1-jadval Kredit taʼminotining sifatini baholash mezonlari Reyting baho (ball) 1 2 3 4 5 Kreditning qaytarilmaslik
riski
125 va
undan
yuqori
100-125
80-99
60-79
60 dan past
Kredit taʼminotining sifat
darajasi
kuchli
o’rtacha
qoniqarli
xavfli
Muammoli
Kredit foizining muddatiga
nisbatan imtiyoz
Ikki
oygacha
o’zgarti
-
rishsiz
Ogohlan-
tirish
Muddatidan oldin qaytarish
chorolarini ko’rish
Manba: muallif tomonidan tuzildi. Odatda banklar tomonidan berilgan kreditni garov taʼminoti hisobidan qoplashga
manfaatdor
emaslar. Shu bois, berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʼlovlarni pul tushumlari
hisobidan soʼndirishni maʼqul koʼradi. Buning uchun bank kreditning asosiy summasi va
hisoblangan foiz toʼlovlarining muddati yetib kelganda uni toʼlash nuqtai nazaridan
quyidagi
klasslar boʼyicha tasniflashni taklif qilamiz (1
-jadval).
Masalan, ishlab chiqarish kompaniyalarida mablagʼning:70 foizi asosiy vositalarga
joylashtiriladi, savdo-
sotiq bilan shugʼullanadigan tashkilotlarda ushbu aktivlar bor yoʼgʼi 10
-15
foizni tashkil etadi Shuning uchun har bir alohida olingan korxona boʼyicha
garov turi va ularni
baholash tartibi bank hamda kredit oluvchi oʼrtasida kelishiladi.
Fikrimizcha mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni muammoli
kreditlarga aylanmasligini oldini olish maqsadida yuqoridagi takliflarga qoʼshimcha q
uyidagi
takliflarni keltirish maqsadga muvofiq deb oʼylaymiz:
-
banklarga kredit uchun kelib tushgan arizaga atroflicha yondashuv, yaʼni daslabki
monitoringni toʼgʼri va mukammal amalga oshirish. Bu yerda birinchi navbatda mijozning
xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, biznes hamkorlari orasidagi mavqeiga hamda ushbu
sohadagi tajribasiga asosiy eʼtiborni qaratish;
-
kredit arizasini koʼrib chiqilayotgan davrda mijoz tomonidan bankka takdim etayotgan
hujjatlar toʼplamining toʼliqligini va ularning toʼgʼriligini tekshirish. Kredit boʼlimi xodimi
tomonidan mijozning moliyaviy ahvoli chuqur tahlil etilishi va xolisona baho berilishi zarur;
-
kredit taʼminoti sifatida taqdim etilgan mol
-mulkni saqlash va ekspluatatsiya sharoitini
doimiy ravishda nazorat qilib borish;
- korxonaning mol-
mulkini baholashda bankning mulkni baholash boʼyicha mutaxassisiga
koʼproq imkoniyatlar yaratib berish. Chunki mijoz pullik baholash xizmatidan foydalanadigan
boʼlsa, uning kredit olgunga qadar qiladigan xarajatlari ortib ketadi.