Farmokognoziya oxiri p65


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet257/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot poyaning
yuqori qismidan, bargdan va savatchaga to‘plangan g‘unchalar-
dan yoki gullardan iborat. Poyaning yuqori qismi ingichka bo‘-
lib, unda mayda, qarama-qarshi o‘rnashgan barglari bor. Bargi
uch bo‘lakka chuqur qirqilgan, uzunligi 15 sm. Barg bo‘lak-
chalari lansetsimon shaklli, arrasimon-tishsimon qirrali bo‘lib,
ularning o‘rtadagi bo‘lakchasi yon tomondagilariga nisbatan
ancha yirik. Savatchalar ikki qavat o‘rama barg bilan o‘ralgan.
Savatchadagi gullarning hammasi naychasimon, gulkosachasi
tukka aylanib ketgan, gultojisi naychasimon, 5 tishli, sariq
rangli. Otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan.
Mahsulot o‘ziga xos hidga va lovullatuvchi achchiq mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 28,3—61,26 mg%
karotin, 748-953,3 mg% vitamin C, 0,16-0,18% efir moyi,
3,55 % gacha polifenollar, 3 % gacha polisaxaridlar, flavonoidlar
(luteolin va uning glikozidlari — sinarozid va boshqalar),
kumarinlar, 4,3—6,8 % oshlovchi, shilliq, achchiq va boshqa
moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Xalq tabobatida mahsulotdan tayyorlangan
preparatlar shirincha va bolalarda uchraydigan ba’zi diatez
kasalliklarida ishlatiladi.
Tibbiyotda podagra kasalligini davolash uchun hamda siy-
dik haydovchi (toloknyankaning bargi va oqqayin kurtaklari
bilan birgalikda) va ter haydovchi, ovqat hazm qilish jarayo-
nini yaxshilovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, mah-
sulotdan ba’zi teri kasalliklari (ekzema va boshqalar) hamda
bolalarning diatez kasalliklarida ishlatiladigan shifobaxsh van-
nalar tayyorlashda foydalaniladi.
Dorivor preparatlari.
Damlama, qaynatma. Mahsulot
Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi.
DALA QIRQBO‘G‘IMINING YERUSTKI QISMI – HERBA
EQUISETI ARVENSIS
O‘simlikning nomi.
Dala qirqbo‘g‘imi — Equisetum arvense
L., qirqbo‘g‘imdoshlar — Equisetaceae oilasiga kiradi (76-rangli
rasm).


282
Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik, sporali o‘simlik. U shu xusu-
siyati bilan botqoq gnafaliumi (76-rangli rasm) dan farq qiladi.
Ildizpoyasi uzun, bo‘gimli bo‘lib, undan yer ostiga qarab in-
gichka qoramtir ildizlar, yer ustiga esa 2 xil poya o‘sib chiqadi.
Ildizpoyada zaxira oziq moddalar to‘planadigan tugunaklar bor.
O‘simlik poyasi bahorgi va yozgi bo‘ladi. Bahorgi poya jigarrang
yoki qizg‘ish, yumshoq, bo‘yi 15—20 sm bo‘lib, spora hosil
qiladi. Bu poya erta bahorda o‘sib chiqadi. Uning uchki qismida
spora barglardan tashkil topgan boshoqcha taraqqiy etadi. Spora
barglarining ostki tomonida sporangiyalar, ularni ichida sporalar
paydo bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng boshoq cho‘ziladi,
sporangiyalar yoriladi va ular ichidan chiqqan sporalar yerga
sochiladi. Qulay yerga tushgan sporalar unib chiqib, qirqbo‘-
g‘imning jinsiy nasliga — gametofitga aylanadi. Gametofitlar ikki
uyli, bir jinsli bo‘lib, birinchisida faqat otalik jinsiy organi —
anteridiyalar, ikkinchisida esa onalik jinsiy organi — arxegoniya-
lar taraqqiy etadi. Otalangan arxegoniyaning tuxum hujayrasi-
dan yosh qirqbo‘g‘im (jinssiz nasli) o‘sib chiqadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish