6
tartib-intizom va havfsizlikka rioya etishni ta’minlash;
ishlab chiqarishni umumiy madaniyatini oshirish.
Kanban tizimi yana bir maqsadi zaxirani kamaytirishga intilib,
ishlab
chiqarishdagi muammoni hal qilish va ko`rsatish usulidir.
Yaponchadan
Andon
so`zini tarjima qilganimizda “cho`ntak fonari” degan
ma’noni anglatadi. Qadimiy Yaponiyada andon mayoq olovi sifatida hizmat qilgan.
Lekin hozirgi kunga kelib andon ishlab chiqarishda kuzatuv (vizual) nazorat va signal
yuboruvchi uskuna sifatida ishlatilib kelinmoqda. Bu maqolani o`qish chog’ida
sizlarda savol tug’ilishi turgan gap: nima uchun oddiygina qilib “signalizatsiya tizimi”
yoki “signal yuborish vositasi” deb qo`yaqolmasdan andon deyiladi? Shu kabi
savollarga quydagicha javob beramiz: bu termin butun jahonda qabul qilingan. Har
qanday chet ellik boshqaruvchi yoki mutaxasis andon
deyilsa signal tizimi deb
tushintirishdan osonroq tushinib oladi.
Boshqa manbaada andon – bu rahbariyatni habardor etish, texnik – ta’mirlash
hizmatini taminlash va ish jarayoni paytidagi sifat buzilishi yoki boshqa nuqsonlar
yuzaga kelganda ishchilarni habardor qilinishiga aytiladi.
Barcha tashkilotlar tejamkor ishlab chiqarishni tanlagan yoki lean uslubini
qo`llaganlar bitta umumiy maqsadni ko`zlaganlar: ularning
barchasi muammolarni
topish maqsadida qo`llaydilar. Ular tushinishadiki aniqlangan muammogina bartaraf
qilinishi mumkin. Bir muammoni hal etgandan so`ngina keyingisiga o`tish lozim.
Doimiy takomillashtirish (yaxshilanish) tejamkor ishlab chiqarishning bir bo`lagidir.
Andon tizimi doimiy yaxshilanib borish uchun xizmat qiladi, bu esa uning asosiy
maqsadi. Andon tizimining ishlash jarayoni judaham oddiy. Moammo, nosozlik
yuzaga kelgan zahoti ishchi tugmachani ezish, ipdan tortish, lampochkani yoqish kabi
usullardan foydalanib signal beradi. Usta, tuxtatuvchi,
logistik xizmat vakili yoki
bo`lmasa boshqa bir inson signalga qarab zudlik bilan yetib keladi va ishchiga
muammoni hal qilishda yordam beradi.
Shulardan kelib chiqib Andon - bu…..
1. Oddiygina vizual qaytargich.
2. Ishlab chiqarishni qo`llab turuvchi omil.
3. Muammolarni hal qilish uskunasi.
Lekin shu baravarda andon quydagilar hisoblanmaydi:
1. Shu kabi ma’lumotlarni yuborish vositasi.
2. Umumiy malumotlar displeyi.
3. Sexrli tayoqcha emas, u shunchaki qurulma.
To`g’ri ishlatilishi va yaxshi javob qaytarilganda andonning avzalligini
quyidagilar misolida ko`rishimiz mumkin.
1. Muammolar tez aniqlanadi va tezlik bilan javob qaytariladi.
7
2. Qaytalanuvchi muammolar erta aniqlangani uchun tezda bartaraf qilinadi va
kerakli choralar qo`llaniladi.
3. Ishchilar muammo yuz berganda jarayonni to`xtatishi uchun ruxsat beriladi.
4. Nosozlik boshqa joylarga tarqalishini va tuzatib bo`lmas
holatga tushishini
oldini oladi.
5. Muammolar hal etilishi mumkin holida qoladi.
6. Ish vaqti va sifat yanada oshadi.
7. Muammo hal qilingach ishchilarda ishlash g’ayrati ortadi.
Shunday qilib andon tizimining funktsiyalanish usullari negizida quyidagi uch
kalit so`z yotadi: “to`xtatish, xabar qilish va kutish”. Ya’ni ishchi muammo bilan
to`qnash kelganda harakatlanishdan to`xtaydi va signal yuborib unga yordam
ko`rsatilmaguncha kutadi.
Andon tizimining bekami ko`stsiz ishlashi uchun quyidagilar talab qilinadi.
1. Jarayonning har bir bosqichida sifatning nazoratini o`rnatish kerak,
chunki
oddiy va tez hal qilinadigan muammolarni hal qilishda muhum o`rin tutadi.
2. Jarayondagi nozik bo`lgan joylarni topib ayniqsa sifatga ta’sir etuvchi, ko`p
xatolik yuz beradigan, nuqson yuzaga keladigan bo`lganda u yerda andon tizimini
o`rnatish kerak bo`ladi.
3. Muammolar ko`rinib turishi lozim, shu boisdan ularga bosim berish kerak. Bu
esa muammoni tez hal qilinishi uchun birinchi qadam bo`ladi. Biz muammoni
ko`rmagunimizcha uni hal eta olmaymiz.
4. Ishchilar o`rtasida o`z huquqlarini
belgilab berish kerak, sababi bu ularda
javobgarlik hissini ortiradi. Jarayondagi nosozlikni tuzatishlari uchun to`htatishga
ruxsat berish kerak.
5. Birinchi navbatda sifatni yaxshilang. Diqqatingizni sifat muammolariga
qarating, sababi eng muhim omillar shular hisoblanadi.
6. Tohta, habar qil va kut qoidasi butun tashkilotga tegishli bo`lishi shart faqatgina
bitta bo`limgagina emas.
7. Boshqarma yo`nalish va yordam berish bilan ta’minlangan bo`lishi lozim.
8. Shuningdek boshqarma ishchilarni muammolarini hal qilishda ruhlantirib
turishi kerak.
Andon ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvi haqida ma’lumotlar berib turadi.
Agarda ishlab chiqarish paytida tizimda qandaydur nosozlik yuz bersa
u darhol vizual
va ovozli tovushlar chiqarib xabar beradi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonini asosiy
qonun qoida asosida amalga oshirishning muhum instrumenti hisoblaniladi. Dzidoka
(Jidoka) – maxsulotning sifatini yuqori qilish maqsadida jarayonni to`xtatishga
aytiladi. Bu kabi ma’lumotli vositalar turiga quyidagilarni kiritish mumkin: rangli
chiroqlar, monitorlar, rangli tablolar va axborot panellari.
8
Buni Toyota ishlab chiqarish jarayoni (TPS-Toyota Production system) misolida
ham ko`rishimiz mumkin (1-rasm). Toyotaning yig’uv liniyasi quyidagi tartibta ish
olib boradi. Agarda ishchi nosozlik yoki muammoni sezguvdak bo`lsa, unda u “fal”ni
tortadi, fal esa Toyota firmasining butun yig’uv konveyri orqali o`tgan bo`ladi. So`ng
signal yangray boshlaydi va indekator tablosida sariq rang yonadi.
Bu qaysidur
hududda muammo yuzaga kelganidan habar beradi. SHundan so`ng u yerga katta
ishchi darhol yetib keladi va ma’sul ishchi bilan muammoni o`rganishib uni bartaraf
qilishadi. Bu vaqt oralig’ida ish joyida qizil rang yonib turadi, buning ma’nosi
muammo ustida ishlashayotganini anglatadi. Qolgan liniyalarda ma’lum bir vaqt ish
davom etirilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: