Qo‘llanilishi.
Optikani ochiltirish (yoki blikka (shu’laga) qarshi
qoplama) yorug‘lik optik elementdan o‘tadigan va intensivlikning
yo‘qolishini kamaytirish yoki qaytishni bartaraf etadishni talab qiladigan
ko‘pgina sohalarda qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan holatlar ko‘zoynak
linzalari va kamera ob’ektivlari hisoblanadi.
Korreksiyalovchi linzalar.
Shu’laga qarshi qoplama ko‘zoynak
linzalariga surkaladi. Bunda shu’lalarning yo‘q bo‘lishi tashqi
ko‘rinishni yaxshilaydi va ko‘zga tushayotgan yuklamani pasaytiradi.
Ayniqsa bu, sutkaning qorong‘i vaqtlarida avtomobil haydaganda va
kompyuterda ishlaganda seziladi. Bundan tashqari, linza orqali
o‘tayotgan katta miqdordagi yorug‘lik ko‘zning o‘tkirligini oshiradi.
Ko‘pincha shu’laga qarshi qoplama boshqa turdagi qoplamalar, masalan,
suvdan yoki yog‘dan himoya qiladigan qoplamalar bilan birgalikda
ishlatiladi.
Kameralar.
Ochiltirilgan linzalar bilan foto- va videokameralar
ta’minlanadi. Buning hisobiga optik tizimning yorug‘lik o‘tkazish
qobiliyati oshadi va bliklarning yo‘qolishi hisobiga tasvirning
kontrastligi kuchayadi, biroq ko‘zoynakdan farqli ravishda ob’ektiv bir
nechta linzalardan tashkil topadi.
Fotolitografiya.
Blikka
qarshi
qoplamalar
ko‘pincha
fotolitografiyada taglik sirtidan qaytgan aks etishlarni yo‘qotish hisobiga
tasvir sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Qoplama fotorezistning
tagida yoki ustida surkalishi mumkin va bu turg‘un to‘lqinlarni, yupqa
plenkadagi interferensiyani hamda ko‘zguli aks etishni kamaytirish
imkoniyatini beradi.
58
Bir qatlamli ochiltirish
. Yakka ochiltiruvchi qatlamning qalinligi
(masalan, kremniy kislotasining) yorug‘lik to‘lqin uzunligining 1/4
qismiga teng yoki unga karali bo‘lishi kerak. Bu holda uning tashqi va
ichki tomonlaridan qaytgan nurlar qarama qarshi fazalarda qaytadi va bir
hil amplitudalarda interferensiya natijasida so‘nadi – blikning
intensivligi nulga teng bo‘lib qoladi (1.15– rasm).
1.15 - rasm. Chorak to‘lqinli shu’laga qarshi qoplamada interferensiya
Effekt eng yaxshi bo‘lishi uchun (qaytgan yorug‘lik amplitudalarini
baravarlashtirish uchun) ochiltiruvchi plenkaning sindirish ko‘rsatkichi
linza optik shishasining sindirish ko‘rsatkichidan olingan kvadrat
ildiziga teng bo‘lishi kerak. Ochiltiruvchi plenka uchun an’anaviy
material bo‘lib, sindirish ko‘rsatkichi kichik (n=1,38) bo‘lgan magniy
ftoridi hisoblanadi.
Kronli shishada magniy ftoridi aks etishni 4%dan 2% gacha
kamaytirishi mumkin. Sindirish ko‘rsatkichi 1,9 bo‘lgan og‘irroq flintli
shishada magniy ftoridli plenka aks etishni nulgacha kamaytirishi
mumkin.
Bunday usul bilan ochiltirilgan shishaning qaytarish qobiliyati
to‘lqin uzunlikka kuchli bog‘liq bo‘ladi. Bu esa bir qatlamli
ochiltirishning asosiy kamchiligi sanaladi. Qaytarish qobiliyatining
minimumi λ = 4d·x·n to‘lqin uzunligiga mos keladi, bu yerda d –
plyonka
qalinligi, n -
uning
sindirish
ko‘rsatkichi. Birlamchi
ochiltirilgan ob’ektivlarda spektrning yashil qismidagi (555 nm – inson
ko‘zining eng katta sezgirlik sohasi) nurlar uchun qaytarish
koeffitsientini kamaytirishga erishildi. Shu sababli bunday ob’ektivlar
shishalarning akslanishi qirmizi yoki havorang-ko‘k tusga ega bo‘ladi
(«havorang optika»). Aksincha, bunday ob’ektivning yorug‘lik
59
o‘tkazishining maksimumi spektrning yashil qismiga to‘g‘ri keladi. Bu
esa tasvirning rang tonining o‘zgarishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda bir qatlamli ochiltirishdan (uning eng asosiy
ustunligi - arzonligi) budjetli optik uzellarda va ensiz spektr diapazonida
ishlashga mo‘ljallangan lazerli optikada foydalaniladi.
Ikki qatlamli ochiltirish.
Ikkita ochiltirishli qatlamdan tashkil
topadi va tashqi qatlamning sindirish ko‘rsatkichi ichkiga qaraganda
kichik bo‘ladi. Bir qatlamli ochiltirishga nisbatan yaxshiroq tavsiflarga
ega bo‘ladi.
Ko‘p qatlamli ochiltirish.
Ko‘p qatlamli ochiltiruvchi qoplamalar
sindirish ko‘rsatkichlari har xil materiallarning kamida uchta
almashadigan qatlamlarning ketma ketligidan tashkil topadi. Avvallari
spektrning ko‘rinadigan sohasi uchun 3-4 qatlam yetarli deb
hisoblanardi. Hamma ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy ko‘p
qatlamli ochiltiruvchi qoplamalari 6-8 qatlamga ega va spekrning
hamma ko‘rinadigan sohasida aks etishda kam yo‘qotishlar bilan
tavsiflanadi. Ko‘p qatlamli ochiltirishning fotografiyada va kuzatuvchi
optikada asosiy ustunligi ko‘rinadigan spektr chegarasi-da aks ettirish
qobiliyatining to‘lqin uzunligiga arzimas bog‘liqligidir.
Ko‘p qatlamli ochiltirishli linzalar sirtidan ochiltirilgan sohaning
spektral chegaralarida qaytish natijasida aks etgin yorug‘lik yashil va
binafsha ranglardan to keyingi yillarda chiqarilgan ob’ektivlarda juda
kuchsiz kulrang-yashilsimon ranglarga ega bo‘ladi. Biroq bu
ochiltiruvchi tizimnirng sifat ko‘rsatkichi hisoblanmaydi.
Ko‘p qatlamli ochiltirishli optika avvallari MS – Mnogo
Sloynoe, MultiCoating (masalan,MS Mir-47M 2,5/20) harflari bilan
rusumlanar edi. Odatda «MS» abbreviatura uch qatlamli ochiltirishni
anglatar edi. Hozirgi vaqtda ko‘p qatlamli ochiltirishning maxsus
belgilanishi kamdan kam uchraydi, chunki undan foydalanish standart
bo‘lib qoldi. Ba’zida ularning alohida turlarining «firmali» belgilanishi
uchrab turadi: SMC (Super Multi Coating, Pentax), HMC (Hyper Multi
Coating, Hoya), MRC (Multi-Resistant Coating, B+W), SSC (Super
Spectra
Coating,
Canon), SIC(Super
Integrated
Coating),
Nano (Nikon), EBC (Electron
Beam
Coating,
Fujinon/Fujifilm),
T* (Zeiss),
"multiprosvetlenie"
(multiochil-tirish)
(Leica),
"axromaticheskoe pokrыtie" (axromatik qoplama) (Minolta), va
boshqalar.
60
Ko‘p qatlamli ochiltiruvchi qoplamaning tarkibiga xususiy ochilti-
ruvchi qatlamlardan tashqari, odatda yordamchi qatlamlar – shisha bilan
tishlashishni yaxshilovchi, himoyalovchi, gidrofobli va boshqalar kiradi.
Infraqizil optika.
Infraqizil diapazonda foydalaniladigan ba’zi bir
optik materiallar juda katta sindirish ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi.
Masalan, germaniyning sindirish ko‘rsatkichi 4,1 ga yaqin. Bunday
materiallar majburiy ochiltirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |