Ilmiy tadqiqot markazi



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

2)
 
investitsiya hisobraqamlari 
Investitsiya hisobraqamlari
 
an’anaviy banklardagi muddatli omonatlarga muqobil ke
la 
oladi. Bu hisobraqam mijozlarga muayyan miqdordagi mablag‘larini bankka depozit sifatida 
ma’lum bir muddat (1 oy, 3 oy, 6 oy, 12 oy)ga kiritib belgilangan muddatda o‘z foydasini olish 
imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu hisobraqam banklarga depozitlarning ayrim qismini 
mijozlar uchun saqlash va oldindan kelishilgan holda investitsiya qilishga imkon beradi.
Mazkur hisobraqamning jamg‘arma hisobraqamlaridan farqli jihati shundaki, kiritilgan 
sarmoya bankda saqlanishning aniq muddati belgilab qo‘yiladi. Us
hbu muddatda mijoz 
sarmoyani qaytarib olishi mumkin bo‘lmaydi. Jamg‘arma hisobraqamlarida esa mablag‘ni 
istalgan vaqtda bankdan qaytarib olishi mumkin. 
3)
 
takoful xizmatlari 
Takoful (islom sug‘urtasi) doirasida 4 xil biznes model ishlatiladi. Shulardan biri 
mudorabaga asoslangan model hisoblanadi. Mudoraba modeli mudoraba shartnomasi asosida 
amalga oshiriladi. Bunda, takoful operatori (sug‘urta kompaniyasi) mudorib sifatida ishtirok 
etadi. Uning yana bir nomi fond menejeri ham deyiladi. Takoful fondi (egalari) esa robbul-mol 
ya’ni sarmoyani ta’minlovchi sifatida ishtirok etadi. Takoful fondi, ishtirokchilar tomonidan 
tabarru shaklida to‘langan mablag‘lar hisobidan shakllangan bo‘ladi.
232
Fond mablag‘larini 
investitsiya qilish natijasida olingan foyda takoful ope
ratori va takoful fondi (egalari) o‘rtasida 
olindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Agarda faoliyat natijasida biror zarar yoki 
kamomad kelib chiqsa, u robbul-
mol sifatida takoful fondining zimmasida bo‘ladi. Takoful 
operator mudorib sifatida qilgan ishi uchun oylik ish haqi olmaydi, u faqat foydadan oladigan 
ulushiga egalik qilishi mumkin. Takoful operator ishtirokchilar tomonidan kiritilgan 
mablag‘larni ikkita alohida hisobga yo‘naltiradi: 1) ishtirokchining hisobi; 2) ishtirokchining 
maxsus hisobi. Is
htirokchining hisobidagi mablag‘lar shariatga muvofiq keladigan biznes 
loyihalariga investitsiya qilinadi. Biror zarar ko‘rilsa, u ishtirokchining maxsus hisobidan olib 
qoplanishi mumkin. Faoliyat yakunida, maxsus hisobdagi sof zaxiralar (ya’ni, jami kirit
ilgan 
mablag‘
-qoplamalar-
faoliyat xarajatlari) va ishtirokchi hisobilana sof tushumlar (ya’ni, jami 
231
Askari H., Iqbal Z., Mirakhor A. Introduction to Islamic Economics: Theory and Application. John Wiley & Sons Singapore 
Pte. Ltd. 2015. 
Р
.195. 
232
Байдаулет
Е
.
А

Исломий
молия
асослари. “Ўзбекистон” НМИУ

Тошкент
. 2019. 
Б
. 79. 


387 
investitsiya+foyda-faoliyat xarajatlari) qoldiq sifatida jamlanadi. Qoldiqni esa takoful operator 
vakil sifatida barcha ishtirokchilarga ularning ulushlariga mos ravishda hamda takoful 
shartnomasiga muvofiq taqsimlashga mas’ul bo‘ladi.
4)
mudorabaga asoslangan sukuk chiqarish
Mudorabaga asoslangan sukuk chiqarishda, sukuk sertifikatlarini chiqaruvchi taraf - 
mudorib, sertifikatni olib loyihaga 
mablag‘
-sarmoya kirituvchilar - robbul-
mol bo‘ladi. 
To‘plangan mablag‘lar mudoraba kapitalini tashkil etadi. Jarayon quyidagi tartibda amalga 
oshadi:
233
1)
maxsus loyiha kompaniyasi loyihani taqdim etadi, investorlar loyihaga qo‘shilish 
uchun o‘z moliyaviy mablag‘larini kiritadi;
2)
mablag‘lar qabul qilib bo‘lingandan so‘ng kompaniya investorlarga sukuk 
seritfikatini taqdim etadi, bu sukuk o‘z egasining mudorabadagi aktivda bo‘linmas egaligi 
borligini ifodalaydi. Shuningdek, sukuk egasiga foydani davriy taqsimlashda tegadigan foyda 
miqdoriga hamda sherikchilikdan chiqishda yoki sherikchilik tugatilganda taqsimlanadigan 
foyda miqdoriga ega bo‘lish huquqini beradi

3)
maxsus loyiha kompaniyasi sukuk bilan bog‘liq barcha jarayonlar bo‘yicha ishonchli 
vakil vazifasini bajaradi va investorlarning nomidan faoliyat yuritadi; 
4)
maxsus loyiha kompaniyasi va tashabbuskor hamkor mudoraba shartnomasga 
kirishadi, bunda tashabbuskor hamkor mudorib vazifasini, maxsus loyiha kompaniyasi esa 
robbul-mol vazifasini bajaradi; 
5)
maxsus loyiha kompaniyasi investorlardan to‘plangan mablag‘ni to‘rtashabbuskor 
hamkorga mudoraba korxonasining kapitali sifatida to‘lab beradi;
6)
tashabbuskor hamkor
, mudorib sifatida o‘zining tajribasi va boshqaruvchilik 
qobiliyatini ishga solib, mudoraba korxonasi faoliyatini yurgizadi; 
7)
mudoraba korxonasi topgan foyda maxsus loyiha kompaniyasi va tashabbuskor 
hamkor o‘rtasida shartnomada oldindan belgilangan nibatla
rda taqsimlanadi, mudoraba 
korxonasining faoliyat muddati mudoraba sukukning muddatiga mos bo‘ladi;
8)
tashabbuskor hamkor mudoraba foydasining tegishli ulushini maxsus loyiha 
kompaniyasiga to‘lab beradi;
9)
maxsus loyiha kompaniyasi davriy ravishda olingan fo
ydani investorlarga to‘lab 
boradi; 
10)
agar mudoraba korxonasining faoliyatidan olingan foyda kutilganidan ortiq bo‘lsa, 
bu ortiqcha miqdordan tashabbuskor hamkorni rag‘batlantirish uchun muayyan miqdorni 
berish mumkin, bu mablag‘ uning mudorib sifatida foydad
an oladigan ulushidan alohida 
bo‘ladi;
11)
mudoraba bo‘yicha zararlar maxsus loyiha kompaniyasi zimmasida bo‘ladi;
12)
muddat yakunlanganda investorlar sukukni maxsus loyiha kompaniyasiga so‘ngi 
taqsimotni amalga oshirish evaziga qaytarib beradi; 
13)
sukuk shartnomasi 
yakunida tashabbuskor hamkor so‘ngi taqsimotni maxsus loyiha 
kompaniyasiga to‘lab beradi;
14)
maxsus loyiha kompaniyasi so‘ngi taqsimotni investorlarga to‘lab beradi;
15)
muddat yakunida tashabbuskor hamkorga mudoraba aktivlarini maxsus loyiha 
kompaniyasidan soti
b olish majburiyati qo‘yiladi;
16)
o‘z navbatida, maxsus loyiha kompaniyasiga mudoraba aktivlarini tashabbuskor 
hamkorga sotib majburiyati qo‘yiladi.
Yuqoridagi jarayonda cheklangan mudoraba turi qo‘llaniladi. Shariat olimlarining fikriga 
ko‘ra, mudoraba korxo
nasidagi kapitalning kamida 33%i har doim moddiy aktivlarga 
investitsiya qilinishi kerak. 
233
Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P. 166. 


388 
Mavjud hayotiy qonuniyatga ko‘ra kimdadir sarmoya bor, lekin uni ishlatib tijorat qilish 
qobiliyati yetarli bo‘lmaydi, ayni paytda boshqa bir kishining kapitali yo‘q,
lekin u pulni 
tasarruf qilish, yaxshi tijorat qilish mahoratiga ega. Ushbu imkoniyat va qobiliyatlarni 
birlashtirib ikki tomonning ham ehtiyojlarini qondirish, keng ko‘lamda esa jamiyat 
a’zolarining manfaatlariga xizmat qilish uchun mudoraba orqali moliya
lashtirishni tashkil 
etish muhim hisoblanadi. 
Shuningdek, mavjud moliyalashtirish usullarini takomillashtirish va yangicha 
yondashuvlarni joriy etish orqali moliya bozoridagi xilma-
xillikni ta’minlash imkoniyati paydo 
bo‘ladi.

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish