Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
G‘unchalar cho‘ziq-tuxum-
simon, uzunligi 3—7 (ko‘pincha 4—5) mm, eni 1,5—3 mm,
gulbandi ingichka, 0,5—4 mm uzunlikda, tez sinadigan. Gul-
kosachasi naychasimon, 5 ta to‘mtoq tishli, sarg‘ish-yashil
274
rangli, biroz tukli (lupada ko‘rinadi). Gultojisi kosacha bilan teng
yoki biroz undan chiqib turadi, och sariq rangli. Mahsulot
kuchsiz, o‘ziga xos hidga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Yapon soforasi g‘unchasi va mevasi tarki-
bida flavonoidlar, vitamin C, bo‘yoq, oshlovchi va boshqa
moddalar bo‘ladi. Asosiy flavonoidi rutin hisoblanadi. Rutin
miqdori g‘unchasi (guli) tarkibida 0,3-44% gacha, bargida
1,13-3,5% (ba’zan 17% gacha) bo‘lishi mumkin. Mahsulot
tarkibida rutindan tashqari kversetin, kempferol va boshqa
flavonoidlar bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Yapon soforasi rutin olinadigan asosiy mah-
sulot hisoblanadi. Mevasidan tayyorlangan nastoykasi yiringli
va trofik yaralar hamda kuygan joyni davolash uchun ishlatiladi.
Nastoyka bakteritsid va yaralarni bitishini tezlashtiradigan
ta’sirga ega.
Rutin (hamda qo‘shimcha olinadigan kversetin) vitamin P
yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar (giðo- va avita-
minoz), qon tomirlar devori o‘tkazuvchanligining buzilishidan
kelib chiqqan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‘z pardasiga qon
quyilishi, kapillar toksikozi, nur kasalligi, giðertoniya, revma-
tizm, qizamiq, bo‘g‘ma, tif va boshqa kasalliklarni davolash
hamda oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Rutin (kukun va tabletka holida chiqa-
riladi), kversetin (tabletka holida chiqariladi) va mevadan tayyor-
langan nastoyka.
QUMLOQ BO‘ZNOCHINI GULI – FLORES HELICHRYSI
ARENARII (FLORES STOECHADOS CITRINAE)
O‘simlikning nomi.
Qumloq bo‘znochi — Helichrysum are-
narium D.C., astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldosh-
lar — Compositae) oilasiga kiradi (70-rangli rasm).
Ko‘p yillik, bo‘yi 20—35, ba’zan 50 sm ga yetadigan o‘t
o‘simlik. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi yoki ko‘tariluvchi. Il-
dizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari cho‘ziq, teskari
tuxumsimon, tekis qirrali, band tomoniga qarab toraya boradi.
Poyaning o‘rta va yuqori qismidagi barglari bandsiz, cho‘ziq,
lansetsimon, tekis qirrali, to‘mtoq uchli. Poyada barglar ketma-
ket o‘rnashgan. Gullari sariq rangli bo‘lib, savatchaga to‘plan-
gan, Savatchalar esa qalqonsimon to‘pgulni tashkil etadi. Me-
vasi — cho‘ziqroq va uchmali pista. O‘simlikning barcha yerustki
275
qismi oq tuklar bilan qoplangan. Iyun-avgust oylarida gullaydi,
mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |