Mavzu: Biologiya fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi Ishdan maqsad



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana15.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#919040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Biologiya fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodi

Amaliy mashg‘ulot
– o‘qituvchi rahbarligida va uning hamkorligida 
bajariladi. Mashg‘ulot bir nechta tashkiliy qismlarga bo‘linadi. Amaliy 
mashg‘ulotni darsga qiyoslash mumkin. 

Laboratoriya ishi
- maxsus jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasida 
tashkil etilib, o‘qituvchi ishning maqsadini tushuntiradi va o‘quvchilarni 
topshiriqni bajarish algoritmi (tartibi) bilan tanishtiradi. Laboratoriya ishida 
bajarilishi lozim bo‘lgan amallar aniq o‘rnatilgan tartibda bajarilishi talab etiladi. 

Laboratoriya mashg‘uloti
- maxsus jihozlangan o‘quv-laboratoriya 
xonasi tashkil etilib, o‘quvchilar egallagan bilimlarini aniqlashtirish, uni tajribaviy 
uslubda isbotlash, tushunchalarini mustahkamlash, o‘quv-laboratoriya jihozlari 
bilan ishlashda amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 
o‘tkaziladi. Mashg‘ulot bir nechta tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, unda bir 


vaqtning o‘zida bir nechta laboratoriya ishi o‘tkazilishi mumkin (pichan 
bakteriyasi tayoqchasi va urug‘ tukachalarini mikroskopda ko‘rish). 
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, 
biologiya laboratoriya xonasining sanitariya-gigiyenik holatiga e’tibor berilishi 
lozim: havo almashinuvi, ozodaligi va boshqalar. 
Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga zarur 
bo‘lgan asbob hamda jihozlar yuvilgan va quritilgan bo‘lishi zarur. Tajriba 
maqsadi va vazifasiga qarab, o‘quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va 
jihozlar tayyorlanadi. Bunda, laborant-assistent uslubiy qo‘llanmada ko‘rsatilgan 
laboratoriya jihozlarini belgilangan miqdorlarda taqsimlab, muayyan tartibda 
tayyorlab qo‘yadi. 
Har bir jihozning o‘z o‘rni bo‘lishi lozim. Laboratoriya mashg‘ulotlari 
o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng, barcha jihozlar joy-joyiga qo‘yilishi kerak. Bu 
qoidani o‘quvchilarga singdirib borish kerak va u odat tusiga kirishiga erishish 
lozim. 
Darsda o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan yo‘riqnomalar, tavsiya va 
topshiriqli varaqalar ishlatilishi mumkin. Odatda ularda ishning maqsadi 
mujassamlanadi hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritiladi. 
Bunday varaqalar o‘quvchilarda qo‘yilgan" masalalarni mustaqil yechish, biologik 
tajribalarni qadam – baqadam amalga oshirish malakalarini rivojlantiradi. Mazkur 
topshiriq varaqalari bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqotchiligi, 
faolligi rivojlanib, ortib boradi. 
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida 
o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lish, har biriga alohida vazifalar berish, olingan 
natijalarning himoyasini tashkil qilish mumkin. Hamkorlikda amalga 
oshirilgan ish esa - o‘quvchilarning faolligini oshiradi, darsda olingan bilimlarni 
yanada mustahkamlaydi. 
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda yangi materialni kuzatish, tabiiy 
obyektlardan keng foydalanish uslubini tatbiq etish ko‘zda tutiladi. Bunday darslar 
real bilimlarni to‘plash, amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 
o‘tkaziladi. 
Biologiya darslarida o‘quvchilar bajarayotgan amaliy laboratoriya tajribalari 
ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan laboratoriya tajribalari 
o‘quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda o‘zlashtirishga, fikrlash faoliyati 
va biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga, mehnat malakalarini 
o‘stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini oshirishga, borliqni to‘g‘ri idrok etishni 
shakllantirishga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. 
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilishda va o‘tkazishda 
quyidagi rejadan foydalanish mumkin: 
-
o‘tilgan materialni takrorlash (suhbat, savol-javob); 
-
laboratoriya va amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifasini tushuntirish; 
-
o‘quv jihozlari bilan ishlash qoidalarini eslatish; 
-
ish tartibini tushuntirish; 
-
belgilangan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish; 
-
laboratoriya va amaliy mashg‘ulot natijalarini qayd qilish; 


-
laboratoriya va amaliy mashg‘ulot natijalarini himoyalash; 
-
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotni yakunlash; 
-
yakuniy savol-javob o‘tkazish; 
-
o‘quvchilarni reyting tizimida baholash. 
Biologiya darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish. 
Biologiya o‘quv dasturida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini 
mustahkamlash, ularni amaliyotga qo‘llash orqali biologik, amaliy va o‘quv 
mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg‘ulotlari 
kiritilgan. 
O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish uchun

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish