143
DT «Xalq banki»da joriy likvidlik koeffitsiyenti 2008-
yilda 2.4 punktga, 2009-yilda 2,3 martaga, 2010-yilda 3,2
martaga, 2011-yilda 2,5 martaga va 2012-yilda 2,9
marta-
ga oshgan.
OATB «O‘zsanoatqo‘rilishbanki»ning joriy likvidlik ko-
effitsiyenti tahlili natijaridan xulosa qilish mumkinki, maz-
kur bank yuqori likvidli hisoblanadi. Bu holatda omonat-
chilar va kreditorlarning manfaatlari
har tomonlama hi-
moyalangan. Ammo joriy likvidlik koeffitsiyentining had-
dan tashqari yuqori bo‘lishi bankda ortiqcha resusrlar mu-
ammosi mavjudligidan dalolat beradi. Mazkur muammo
daromadlilik darajasini pasaytiradi va bu o‘z o‘rnida maz-
kur bank aksionerlarining talabiga javob bermaydi. OATB
«O‘zsanoatqurilishbanki»da joriy
likvidlik koeffitsiyenti-
ning bunday tarzda ko‘payib ketishiga asosiy sabab kas-
sa va boshqa kassa hujjatlari, O‘zR MBdan olinishi lo-
zim bo‘lgan mablag‘lar hisob
raqamlarida haddan tash-
qari pul mablag‘larining saqlanganligidandir. Jumladan,
2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida
– 5 889,0 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hi-
sob raqamlarda – 5 495,0 mln so‘m; 2009-yil 31-dekabr
ho latiga kassada – 20 569,2 mln so‘m, O‘zMBdan olinis-
hi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 9 927,7 mln so‘m;
2010-yil 31-dekabr holatiga kassada – 16 150,2 mln so‘m,
O‘zMBdan
olini
shi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda –
29 878,8 mln so‘m va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi DT Xalq bankida joriy lik-
vidlik koeffitsiyentining tahlil natijalari ko‘rib chiqilgan-
da mijozlar manfaati himoyalangan,
lekin mazkur koeffi-
tsiyentning belgilangan me’yordan o‘tib ketganligi ortiqcha
resurslar mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq muammo mavjudli-
gidan dalolat beradi. Bizga ma’lumki, bu muammo Dav-
144
lat tijorat Xalq bankining daromadlilik
darajasini pasayti-
rib, ta’sischilar talabiga javob bermaydi. DT Xalq banki jo-
riy likvidlik koeffitsiyentining bunday sur’atlarda oshib ke-
tishining asosiy sababi kassa,
vakillik hisob raqamida va
boshqa aktiv hisob raqamlarda pul mablag‘larini ko‘p miq-
dorda harakatsiz ushlab turilishi natijasidadir. Jumladan,
2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida
22842,4 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 3907,4 mln
so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 40691,2 mln so‘m;
2009-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4681,7
mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 860,5 mln so‘m, bosh-
qa aktiv hisob raqamlarda 63293,2 mln so‘m; 2010-yil 31-
dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4199,6 mln so‘m,
muxbirlik hisob raqamda 1 211,9 mln so‘m, boshqa aktiv
hisob raqamlarda 60564,2 mln so‘m; 2011-yil 31-dekabr
holatiga kassa hisob raqamlarda 17097,5 mln so‘m, mux-
birlik hisob raqamda 4322,1 mln so‘m,
boshqa aktiv hisob
raqamlarda 101790,4 mln so‘m mablag‘lar mavjud bo‘lgan.
Ushbu mablag‘lar daromad keltirmaydi. Bank faoliyatining
daromadliligini oshirish maqsadida, ushbu mablag‘larning
bir qismi daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirilmog‘i
lozim edi. Buni operativ ravishda hal qilinmaganligining
asosiy sababi banklararo kredit
resurslari bozorining rivoj-
lanmaganligi bilan izohlanadi.