Termik signallar termoreseptorlarda hosil b o ia d i. Termoreseptor-
laming ikki xili muvjud. Birinchisi tana «po‘stlog‘ida» joylashgan b o iib :
terida va teri osti to ‘qimalarida (teri va teri osti qon tomirlari) periferik
(chekka) reseptorlar, ikkinchisi markaziy nerv tizimining turli boiim larida
joylashgan neyronlar. U lar gipotalam usda nisbatan ko‘p uchraydilar.
(markaziy termoreseptorlar).
Yuqori sutemizuvchilar va odamlarda boshqa ta ’sirlarga
nisbatan
haroratga sezgir xususiy termoreseptorlaming mavjudligi isbotlangan.
Termoreseptorlaming ikki turi mavjud: sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi.
Ikkala tur termoreseptorlar ham doimiy faollikka ega bo iib, ularning impulslari
soni temperaturaga bogiiq. Haroratning o‘zgarishi impulslaming o‘rtacha
sonini o‘zgartiradi. Sovuqni sezuvchi termoreseptorlaming maksimal faolligi
20-33°C (o‘rtacha 26°C), issiqni sezuvchilar uchun esa 40-46°C (o‘rtacha
43°C)daengko‘p impulslar hosil qiladi.
13
23
33
43
Teri hararati °C
80-rasm.
Sovuqni sezuvchi (a) va issiqni sezuvchi (b) reseptorlarni statik
tavsifnomasi.
A gar o ‘rtacha haroratdan asta-sekinlik
bilan haroratni u yoki bu
tomonga o ‘zgartirilsa, sovuqni va issiqni sezuvchi termoreseptorlaming
maksimal faolligi pasayadi.
Termoreseptorlami farqlash uchun temperaturaviy ta ’sir k o ‘rsatiladi.
Sovuqni sezuvchi reseptorlar sovuq ta ’siriga im pulslarni qisqa vaqt
keskin k o ‘paytirish va issiq ta ’siriga qisqa vaqt faollikni to ‘xtatish bilan
javob beradi. Issiqni sezuvchi reseptorlar
qarama-qarshi javob beradi,
377
issiq ta ’sirga keskin impulslarni k o ‘paytirish va sovuq ta ’siriga faollikni
susaytirish bilan javob beradi.
P e rifik te rm o re se p to rlarn in g k o 'p c h ilig in i so v u q n i sezuvchi
termoreseptorlar tashkil qilsa, markaziy termoreseptorlarning ko‘pchiligini
issiqni sezuvchi gipotalamus neyronlari tashkil qiladi.
Termoreseptorlarda hosil b o ig a n impulslar tegishli y o ila r orqali bosh
miya yarim sharlari po‘stlog‘i va gipotalamus tuzilmalariga boradi. Periferik
termoreseptorlardan signallar
oldingi gopotalamusga borib, markaziy
etalonlar bilan solishtiriladi. Natijada organizmni «yadro» si va «po‘stlog‘i»
haroratlari solishtirilib gipotalamus tuzilmalari
tomonidan kimyoviy va
fizikaviy termoregulyatsiyarii boshqaruvchi axborot tayyorlanadi.
M o” tadil haroratli muhitda tana haroratining doimiyligini saqlash
uchun term oregulyatsiyaning maxsus mexanizm larini
ishlatish talab
qilinmaydi.
M o‘’tadil haroratli muhitdan sovuqroq muhitda sovuqni sezuvchi
term oreseptorlarning faolligi orttadi. H osil
b o ig a n im pulslar orqa
gipotalamus tuzilmalarining tonusini ortiradi, natijada simpatik nerv tizimi
ta ’siri orqali teri va teri osti qon tomirlari torayadi. «Po‘stloq»da qon
oqishining kamayishi issiqlikning chiqib ketishini ozaytirib, organizmni
sovushdan saqlaydi.
Organizmning isishi periferik sovuq termoreseptorlarning faolligini
susaytiradi. Bu o ‘z navbatida gipotalamus tuzilmalarining simpatik nerv
tizim iga ta ’sirini susaytiradi. N atijada teri osti qon tomirlari kengayib
ulardan qon oqishi ortadi. Bu o ‘z navbatida
teri orqali issiqlikning
chiqishini k o ‘paytirib organizmni isib ketishdan saqlaydi.
Shunday qilib gipotalamusdagi tana haroratini boshqaruvchi markaz
termoreseptorlarda hosil b o ia y o tg an signallam i to ‘plab, organizmning
termik holatiga qarab kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiyalami amalga
oshiruvchi jarayonlam i boshqarish orqali gomoyoterm organizmning
temperaturaviy gomeostazini ta ’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: