2021 development issues of innovative economy in the agricultural sector



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/635
Sana25.03.2023
Hajmi6,63 Mb.
#921645
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   635
Bog'liq
SBTSUE CONFERENCE 1 PART compressed

Norqulova Zoxida Toshbayevna
2
 
 
 
 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida raqamli tеxnologiya va 
zamonaviy usullarni joriy etishning o’rni va ahamiyati, ayniqsa, pеdagog kadrlar va yoshlarning 
intеllеktual salohiyatini yuksaltirish va axborot tеxnologiyalari sohasini qo’llab
-quvvatlash davlat 
siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanligi hahida so’z yuritilgan.
 
Аннотация:
В статье рассматривается роль и важность внедрения цифровых технологий и 
современных методов в систему высшего образования страны, в частности, повышение 
интеллектуального потенциала учителей и молодежи и поддержка информационных технологий 
является одним из приоритетов государственной политики.
 
Annotation:
The article examines the role and importance of introducing digital technologies and 
modern methods into the country's higher education system, in particular, increasing the intellectual 
potential of teachers and youth and supporting information technology is one of the priorities of state 
policy. 
 
Kalit s
o’zlar
:
raqamli texnologiya, UNESCOning ma’lumoti, onlayn ta’lim, modulli o‘qitish, 
raqamli avlod, innovatsion ta’lim, zamonaviy pedagog, elektron darsliklar.
1,2
Jizzax politexnika instituti
katta o‘qituvchi
lari 
O‘zbekiston Respublikasi,. Jizzax shahri.
 
Tel:+998915917660
;
E-mail: 
(
matchanova195806@mail.ru



423 
 

“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE 
AGRICULTURAL SECTOR”
 
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021. 
Web: 
http://conference.sbtsue.uz/uz
 
Bugun zamonning shiddatkor to‘lqinlariga bardoshli bo‘lishning, rivojlanish va taraqqiyotning, 
qolaversa, global integratsiyaning 
yagona yo‘li ta’lim
-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirish ekani isbot talab 
qilmaydigan aksiomaga aylandi. Ana shu hayotiy haqiqatni ro‘yobga chiqarish O‘zbekistonning strategik 
maqsadlaridan biridir. 
Shuning uchun ham, O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks
rivojlantirish, 
malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. 
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda va 
iqtisodiyot, bank, xizmatlar sektori shuningdek, ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda rivojlanishiga 
xizmat qilmoqda. 
Ko‘pgina mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘qish j
arayoniga sifatli kadrlar tayyorlash 
uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llay boshladi. Bugungi kunda “raqamli” mamlakatlar 
ichida еtakchilar bu Norvеgiya, Shvеtsiya hamda Shvеytsariyadir. Bu borada top
-10 davlatlar qatoriga 
AQSh, Buyuk Britaniya, 
Daniya, Finlyandiya, Singapur va Janubiy Korеya kiradiTa’lim tizimi tajribalari 
shuni 
ko‘rsatmokdaki, 
o‘quv 
jarayonida 
internet 
tizimi 
va 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalari(AKT)ning yangi bilimlarini egallash, saqlash, uzatish hamda amaliy qarorlar qabul qilish 
vositasiga aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan yaxshilashning imkoniyatlari tobora 
kengayib bormokda. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “COVID
-
2019” pandemiyasi barcha sohalar singari ta’lim 
tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, jumladan bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarining barchasi 
ommaviy ravishda muddatidan oldin ta’tilga chiqishdi. UNESCOning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo 
bo‘yicha 1,7 milliard o‘quvchilar darslar to‘xtatilgani sabab an’anaviy o‘qishdan mahrum bo‘lishd
i. 
Yu
zdan ortiq mamlakatlarda universitetlarning yopilishi dunyo talabalarining 90 foizini uyda o‘tirishga 
majbur qildi. 2020 yil 3 martga kelib UNESCO 13 ta mamlakatda ta’lim muassasalarining vaqtincha 
yopilishi oqibatida 290,5 million o‘quvchi va talaba
o‘qishdan uzilib qolganini ma’lum qildi va ularni 
zudlik bilan masofaviy ta’limga o‘tishga chaqirdi. Pandemiya sharoitida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim 
muassasalari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta’limni yo‘lga qo‘ydi. Bu jarayonning 
o‘zi ham mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatdi. Sababi, shu kungacha hali 
hech bir oliy o‘quv yurti bunday tartibga o‘ta olmayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun pandemiya 
sabab ta’lim muassasalarini yopgan mamlakatlarning 60 foizigina to‘liq raqamli ta’limga o‘tgan. 
Ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb
-saytlarida ham MOODLE, Platonus, Moodle LMS, 
SRS (Student Records System), MOOC kabi masofaviy ta’lim platformalari hamda mobil telefon va 
planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib onlayn darslar tashkil etilishi 
boshlandi. Ba’zi xalqaro ekspertlar onlayn ta’limga to‘liq o‘tib bo‘lmasligi, bu jarayonga muammoli 
vaziyatdan chiqish yo‘li sifatida qarash lozimligini, aks holda ta’lim sifati tushib ketishini ta’kidlasa, 
ba’zilar zamonaviy ta’lim uchun yangi davr boshlanganini e’tirof etmoqda.
Oliy ta’limda onlayn o‘qitishning zamonaviy usullardan biri modulli o‘qitish hisoblanadi. 
Pedagogika va metodikada modul butun tizimning muhim qismi sifatida qaraladi va uni bilmaslik 
didaktik tizimning ishlamasligiga olib keladi. Modulli o‘qitish o‘quv axboroti, ta’limning mazmuni va 
o‘quvchilar ishini to‘liq, mantiqiy tugallangan o‘quv bloklari (modullari) asosida tashkil etishni qat’iy 
strukturalashni k
o‘zda tutadi. Modulli o‘qitishda barcha jarayonlar oldindan dasturlangan bo‘ladi, ya’ni 
faqatgina o‘quv materialini o‘rganish ketma
-
ketligigina emas, balki uni o‘zlashtirish darajasi va 
o‘zlashtirish sifatini nazorat qilish belgilangan bo‘ladi.
Shuni aloh
ida ta’kidlash lozimki, bugungi kun auditoriyalari o‘n yil avvalgilaridan juda katta farq 
qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-
doskalar va boshqa turdagi ta’lim 
texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham raqamli 
avlodning etti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari 
paydo bo‘lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo‘lish va u bilan doimiy o‘zaro munosabat 
natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr 
yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda.
Shunga ko‘ra, davr talabidan kelib chiqib, zamonaviy axborot
-kommunikatsiya texnologiyalariga 
asoslangan innovatsion ta
’lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo‘llash 
orqali ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida tadqiqotga 
asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotda talabalarning 


424 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   635




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish