K vitamini (antigemorragik vitamin). Ushbu vitamin qon
ivishini ta’minlaydigan omillardan biri bo‘lgan protrombinning
jigarda sintezlanishi uchun zarur hisoblanadi. Odamning sut-
kalik ehtiyoji 2 mg.
K vitamini, asosan, har xil ko‘katlarda, karam, pomidor
va boshqalarda uchraydi. Ichak mikroflorasida vitamin qisman
hosil bo‘ladi. Giðo- va avitaminoz holati vitaminning ichakdan
so‘rilishining buzilishi natijasida ro‘y beradi. Bunday holat
sababi ko‘proq ichakda o‘t kislotasi bo‘lmasligida kuzatiladi.
Giðo-vitaminoz qon ivishining buzilishi va qon ketishi bilan
xarakterlanadi. Sun’iy yo‘l bilan olingan vikasol preparati faqat
qon ketishida berilmasdan, balki qon ketishining oldini olish
maqsadida ham jarrohlik amaliyotidan oldin ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |