7-sinf biologiya (zoologiya).
1-laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu:Tufelkaning
tuzilishi.
Harakatlanishi va ta’sirlanishini
o‘rganish.
Maqsad:
Infuzoriya tufelkani mikropreparat orqali o‘rganish, bir hujayrali
hayvonlarning tuzilishi va hayot tarzi, harakatlanishini kuzatish, mustaqil
mikropreparat tayyorlash va mikroskop bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish,
oddiy amyoba, yashil evglena va infuzoriya tufelkasining hujayraviy tuzilishini
o‘zaro taqqoslash.
Kerakli jihozlar:
O‘quv laboratoriya mikroskopi, preparoval to‘plam
(pinset, skalpel, preparoval nina), polipropilen o‘lchov idishlar to‘plami, buyum
oynasi, qoplag‘ich oyna, filtr qog‘ozi, tomizgich, petri kosachasi, biologiya
xonalari uchun kimyoviy reakivlar to‘plami (sirka kislota, osh tuzi), infuzoriya
tufelkasi kulturasi.
Ishni bajarish tartibi:
1.
Mikroskop ish holatiga keltiriladi. Buning uchun mikroskop stol chetidan 3-4
sm uzoqlikda, shtativga qaratib joylashtiriladi.
2.
Pichan ivitmasi kulturasidan infuzoriya tufelkasi vaqtinchalik mikropreparati
tayyorlanadi.
3. Infuzoriya tufelkasi kulturasi oldindan tayyorlab olinadi.
4. Buyum oynasiga tomizgich yordamida tayyorlangan kulturadan bir-ikki tomchi
olib tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi, chetidagi ortiqcha suv filtr
qog‘ozi yordamida shimdirib olinadi.
5. Tayyorlanagan vaqtinchalik mikropreparat buyum stolchasiga qo‘yiladi va
mikroskopda kuzatiladi.
6. Kuzatishlar davomida infuzoriya tufelkasining tana shakli, og‘iz oldi
chuqurchasi o‘rganiladi, harakatlari kuzatilib, uning katta va kichik yadrosi, ovqat
hazm qilish va qisqaruvchi vakuolalari aniqlanadi, kuzatishlardan so‘ng daftarga
infuzoriya tufelkasining tuzulishi chiziladi, kuzatilgan tana qismlarining nomlari
yozib qo‘yiladi.
7. Buyum oynasidagi tufelkali pichan ivitmasi tomchisiga sirka kislotasi yoki osh
tuzining eritmasidan bir tomchi tomiziladi, tomchi buyum oynasi bilan yopiladi va
mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi, tufelka tanasidan otilib chiqayotgan
kuyduruvchi tanachalari topiladi va tuzilishi o‘rganiladi.
1-topshiriq varaqasi.
Sodda hayvonlar tuzilishining qiyosiy tavsiflari
Organoidlar
Oddiy amyoba
Yashil evgelena
Infuzoriya
tufelkasi
Hujayra qobig‘i
Yumshoq va yupqa
Qattiq va qayishqoq
Kipriklar bilan
qoplangan qobiq
Yadrolari soni
1
1
2
Harakatlanish
organoidlari
Soxta oyoqlari
Xivchini
Kipriklari
Oziqlanish tarzi
Geterotrof
Avtotrof, geterotrof
Geterotrof
Qisqaruvchi
vakuoli
+
+
+
Xromotofori
-
+
-
Og‘iz teshigi
-
-
+
Halqumchasi
-
-
+
Hazm qilish
vakuolasi
+
-
+
Chiqaruv teshigi
-
-
+
Ko‘zchasi
-
+
-
Hujayra tanachalari
-
-
+
Harakat
organoidlari
-
+
+
Yolg‘on
oyoqchalari
+
-
-
Kiprikchalar
-
-
+
xivchinlar
-
+
-
Do'stlaringiz bilan baham: |