Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati
.
Auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va
rivojlantirish bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan
samimiy munosabatni qo’llab quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti
professional faoliyat bo’yicha usullarni amalga joriy etish, o’zining
xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo qayg’urish lozim.
Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim.
Auditorlarning o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq
me’yorlariga zid holat hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark
etayotganida auditorlik tashkilotiga tegishli barcha holatlarni to’liq
hajmda va vijdonan topshirishi lozim.
12.
Nashr qilinadigan axborot va reklama
. Auditorlar haqidagi
ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish
ommaviy axborot vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va
boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik xizmatini reklama
qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim. Axloq kodeksiga zid
bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat berilmaydi:
– mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochishi mumkini bo’lgan
ma’lumot;
– muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat.
13.
Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada
auditorning harakati
. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.
14.
Xalqaro faoliyat
. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro
amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir
davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat
ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir
alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki
xizmat ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har
qanday holda ham auditor audit andozalari va axloqiy talablarga muvofiq
ravishda kasbiy xizmatlar ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda
xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning axloqiy talablari «V» davlatda
qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar qo’llaniladi:
- xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra
engilroq bo’lsa, bu holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi
qo’llanilishi lozim;
-xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra
qattiqroq bo’lsa, bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi
axloqiy talablar qo’llanilishi lozim.
-mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida
xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon
etilganlardan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |