TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI
KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRI
Norov Akmal Ruzimamatovich -
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori v.b., DSc
Shaxiddinonov Shoxruxxon Nabixon o’g’li
-
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
Norova Nozima Nabievna
–
Oʼzbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi tinglovchisi
Bank kreditlari qarz oluvchilarni tashqi
moliyalashtirishda muhim rol oʼynaydi. Soʼnggi
yillarda kreditlash faol rivojlanayotgan bir paytda, kreditlar va ular boʼyicha foizlarning tijorat
banklariga oʼz vaqtida qaytib kelishi juda muhim hisoblanadi. Oʼz vaqtida qaytarilmagan kredit
tizimli kredit
riskini keltirib chiqaradi. Bank bergan kredit muammoli kreditga oʼtadi, bu oʼz
navbatida bank likvidligiga, daromadliligiga, bank resurslariga taʼsir koʼrsatadi. Muammoli
kreditlarni kamaytirish soʼnggi choralaridan biri olingan kafolatlar va kafilliklar
boʼyicha
toʼlovlarni undirish, garovga olingan mol
-mulkni sotish hisobiga ularni qoplash hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real
sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bogʼ
liqdir. Biroq, mamlakatimiz
tijorat banklari kreditlash amaliyotida bir qancha qiyinchilik va muammolar mavjud. Аyniqsa,
bugungi kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi
kreditlar orasida muammoli kreditlarn
ing salmogʼi sezilarli darajada yuqori boʼlmoqda.
Muammoli kreditlarning kelib chiqishi faqatgina kredit riskiga bogʼliq boʼlmaydi. Zero,
valyuta riski, bozor riski, foiz stavkalarining oʼzgarishi riski va boshqa qator risklarining
mavjudligi hamda ularni
toʼgʼri baholay olmaslik muammoli kreditlarning kelib chiqishiga taʼsir
koʼrsatadi. Muammoli kreditlarning iqtisodiy mazmunini tadqiq etishda risklarning oʼrni va taʼsiri
asos sifatida ishtirok etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda muammoli kreditlarning aso
siy qismi, yaʼni 8,441 trln
soʼmi yoki 83 foizi davlat ulushi mavjud tijorat banklari hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Bunda
Oʼzmilliybank (1,9 tln soʼm), Oʼzsanoatqurilishbank (1,7 trln soʼm), Аsaka bank (1,6 trln soʼm) va
Ipoteka bank (1,1 trln soʼm)lar yetak
chilik qilmoqda. Shuningdek, Hi-Tech bankning jami
kreditlari 201 mlrd. S
oʼmni tashkil etgani holda muammoli keditlar (NPL)ning hajmi 179 mlrd.
S
oʼm yoki 89,4 foizni tashkil etmoqda. Turkiston bankda esa jami kredit portfeli 703 mlrd.
S
oʼm
boʼlib, shundan
610 mlrd. S
oʼmi yoki 86,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda.
Mazkur muammoni hal qilishning eng asosiy yoʼli davlat ulushi mavjud tijorat banklarini
transformatsiya qilish hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda bank kreditlari boʼyicha aylanmadagi tovarlarni garovga qoʼyish keng
qoʼllaniladi. Bunday holatda kompaniyaga tovarlarni sotish boʼyicha chegara (sanktsiya) joriy
etilmagan boʼlishi hamda korxona mustaqil ravishda tovar, xom ashyo, materiallar va boshqa
aktivlarini sotish va sotib olish hu
quqiga ega boʼlishi zarur. Bank krediti boʼyicha kompaniya
tovarlarni garovga qoʼyishning oʼziga xos jihatlari mavjud. Xususan, kompaniya tomonidan
sotilgan tovar yoki aktiv uchun toʼlov haqi kelib tushmagan boʼlsa, garov roʼyxatidan chiqariladi,
sotib olganlari esa ushbu tovarlarga kompaniyaning egalik huquqi berilgan paytdan boshlab bank
garovi sifatida qaraladi. Bu jarayonda shunday shart saqlanishi zarurki, kompaniya ixtiyoridagi
tovar kredit shartnomasida koʼzda tutilgan garov summasidan kam boʼlmaslig
i kerak
Shuningdek, likvidligi koʼzda tutilgan darajadan oʼzgarmasligi, yaʼni pasaymasligi lozim.
135
Kreditning qaytarilmaslik riski asosida, biz kredit taʼminoti sifatiga quyidagicha reyting
baholarni berishni taklif qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |