62
1.16-rasm.Fazoviy burchak
R
R
S=R
2
шар
yorug‘lik nurlanishining energetik kuchi 1/683 Vt/sr
tashkil qilgan shu
yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng bo‘lgan birlikdir.
Lyumenga ta’rif berish uchun hamma yo‘nalishlarda yorug‘lik
kuchi 1 kd bo‘lgan nuqtaviy manbani ko‘rib chiqamiz. Bunday manba
4 lm ga teng bo‘lgan to‘liq yorug‘lik oqimini hosil qiladi. Agar
yorug‘lik kuchi 1 kd bo‘lgan manba 1 m masofada joylashgan va o‘ziga
qaraganda katta bo‘lmagan plastinkani yoritayotgan bo‘lsa,
unda bu
plastika sirtining yoritilganligi 1lm/m
2
ga, ya’ni 1 luksga teng
bo‘ladi.
Yorug‘likning cho‘zinchoq manbasi yoki yoritilgan jism ma’lum
ravshanlik (fotometriik ravshanlik) bilan tavsiflanadi.
Agar berilgan
yo‘nalishda 1 m
2
sirtdan nurlanayotgan yorug‘lik kuchi 1 kd ga teng
bo‘lsa, unda bu yo‘nalishda uning ravshanligi 1 kd/m
2
ga teng bo‘ladi.
(Ko‘pchilik jismlar va yorug‘lik manbalarning
ravshanligi har xil
yo‘nalishlarda har xil bo‘ladi.)
1.3.2. O‘lchov asbobini tanlash
Fotometrik o‘lchovlarning asosiy turlari quyidagicha: 1)
manbalarning yorug‘lik kuchlarini solishtirish; 2) yorug‘lik manbasining
to‘la oqimini o‘lchash; 3) berilgan tekislikdagi yoritilganlikni o‘lchash;
4) berilgan yo‘na-lishdagi ravshanlikni o‘lchash; 5) qisman shaffof
ob’ektlardan o‘tayotgan yorug‘lik ulushini o‘lchash; 6) ob’ektlardan
qaytayotgan yorug‘lik ulushini o‘lchash.
Nurlanish energiyasi oqimi. Fazoviy burchak.
Yorug‘lik
manbasidan har xil yo‘nalishlarda tarqalayotgan yorug‘lik
oqimini
tavsiflash uchun fazoviy burchak tushunchasidan foydalaniladi. Radiusi
R bo‘lgan sharni ko‘rib chiqamiz (1.16 –
rasm).
Bu sharning ichida uchi shar markazida
bo‘lgan konusni tasavvur qilamiz.
Bu konus
sharning sirtida yuzasi S bo‘lgan sirtni kesadi.
Konus sirti bilan chegaralangan fazoning bu
qismi fazoviy burchak deyiladi. Fazovыy
burchak yuqorida
keltirilgan S yuzaning
shar radiusi R ning kvadratiga nisbati bilan
o‘lchanadi:
(1.13)
63
Konus kesgan S yuza radiusning kvadratiga proporsional
bo‘lganligi sababli fazoviy burchak-ning
qiymati sharning radiusiga
bog‘liq emas.
Fazoviy burchakning birligi sifatida steradian qabul qilingan. Bir
steradianga teng fazoviy burchak sharning sirtida tomonlari shar radiusi
R ga teng bo‘lgan kvadrat yuzasiga teng yuza ajratadi.
Sharning markazi O nuqtaning atrofini o‘rab olgan fazodagi to‘liq
fazoviy burchakning qiymati sharning to‘liq sirti yuzasining radius
kvadratiga nisbatiga teng:
(1.14)
Do'stlaringiz bilan baham: