О„zbekiston
Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi -
1
Раият—халқ.
24
qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga
‖ (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy
istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: ―О‗zbekiston‖, 1996, 15-b.
).
Bu fikr Konstitusiyaning 11-moddasida о‗z aksini topgan: ―
О„zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо„linishi prinsipiga asoslanadi
‖ (
О‗zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi. - T.: О‗zbekiston. 2008. 6-bet.
). Hokimiyatlar bо‗linishi
tamoyilining mavjud bо‗lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat
organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yо‗l ochib
beradigan va bir shaxs yoki organning qо‗lida hokimiyatning tо‗planishiga imkon
bermaydigan о‗zaro munosabatlar tartibi о‗rnatiladi.
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yо‗nalishlari - pirovard
natijada О‗zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga
qaratilgan.
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat
ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, jamiyat fuqarolari о‗rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq
bо‗lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yо‗lida birlashib, muammolarni hal
etishda oqilona faoliyat kо‗rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida
mas‘uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki
hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo
davlatlari hamjamiyati e‘tirof etgan yо‗riqlari mavjud bо‗lib, bevosita fuqaroning
о‗z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning kо‗pchilikka
bо‗ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy
e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun
ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir
mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning
о‘zi
kifoya qiladimi?
Yо‘q.,
albatta.
Chunki,
har
bir xalqning о‗z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari,
hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga
yondashishning о‗ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda
demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan о‗ziga xos va о‗ziga mos
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bо‗lmaydi. YA‘ni, Sharqda
demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada
inqilobiy о‗zgarishlar yasashga urinishlar g‗oyat noxush, hatto fojiali natijalarga
olib keladi. Inqilobni G‗arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va
yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yо‗l bizga aslo tо‗g‗ri kelmaydi.
Aslida
demokratiyani
joriy
etishda
yurtimizda
о‗zbekona tamoyillar
shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, ikkinchidan,
demokratiyaning tashqi siyosatdagi о‗ziga xosligini ta‘minlaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish
va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor
yoki yо‗q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga о‗tayotganda, unga yо‗riqnomalar,
kо‗rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bо‗lmaydi?! Bu haqda juda kо‗p
aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun
zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy
25
davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini
SHо‗ro qarashlari bilan о‗lchab bо‗lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan
kelib chiqib, о‗z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yо‗lboshchimiz Islom
Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi
zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bо‗lgan
javobgarlikni yuklaydi.
О‗rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar о‗zini «demokrat», davlatini esa
«demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga,
uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar
hukmron bо‗lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bо‗la oladi. Bizning davlatimizga kelsak,
XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi о‗yinlari
emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g‗oyadan voqelikka aylangan haqiqiy
demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qо‗ygan shahdam qadamlarimiz, bu
borada qо‗lga kiritgan yutuqlarimiz bilan О‗zbekiston davlati tanlagan yо‗l -
demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi.
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar
bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta‘sir kо‗rsatadi, albatta. Yevropa
Ittifoqi va О‗zbekiston munosabatlari tо‗g‗risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan
muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik tо‗g‗risidagi Bitim imzolanishi bilan
demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida
Yevropa Komissiyasi О‗zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa kо‗magi) dasturining
bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak,
demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy
davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti
asosiy omil bо‗lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani о‗z mentaliteti, о‗z
kо‗nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy
qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bо‗lgan tamoyillar har bir
davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi
ijtimoiy ongining faolligi bilan bog‗liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa
ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik
jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak,
demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida
qо‗lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va
halol harakati, о‗z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli
kurashlari, faol mehnati natijasida qо‗lga kiritilgan. Islom Karimov har doim,
milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yо‗llar
vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning
huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol
erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bо‗lib, har qanday davlatning demokratik
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb
ta‘kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart.
26
Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish
ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо‗lini tanlab jadal sur‘atlarda
rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida
demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy
о‗rganishi muhim ahamiyatga ega. YA‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga
ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо‗lishlari
va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi
ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‗arb turmush tarziga mos bо‗lsa va uni
targ‗ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо‗g‗ri kelmasa,
qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о‗zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq
uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar,
manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо‗rib
turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga
ega. О‗zbekiston ham undan chetda emas. Shu о‗rinda haqiqiy demokratiyaning
soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‗liq fuqarolik madaniyatiga ega
bо‗lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik о‗yinlar»ning, qarashlarning,
chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi
milliy manfaatga tо‗g‗ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо‗rishga yetadigan
uyg‗oq ong va tafakkurga ega bо‗lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga
tayyor bо‗lishi, unga befarq bо‗lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada
dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
Tо‗g‗ri va haqiqiy bunyodkorlik g‗oyasini faqat milliy davlatning demokratik
qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari
erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni
ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir
bо‗lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning
muhim yо‗nalishlarini tashkil etadi. О‗zligini anglagan xalq mustaqillikka, о‗z
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо‗zi bilan qaraydi! Jahonda о‗ziga
xos о‗ringa va nufuzga ega bо‗layotgan О‗zbekiston davlati ana shunday milliy
demokratik yо‗ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо‗lgan katta
iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan
darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd
qilish kerak, XX asrning sо‗nggi о‗n yilligi О‗zbekiston milliy davlatchiligi uchun
ulkan
tarixiy-inqilobiy
о‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о‗n yillik
mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-
ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |