Farmakologiya


Gijjalarga qarshi dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Gijjalarga qarshi dori vositalari
Gijjalar ichakda va boshqa tana a’zolarida har xil xastaliklar
keltirib chiqaradi. Kamqonlik, tananing ozib ketishi, toshma
toshishi, allergiya holati, asab tizimining buzilishi, qabziyat,
avitaminoz va hokazolar shular jumlasidandir. Gijjalarning
tanada bo‘lishi — gelmintoz hozirgi vaqtda, ayniqsa, tropik


346
iqlimli mamlakatlarda juda keng tarqalgan. Gelmintlar ko‘p
hujayrali tekinxo‘r jonivorlar bo‘lib, ular, asosan, uch xil
ko‘rinishda bo‘ladi: dumaloq, yassi gijjalar hamda so‘rib
oluvchilar. Dumaloq gelmintlarga ichak nematodalari (aska-
ridalar, ostritsalar, vlasoglavlar), yassi gijjalarga sistodalar
(ho‘kiz, cho‘chqa va karlik sepenlar) kiradi. Gelmintlarning 160
ga yaqin turi mavjud. Bizning hududda uchraydigan gijjalar turi
esa 60 ga yaqin.
Gelmintlar tanada joylashishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
ichakda va ichakdan tashqarida joylashadigan gijjalar.
Ularni yo‘qotishda qo‘llaniladigan preparatlarga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
— preparatlarning ta’sir doirasi keng bo‘lishi;
— preparatning davo qilish samarasi bir marta berilganida
yuqori darajada bo‘lishi;
— bemorning tayyorgarligisiz (surgi dorilar, klizma,
parhez va boshqalar) berilishi;
— makroorganizmga zararsiz bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda
antigelmint preparatlarining ko‘pchiligi ushbu talablarga javob
bermaydi. Mazkur dorilar, asosan, gijjalarning turiga qarab
tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularga davo qilishdan
oldin gijjaning turini aniqlash talab qilinadi.
Antigelmint (gijjalarga qarshi) preparatlarning aksariyati
gijja mushaklarini bo‘shashtiradi, ayrimlari esa aksincha,
kuchli qisqartiradi. Natijada gijjalar ichak devoriga yopisha
olmaydi va najas bilan chiqib ketadi. Qator preparatlar gijjalar
tanasidagi modda almashinuvini buzadi yoki ularda narkoz
holatini keltirib chiqaradi, ayrim antigelmintlar gijjaning
sirtqi qavatini yemirib, ularni ichakdagi proteolitik fermentlar
ta’siriga chidamsiz qilib qo‘yadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish