Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi
Bozor tez о‘zgarib boradi va shunga kо‘ra xar bir mahsulot xam о‘z yashash davrini
ham о‘taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga о‘zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi mahsulotni
ishlab chiqarish bilan bog‘lix xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar xarakati xali etarli
darajada ma’lum emas.
Narx
belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga
xam bog‘liq. Bu daraja esa uchga bо‘linadi:
-
eng yangi mahsulot
-
texnikaviy ilg‘or mahsulot
-
original bо‘lmagan (yangi taxliliy) va о‘rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi xali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy
masala «qaymog‘ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati
darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi
mumkinligini о‘rganadilar. О‘ziga о‘xshash о‘rinbosarlari bо‘lgan yangi mahsulot taxliliy
yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday xollarda narx siyosati ilgarigi
taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar о‘rtasida mavjud bо‘lgan sifat
va miqdorga qarab о‘zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va о‘sishi bosqichidan tо‘yinish
bosqichiga
xarakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini
amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
Tо‘yinish bosqichida narxlarni kо‘tarish odatda talabning kо‘payishi emas,
balki
ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. Shu sababli mahsulotning
turiga qarab yo erkin narxlar qо‘yiladi yoki tovarlar sotish xajmini kо‘paytirish uchun
narxlar pasaytiriladi.
Yо‘qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yо‘li
qо‘llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma- bosqich pasaytirish
strategiyasi jami jamlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi.
Unga muqobil
holda foydani quvvatlash yо‘lida qо‘shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni
rag‘batlantirish
xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi.
Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi
va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga xali muxtoj bо‘lgan muayyan bozor
segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining sо‘nggi bosqichi davrida
bozorda qolgan firmaga о‘z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassisari uchun
narx belgilashning ikkita
asosiy siyosati mavjud, bu «qaymogini olish» va «kirib olish» siyosatidir. «Qaymog‘ini
olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori о‘rnatib asta-
sekin uni tushirib boradi. «Qaymog`ini olish» siyosatidan
aksariyat bozorga yangi
mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada
belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda
sotiladi. Bozorning tuyinishidan sо‘ng iste’molchilarni
jalb qilish maqsadiqa narx
pasaytiriladi. Shunday yul bilan tuliq daromad eng kо‘p miqdorga yetkaziladi.
Shu sababli yagona yul - tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar
izlashdir. «Qaymog`ini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda
namoyon bо‘lishi uisoblanadi. Uning birinchisi - qimmat naxlar, ikkinchisi - arzon narxlar
strategiyasiqir.