O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

44-rasm. 
Yurak ichi nerv tizimi tuzilishi (G.Kositskiy b o ‘yicha, 1980)
Turli ta ’sirlarga javoban reaksiya o ‘zgaruvchanligini X V III asr 
oxiridayoq A.Gumbold ko‘rsatib o ‘tgan edi: «Har qanday agent o‘zi ta’sir 
etayotgan a ’zoning qanday holatda ekanligiga qarab, susaytiruvchi yoki 
q o ‘z g ‘a tu v c h i t a ’sir k o ‘rsa ta d i» . O rg an izm , u n in g a ’z o la ri va 
to ‘qimalarining reaksiya k o ‘rsatish xarakteri va intensivligini belgilab 
beradigan funksional holati ularning 
reaktivligi
deb ataladi.
Sayyor (adashgan) nerv ta ’sirlangan paytda m e’da va ingichka ichak 
muskullari tonusining qanday ekanligiga qarab, shu a ’zolar harakatining 
har xil xarakterda o ‘zgarishi a ’zo reaktivligining ahamiyatiga misol bo‘la 
oladi. Odatdagi sharoitda sayyor nerv m e’da va ingichka ichak harakatini 
q o ‘zg ‘aydi. M e’da va ichak muskullari tonusi keskin darajada oshgan 
paytda shu nerv t a ’sirlansa, bu a ’zolarning avtom atik qisqarishlari 
k u ch ay ish u y o q d a tu rsin , balki susayadi (to rm o zlan ad i). Yurak 
reaktivligiga kaliy va kalsiy ionlarining ta ’siri misol b o i a oladi: kaliy
180


ionlari ortiqcha b o ‘lganda yurakning sim patik nervlariga ta ’sir etish 
y urak faoliyatini kuchaytirm aydi, balki susaytiradi, kalsiy ionlari 
oshganda sayyor nervning ta ’sirlanishi yurak faoliyatini susaytirmay
balki kuchaytiradi. V egetativ nerv ta ’sirlanish effektining shunday 
o ‘zgarishi «funksional soxtalik» yoki «paradoksal ta ’sir» deb ataladi. Bu 
hodisalam ing sababi hali yetarlicha o ‘rganilgan emas.
Ter bezlari va qon-tomirlarining innervasiyalanish xususiyatlari.
Ter bezlari faqat simpatik nerv tolalaridan innervatsiyalangan. Aksari 
postganglionar simpatik tolalar oxirlarining xususiyati shuki, ter bezlari 
noradrenalin emas, balki atsetilxolin hosil b o ‘ladi. Shu sababli ter bezlari 
hujayralarining atsetilxolinga reaksiya k o ‘rsatish qobiliyatini y o ‘q qila 
oladigan atropin kiritilsa, tashqi m uhit harorati yuksak b o ig a n d a ter 
ajralishi taqqa to ‘xtaydi.
Odam gavdasining b a’zi joylarida, masalan,, qo‘1 kaftlarda ter ajralishi 
uchun teri ostiga atsetilxolin kiritishgina emas, balki adrenalin kiritish 
ham ter ajralishiga sabab boTa oladi. Aftidan, ter ajralishining ikki turi -
harorat va emotsional turlari bor (odam qattiq qo‘rqqanda sovuq ter 
bosishi). Harorat ko‘tarilganda ter chiqartiruvchi impulslar ter bezlariga 
simpatik nervlaming xolinergik oxirlari orqali, emotsional ter chiqartiruvchi 
impulslar esa simpatik nervlam ing adrenergik oxirlari orqali o ‘tadi.
A rteriyalar va arteriolalarda asoson tom ir toraytiruvchi sim patik 
nervlaming tolalari bor. Organizmning faqat chekli qismlarida, masalan,, 
so‘lak bezlarida, tilda, jinsiy olatning g ‘orsimon tanalarida qo‘shaloq 
(tomir toraytiruvchi va kengaytiruvchi) innervatsiya bor. Organizmning 
shu qismlarida tomirlar tomir toraytiruvchi simpatik nervlardangina emas, 
tom ir kengaytiruvchi parasim patik nervlardan ham innervatsiya oladi. 
Skelet m uskullarida arterial innervatsiyasida b a ’zi b ir o ‘ziga xos 
xususiyatlar bor, bu arterial tomir toraytiruvchi adrenergik simpatik tolalar 
va tom ir kengaytiruvchi xolinergik simpatik tolalar bilan ta ’minlangan 
(xolinergik simpatik tolalar muskullar ishlagan vaqtda tomirlami kegaytirsa 
kerak). 0 ‘tgan asm ing 70-yillaridayoq Shtriker tajribalarida olingan va 
boshqa tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan natijalar fiziologiyaga 
doir adabiyotda bir talay m unozaraga sabab b o ‘ldi. 0 ‘sha tajribalarda 
orqa miyaning keyingi ildizlarini qirqib qo'yish, periferik uchlariga ta ’sir 
etilganda (afferent tolalar o ‘sha ildizlardan o ‘tadi) gavdaning tegishli 
segmentidagi tom irlar kengayishi kuzatilgan. Shunga asoslanib, orqa 
ildizlaming tolalari periferiyadan markaziy nerv tizimiga impulslar o‘tkazish 
bilan birga markaziy nerv tizimidan periferiyaga ham impulslar o‘tkazadi, 
degan fikr bildirildi. Shu efferent im pulslar maxsus nerv tolalari orqali


o ‘tadimi yoki afferent nerv impulslarini o‘tkazuvchi tolalar orqali o‘tadimi,
- bu to‘g ‘rida yakdil fikr yo‘q. V.Beylis va L.A.Orbeli nazariyasiga muvofiq, 
orqa ild izlarn in g b ir x ildagi to la lari im pulslarni ikki tom onlam a 
o ‘tkazaveradi. H ar bir tolaning b ir shoxchasi reseptorga, ikkinchi 
shoxchasi qon-tom iriga boradi. Tanalari orqa miya tugunlarida yotgan 
reseptor neyronlar ikki yoqlam a funksiyani o ‘taydi: ular afferent 
im pulslarni orqa m iyaga o ‘tkazib, reseptor neyronlar funksiyasini 
bajaradi, impulslarni teskari - antidrom y o ‘nalishda tomirlarga o ik azib , 
tom ir kengaytiruvchi nervlar funksiyasini o ‘taydi. Boshqa ham m a nerv 
tolalari kabi, afferent tolalar ham ikki tomonlama o ‘tkazuvchan b o ig a n i 
uchun impulslar ikki tomonlama o‘ta oladi.
Ikkinchi nazariyaga muvofiq, reseptor nerv oxirlarida atsetilxolin va 
gistamin hosil b o iib , to ‘qimalarga diffuziyalanib o'tganligi va yaqin 
oradagi tom irlam i kengaytirganligi tufayli, orqa ildizlar ta ’sirlanganda 
teri tomirlari kengayadi.
Odamdagi tom ir reaksiyalarini tekshirish uchun klinikada bir necha 
sinam a q o ilan ilad i. Shulardan biri -

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish