Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet250/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Ukraina, Belorus, Moldova, Rossiya-
ning Yevropa qismining qumli cho‘l tumanlarida hamda Kavkaz,
Janubiy Sibir, O‘rta Osiyoda uchraydi.
Mahsulot Ukraina, Moldova, Belorus va Rossiyaning ayrim
viloyatlarida tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.
Qalqonsimon to‘pgullar endi gullay
boshlaganda 1 sm poyasi bilan qirqib olinadi, so‘ngra ularni
qismlarga bo‘lib, soya yerda (rangi o‘zgarmasligi uchun) quri-
tiladi. Quritilgan mahsulot qorong‘i yerda saqlanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot yakka yoki
bir nechtasi bir bo‘lgan savatcha (gulto‘plami) dan tashkil
topgan. Savatcha sharsimon bo‘lib, diametri 4—10 mm. Savat-
chaning o‘rama barglari pardasimon, quruq, to‘mtoq uchli
bo‘lib, limon rangiga bo‘yalgan. Barcha gullari naychasimon,
sariq rangli, uchmali bo‘ladi. Savatcha chetidagi gullari bir jinsli
(onalik gullar), o‘rtadagilari esa ikki jinsli, gul o‘rni tuksiz.
Kosachabargi tukka aylangan, gultojisi besh tishli bo‘lib, ustki
tomonida tillarangli bezlari bor, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir
xonali, pastga joylashgan. Mahsulot kuchsiz yoqimli hidli va
o‘tkir achchiq mazaga ega.
Mahsulotda gullari ochilmagan (gullamasdan oldin yig‘il-
gan) yoki gullari tushib ketgan (gullab bo‘lgandan so‘ng yi-
g‘ilgan) savatchalar va uzun poyalar bo‘lmasligi kerak.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig‘in-
disining miqdori saliðurpozid bo‘yicha hisoblanganda 6% dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi.
Bo‘znoch savatchasi (gulto‘plami) tarki-
bida flavonoidlar (saliðurpozid, kempferol, naringenin, apige-
nin va boshqalar), organik kislotalar, polisaxaridlar, inozit,
0,4% efir moyi, achchiq, oshlovchi, shilliq va boshqa moddalar
bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘li kasalliklarini davo-
lashda hamda o‘t haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish