 1922) o‘zining «Davlat hayotning bir shakli sifatida» («Der Staat
als Lebensform», 1916) nomli asarida qo‘llagan. Olim geosiyosatga quyidagicha
ta‘rif beradi, ya‘ni «geosiyosat – bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm, yoki
makondagi fenomen sifatida o‘rganuvchi fandir».
Shuningdek, geosiyosat "...
makonni fundamental asosda tadqiq qilish bo‘lib, tadqiqot Yer va undagi foydali
qazilmalar bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida imperiyalarning
tashkil topishini,
mamlakatlarning yuzaga kelishini va davlatlar hududlarini o‘rganish demakdir".
Geosiyosatga o‘ziga xos ta‘rif o‘z vaqtida «Zeitschrift feur Geopolitik» nomli
nemischa jurnalda berilgan: geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganuvchi fandir. Bu joyda qayd etish lozim bo‘lardi, siyosiy
jarayonning sub‘yektlari noma‘lum. Geosiyosat geografik fundamentga ega.
Shuningdek, geosiyosat borliqdagi siyosiy organizmlar
va ularning tuzilishini