Ilmiy tadqiqot markazi


MUDORABA ORQALI MOLIYALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

MUDORABA ORQALI MOLIYALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI 
 
Berdiyarov Ilhom Hayrullaevich, 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi
 
 
Mudoraba atamasi lug‘aviy jihatdan arab tilidagi “doroba fil ard” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“yer yuzida yurib, sayohat qilish” ma’nosini ifodalaydi. Bunday nomlanishiga sabab 
tadbirkorlar biznes yuritish uchun yer yuzida kezib yurishlaridir. 
“Kanzud daqoiq” asari muallifi, buyuk vatandoshimiz Abul Barakot Nasafiy mudorabani 
“bir tarafdan mol va boshqa tarafdan ish bilan ishtirok etiladigan shirkatdir”
227
, deb 
ta’riflagan.
Amaliy jihatdan mudoraba foydada sherik bo‘lishni anglatadi
228
, ya’ni sheriklarning biri 
kapital-sarmoyani taqdim etadi, u robbul-mol (kapitalning egasi) deb ataladi, ikkinchi tomon 
esa o‘zining biznes yuritish bo‘yicha qobiliyati va tajribasini ishga solib kapitalni muayyan 
loyihani moliyalashtirishga ishlatadi, u mudorib deb ataladi.
Mudoraba shartnomasi mutloq (cheklangan) va muqayyad (cheklanmagan) bo‘lishi 
mumkin.
229
Agar u cheklangan mudoraba bo‘lsa, sarmoya egasi mudoribga vaqt, joy, 
investitsiya faoliyatlari kabi masalalarda cheklovlar qo‘yishi mumkin. Agar mudoraba 
cheklanmagan bo‘lsa, unda mudorib tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida qilishi mumkin 
bo‘lgan
barcha ishlarni, jumladan investitsiyaning barcha ruxsat etilgan turlarini amalga 
oshirish, tijoriy faoliyat hamda savdoga tegishli barcha tranzaksiyalarni bajarishi mumkin.
Hozirgi paytda mudoraba shartnomasini amalga oshirish bo‘yicha eng ishonchli ham
kor 
islom banklari hisoblanadi. Shuning uchun quyida uni amalga oshirish mexanizmini islom 
banklari misolda ko‘rib chiqiladi:
- mijoz va islom banki mudoraba shartnomasi asosida biznes yuritishga tashabbus 
ko‘rsatishadi va shartnoma tuziladi;
- kelishuvga 
ko‘ra olinadigan sof foydani taqsimlash nisbati (misol uchun 40:60) 
oldindan begilanadi va zarar ko‘rilganda esa robbul
-
mol, ya’ni islom banki zimmasiga bo‘lishi 
belgilab qo‘yiladi;
- islom banki robbul-mol sifatida 100% kapitalni sarmoya qilib kiritadi, mudoribning 
sarmoyadan to‘liq foydalanish imkoniyati ta’minlanadi;

mijoz esa mudorib sifatida o‘zining tadbirkorlik qobiliyati va boshqaruv bo‘yicha 
tajribasi bilan loyihaga o‘z hissasini qo‘shadi, biznesni yuritadi;
- agar loyiha faoliyati natijasi foyda bilan chiqsa, oldindan kelishib olinganidek, olingan 
foydaning 40%i robbul-
molga va 60%i mudoribga beriladi, agar zarar ko‘rilsa, u to‘liq robbul
-
molning zimmasiga bo‘ladi;

mudoraba shartnomasiga ko‘ra, biznes uchun kiritilgan sa
rmoya davriy ravishda yoki 
mudoraba muddati tugagandan keyin foyda va zararni aniqlash uchun ajratib olinadi, u 
robbul-molga qaytariladi; 
- mudorabaning yakunida, uni yuritish uchun ishlatilgan aktivlar-jihozlar, asbob-uskuna 
va tovarlar bozorda boshqa shaxslar yoki firmalarga sotish orqali tugatiladi yoki mudorib 
tomonidan bozor narxida sotib olinadi.
230
Mudorabadan islom banklarida turli dezopit operatsiyalari va moliyalashtirish vositasi 
sifatida foydalanish mumkin. Ularning eng ko‘p qo‘llaniladigani qu
yidagilar: 
1)
 
jamg‘arma hisobraqamlari
 
227
Abul Barakot Nasafiy. Kanzud daqoiq. Bushro nashriyoti, Karachi. J.3. 

B.89. 
228
Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasarul viqoya fi masailil Hidoya. Qozon, 1909y. –
B. 132. 
229
Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoi’us sanoi’ fi tartibish sharoi’. − Qohira: Maktabat dorul
-hadis, 
1426/2005. 

J. VII. 

B.26. 
230
Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P.56. 


386 
Mazkur hisobraqamni yuritishda banklar mudoraba shartnomasidan foydalanadi. Islom 
banki amaliyotida mablag‘ni depozitga qo‘yuvchi mijozlar robbul
-mol sifatida qaraladi. 
Shuning uchun qo‘yilgan mablag‘larning muayyan qismi turli biznes loyihalarga yo‘naltirilishi 
mumkin va ulardan olingan foyda shartnomada oldindan kelishilgan nisbatda mijoz va bank 
o‘rtasida taqsimlanadi. Agar zarar ko‘rilsa, depozitorlar zararni o‘z zimmasiga oladi.
231
Jamg‘arma hisobraqamlarning ishlash
jarayonini quyidagi misol orqali ko‘rish mumkin: 
1)
Mijozdan 200 
000 AQSh dollari miqdorida jamg‘arma hisobraqamiga depozit qabul 
qiladi; 
2)
Mijoz bu depozitni mudoraba asosida robbul-mol sifatida kiritadi, islom banki esa 
depozitni boshqaruvchi mudorib sifati
da faoliyat ko‘rsatadi. Depozitor va islom banki 
foydani 70:30 nisbatida bo‘lishishga kelishib olinadi. Zarar ko‘rilsa depozitor 
tomonidan qoplanishi ham kelishiladi. 
3)
Mudoraba depozitlari bank tomonidan loyihalarga investitsiya qilinadi, loyiha jarayoni 
nazorat qilib boriladi. 
4)
Loyihani amalga oshirish natijasida, kiritilgan sarmoyaga nisbatan misol uchun 10% 
foyda, ya’ni 200
000 USD *10% =20 000 USD olindi. 
5)
Foydani taqsimlash shartiga ko‘ra, bankning ulushi (30%) = 20
000 USD *30%= 6 000 
USD va mijozning ulushi (70%)=20 000USD*70%= 14 
000 USD ga teng bo‘ladi. 
6)
Mijozning mudoraba depozitidan olgan sof foyda normasi 7% (14 000 USD)ni tashkil 
etadi.

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish