3-Amaliy mashg’ulot
Parmalovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Mazkur yo'riqnoma barcha modifikasiyadagi parmalash
stanoklarida ishlovchi
parmalovchilar uchun mo'ljallangan.
2. Parmalovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmagan;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tgan;
2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil
qilish va bilimlarni sinash to'g'risida" gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz
usul va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari sinalgan
va belgilangan shaklda
guvohnoma olgan;
2.4. "…Nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik
texnikasi bo'yicha instruktajni o'tgan;
2.5. yuk ko'tarish
mexanizmlari, charxlash stanoklari bilan ishlash zarur bo'lganda
qo'shimcha o'qigan va xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni "Mehnat muhofazasi
bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi
Nizomga muvofiq
o'tgan.
2.6.(Nizomga muvofiq) instruktajdan o'tgan.
3. Parmalovchi quyidagilarga majbur:
3.1. korxonadagi ichki mehnat tartib qoidalarini (IMTQ), mehnat va dam olish
rejimini bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida
spirtli ichimliklar
iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha
bilimi sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish;
3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, himoya ko'zoynaklardan, hamda
saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni
ko'rsata bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha
vaziyatni saqlab turish va
bu haqida bevosita rahbarga xabar berish;
3.8. ish bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.9.mashinalar, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va boshqa
xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida ustaga (brigadirga) xabar qilish va tegishli
choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;
4. Parmalovchiga ish joyida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir
etishi mumkin:
4.1. jihozda ishlashda elektr tokidan shikastlanish;
4.2. detallarni parmalashda metall qirindilaridan jarohatlanish;
4.3. moylash-sovutish suyuqligi (SOJ);
5. Ushbu yo'riqnoma
talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish
hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan
tartibda javobgarlikka
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: