zonasidan tashqarida o'rnatish imkoniyatini beruvchi stanokning maxsus ko'p o'rinli
moslamaga ega bo'lgan holati bundan mustasno;
8.7. kesish asboblarini o'rnatishda ularning ishonchli va mustahkam qotirilganligiga
va to'g'ri markazlashganligiga e'tibor qilish, asboblarni o'rnatishni esa, stanok to'liq
to'xtatilgandan keyin bajarish;
8.8. asboblarni almashtirishda shpindelni tushirish, stanok ishlab turgan holatda
asboblarni almashtirish, faqatgina tez almashtiriluvchi maxsus patronlar bo'lganda
ruxsat etiladi;
8.9. konussimon quyrug'i yelangan asboblardan foydalanmaslik, shpindelga
konussimon quyruqli parma yoki razvertkalar o'rnatishda asbobning kesuvchi qirrasi
bilan qo'lni kesishidan ehtiyot bo'lish kerak;
8.10. parmalanayotgan detalni qo'lda ushlab turish taqiqlanadi, mahkamlash
moslamalari bo'lmagan holatda mayda detallarni ustaning ruxsatidan keyin dastaki
tiskilar, qisqichlar yoki yassi paralell jag'li ombirlar bilan tutib turish mumkin;
8.11. parma va detal patroni qotirilganligi bo'shashganda darhol stanokni to'tatish,
hamda buyum stolda parma bilan birga aylanayotgan bo'lsa uni qo'lda tutishga
urinmasdan tegishli moslamalardan foydalanish;
8.12. posangi (protivoves) trosidagi yuk yaroqliligi va mustahkam qotirilganligini
tekshirish;
8.13. mo'rt materiallarni parmalashda, stanokda qirindilardan himoya qurilmasi
bo'lmagan holda shaffof materialdan yasalgan himoya yoki saqlash shchitini taqish;
8.14. chuqur teshiklarni parmalashda qirindidan tozalash uchun vaqti-vaqti bilan
parmani teshikdan chiqarib turish;
8.15. parmalanayotgan detaldan va stoldan qirindini asbob to'xtagandan keyin olib
tashlash;
8.16. qovushqoq metallarda teshik parmalashda qirindi sindirgich ariqcha (kanavka)si
mavjud spiral parmalar qo'llash;
8.17. parma yoki patronni almashtirishda yog'och tagliklardan foydalanish;
8.18. kesish asbobini ishlov berilayotgan detalga asta sekin, zarbsiz, ravon
yo'naltirish;
8.19. parmani dastaki uzatishda va teshib o'tishga parmalashda yoki mayda parmalar
bilan teshishda richagni qattiq bosmaslik, avtomatik uzatishda uzatishni pasportda
keltirilgan normadan oshishiga yo'l qo'ymaslik;
8.20. stanokni to'xtatishdan oldin albatta asbobni ishlov berilayotgan detaldan
uzoqlashtirish.
9. Parmalovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
9.1. ishni himoya ko'zoynaklarisiz bajarish;
9.2. parmalanayotgan detalni qo'l bilan ushlab turish;
9.3. stanok ishlab turganda detal, moslama va asboblarni qotirish;
9.4. stanok asosi ishonchli mahkamlanmagan holda radial-parmalash stanogida
ishlash;
9.5. qo'lqoplarda va bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz
(napalchniksiz) ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: